Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
yozib, nomini «Shifoul ilal» (Kasalliklar davosi) qo‘ydim. Agar shu kitobchani hushyorroq 
bir kishi oldimizdan o‘tkazib, tushunarlik ta’lim olar ekan, o‘zi va boshqalar uchun 
bundan foyda olishi aniqdur. Buning ustiga bu kitobcha ko‘zga kichik ko‘rinsa ham, tarixi 
ulug‘ voqealik dahshatlik kunlarda yozilg‘anliqdan, avlodimiz uchun esdalik bo‘lib har 
oilada bundan bir nusxa bo‘lishi albatta lozimdur. 
Shu bilan bosh panohimiz Turg‘unboy uyida biror oydan oshiqroq turib, iyun oyi 
oxirlashib kelganda, tog‘lardagi qorlar erib, dovon yo‘llari ochilar vaqti bo‘lgach, ulug‘ 
Yulduz orqali Oltishahar safariga chiqmoqchi bo‘ldim. Biroq bu uzun og‘ir safarimda 
menga yordamchi yo‘ldosh bo‘lg‘udek hech kimsa yo‘q edi. Bu to‘g‘rida maslahatlashib, 
kengashimiz shunga kelib to‘ldikim, Turg‘unboy og‘a yo‘lboshchi bo‘lib, ulug‘ Yulduzga 
meni yetkazmoqchi bo‘ldi. Undan u yog‘iga bo‘lsa, Kuchar shahridan keladigan 
savdogarlar eshakchilariga qo‘shilib, o‘zim ketmoqchi bo‘ldim. So‘z shunga to‘xtalgach, 
marhum o‘g‘lim G’apporxon oto‘lov tayyorlab, safar jamolg‘asini keltirdi. 1937 yili iyul 
oyiing avvali payshanba kuni ertalab qo‘shxonamiz Tug‘unboy og‘aning yolg‘iz uyidan 
«Bismilloh» deb otlanib chiqdik. 
Ikki-uch chaqirim yo‘l yurilgach so‘nggida, o‘g‘lim G’apporxon otidan tushib 
uzangimga ko‘zini surtib, yuzini qo‘limga qo‘yib yig‘lagan holda mendan rozilik so‘radi. 
Xontangri tarmoqlari ulug‘ tog‘lar orasida ota bola yig‘lashgan holda bir birimizdan 
ajradik. Hali mehrimga to‘yib qonmagan yosh bolalarimning jaldirab qolayotganlarini 
eskarib, ular uchun o‘z o‘rnimda mehr muhabbat qilishga buyurdim. Hayot olamida 
keraklik, dunyo va oxiratda foyda zararlik narsalarni biroz bayon qilib, vasiyat qilganim 
so‘nggida o‘g‘lim G’apporxon ko‘zi yoshlangan, ko‘ngli munglangan holda orqaga qaytdi. 
Biz ikkovlan bo‘lsak uzoqdan yaltirab ko‘ringan, muz qor oynalar bilan cho‘qqilari 
qoplangan, ulug‘ Tyan-Shan tog‘lari tomrn qarab yuzlandik. Biroz yurganimizdan keyin 
qarshimizdagi Qo‘yoshuv dovonini oshib, Chopqi yaylovidan tushdik. Buni kichik Yulduz 
deb ham ataydilar. Bu yaylovda ilgari To‘rg‘ovut qalmoqlari yashab kelgan bo‘lsalar 
ham, biror yuz yillardan beri qizay qozoqlari egallab turadilar. 
Bu o‘rinda yozilgan «Qo‘yoshuv» degan so‘z bundan sakkiz yuz yil ilgari, hozirgi 
Jambul Talas o‘lkasida o‘tgan turk ulusining tupki urug‘i qirg‘iz xalqidan chiqqan 
qahramon Manas bahodirni eskartadi. Bu qahramon Ili Olmalig‘ qalmoqlari ustida chopul 
qilmoqchi bo‘lib, qo‘shin tortqanida aytgan so‘zlarini qirg‘iz dostonchilari tasvirlab, 
tubandagicha irlamishdurlar: Ilining boshi uch orol ko‘rgan jo‘ra barsinbi, Toyoshuv 
menen qo‘yoshuv ashqan jo‘ra barsinbi, degan so‘zi xalq og‘zida yaqin 800 yil saqlanib 
kelgan. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə