Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Yo Rabbim, bu bandalaringning bizga qilgan yaxshiliklariga yarasha hech qanday ish 
qilolmadim. O’zing bilursan, sening yo‘lingda har kimga yaxshilik qilish, har kimga foyda 
yetkazish mening eng suyub tilagan maqsadim edi. Endi men qilolmagan bo‘lsam, ey 
ulug‘ Tangrim, men uchun bularga ikki dunyo yaxshiliklarini sen o‘zing bergin! Omin. 
Dunyoda qochgandan, yoshiringandan og‘ir ish yo‘q ekan. Shunday bo‘lsa ham 
boshga tushgandan keyin chora yo‘q. Ovchidan qochgan tulkidek u teshikdan bu 
teshikka yo‘tkalib yurib, ikki oy o‘tkazdim. Shu orada marhum o‘g‘lim G’apporxon, va’da 
bo‘yicha safar jamolg‘asi bilan ikki ot tayyorlagan holda Kunasdan keldi. Xitoy hukumati 
meni birinchi bosgan kechasi qo‘lga tushurolmagach, 18 yoshlik o‘g‘lim Asilxonni olib 
ketganligi yuqorida aytilmish edi. 
«Buning yaqin kishilari kimlar?», deb Xitoy hukumati tomonidan so‘ralganida, ba’zi bir 
munofiqlar: «Buning yaqinlari boshqalardan ko‘ra tungonlardan ko‘proq», deb xech 
narsadan xabari yo‘q So‘quluq tungoni do‘stlarimizdan marhum Yong shangyu bilan 
bolasi Xoshimni ko‘rsatgan ekan. Bularni idoraga keltirib, Xitoy vahshiylari odatlaricha 
urib so‘kib biz uchun ko‘p azob bermish edilar. Bilmagan, ko‘rmagan ishlari haqida 
so‘roq berib bularni qiynagani bilan foyda chiqmasligini bilgach, hammalarini bo‘shatib 
yuborgan xabari bizga yetib, xafaligimiz ancha ko‘tarilmish edi. So‘ngra, yoshirin holda 
kechalab, uy oilamizni ko‘rishga borib, ularga otaliq nasihat va sihatlarimizni o‘tagan 
so‘nggida, qaytib Abdurahmon uyiga keldim. Bu yerda bizni uzatish uchun Yosin xalfatim 
boshliq sirdosh yoru do‘stlarimizdan kutishib o‘ltirg‘an odamlar bilan hajga 
ketayotqandek quchoqlashib, yig‘lashib, xo‘shlashgan so‘nggida, yarim tunda ota bola 
To‘pado‘ng bilan G’uljadan chiqib, Nilqi yo‘li orqalik Kunaska qarab jo‘nadik. 
Bu yer G’ulja shahrining to‘ppa to‘g‘ri sharq tomonida bo‘lib, teskay yo‘li orqalik 4-5 
kunlik yo‘l bo‘lsa ham, biz kungay Bog‘ati yolg‘izoyoq yo‘li bilan kun tunlab yurib Ko‘ktol 
to‘g‘risiga keldik. Shu yerda bizni To‘qmoqdan qirg‘izlar bilan birinchi martaba qochib 
chiqqanimizdagi yo‘ldoshlarimizdan Haydarali degan og‘aynimiz kutib olmoqchi bo‘lgan. 
U kishi esa o‘g‘lim G’apporxonga bergan va’dasi bo‘yicha, Tyan-Shan tarmoqlaridan 
bo‘lgan Qo‘yoshuv tog‘larining qarag‘ayligida bizni kutib yotgan qirg‘iz Turg‘unboy uyiga 
boshlab bormoqchi ekan. 
Mo‘ljallangan yerga kelmagach, «Biror hodisa bo‘lmasa kelishi kerak edi, endi o‘zim 
borib xabar olib kelay», deb o‘g‘lim G’apporxon uning uyiga qarab ketdi. Borib qarasa, 
katta fojialik voqea ustidan chiqmishdur. Shundoqki, bu kishi ikki ayollik bo‘lsa ham, 
uzun yillardan beri bola ko‘rmay yurib, axiri ko‘p tilov emidemilar o‘tkazgan so‘nggida 
topgan, 5 6 yoshlik bo‘lib to‘y qilishga yetgan bir o‘g‘li bor edi. G’apporxonning 
borishidan oldin ilon chaqib, u bolani o‘ldirmish ekan. Qon yig‘lab o‘ltirgan kishilarga 
boshqa so‘z sig‘magach, borar joyimiz yo‘llarini so‘rab, mo‘ljallab olib qaytmishdur. 
Bunday og‘ir hol ustida ketayotganimizda to‘satdan 6u hodisaning bo‘lishi biz uchun eng 
og‘ir sezilmish edi. Shunday bo‘lsa ham, o‘g‘lim G’apporxon: «Borar joyimizni belgilab 
oldim, adashmay topib borurmiz» degach, u yerdan qo‘zg‘alib yo‘lga tushdik. 
Kechalab yurganimizcha Oroltepa sirti bilan tun yarmida Kunas daryosi bo‘yiga keldik. 
Qorong‘u tunda hayqirib oqayotgan suvni kechib o‘tish anchagina qo‘rqinlik bo‘lsa ham, 
xudo yordami bilan esonomon o‘tdik. Uzun tun bo‘yi ot ustidan tushmaganlikdan horib-
charchagan holda, tog‘ etagiga tushib, biroz bo‘lsa ham uxlab oldik. Lekin, tog‘ ichida 
yolg‘izoyoq yo‘llarda yurib ko‘nmagan kishi yo‘lboshchisi bo‘lmasa, izlagan joyini mo‘ljal 
bilan topib borishi ko‘p qiyin ishdur. Shunga ko‘ra ertalabdan yurganimizcha nimadurki 
belgilangan yerlarni payqamay qolib, shu kuni kechga davr tog‘tosh ichida yo‘l topolmay 
adashib yurdik. Bulutga tiralgan ulug‘ tog‘lardan boshqa hech narsa ko‘zga ko‘rinmas 
edi. Shu adashganimizcha, kunduzni kechaga ulashtirib hufton vaqti kirgach, yog‘du 
yo‘qolib olamni qorong‘ulik qopladi. Qalin cho‘plar ichida ko‘zla-rimiz qorovlanib, yurar 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə