Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
yo‘limiz yo‘qolgach, to‘g‘ri kelgan bir yerni topib, tushishga majbur bo‘ldik. Biroz 
o‘ltirganimiz so‘nggida yana chidayolmay ko‘ngilga vahima keldiki, bu yer Xitoy 
qorovulxonasiga yaqin bo‘lsa, ertalab cheriklarini chorlab chiqqanlarida falokat bosib 
bizga yo‘liqishib qolmasin, men buni payqab kelishim kerak deb, G’apporxon otlanib 
ketdi. 
Xudo xohlasa balo yo‘q degandek, biroz yurganidan keyin yiroqqan chiroq yorug‘ini 
ko‘rgach qozoq ovuli
bo‘lg‘aymu, bulardan yo‘l so‘rayman deb, borib qaraydi. Bir uy liq 
to‘liq yaraq jabduqlik, uxlab yotgan xitoy qorovullari Dog‘ut, Toyoshuv dovon yo‘lini 
to‘sib yotgan qalmoq askarlari ekandur. Xudo saqlashini ko‘ringki, qo‘yilgan qorovullari, 
boqqan bo‘riday soqchi itlari, yotganlaricha qotib uxlab qolmish edilar. Bu kabi 
dahshatlik vahshiylar balosidan qutulib kelib, voqeani aytishi bilan darhol orqaga qay-
tib, yo‘lga tushdik. 
Kelishimizda ko‘rinmagan mo‘ljallik belgilarimiz qaytishimizda ot qashqasidek bo‘lib 
oldimizda ko‘rina boshladi. Shundan mo‘ljal olib tog‘ tepasiga qarab tortilgan yolg‘izoyoq 
yo‘lga tushganimizcha, uch to‘rt bel oshib, tutash tog‘lar orasida ketayotgan edik; 
yo‘ldoshidan ajragan yo‘lborsdek, bir hayqiriq chikdi. Buni eshitgach, har ikkovlan 
tinglashib (jim bo‘lib ma’nosida) quloq solsak, ikkinchi tog‘ betida arang ko‘ringan kishi 
qorasi tomonidan «Hoy, G’apporxon!» deb chin yurakdan chiqargan qiyqiriq dovushi 
ekandur. Bu tovush egasi mo‘ljal bo‘yicha o‘tgan kuni kechgacha bizning kelish yo‘limizni 
to‘sib kutgan ekan. Biz adashib bir kun kechikib qolganligimizdan har turlik qo‘rqinchlik 
ishlar ko‘ngliga kelib, bugun yo‘lda yo‘liqishmasak Oroltepaga bormoqchi bo‘lib, yo‘lga 
chiqmishdur. Bu tovush eshitilishi bilan G’apporxon ham tog‘ ustiga chiqib, o‘zini 
ko‘rsatmish edi. U orqasiga qaytib, biz tomonga qarab yura boshladi. Yaqinlashib 
kelganida ko‘zi menga tushgach, o‘zini otdan tashlab, yig‘laganicha kelib men bilan 
ko‘rishdi. 
Bu kishi esa bizdan bir-ikki yil ilgari ruslar zulmiga chidayolmay G’uljaga qochib 
o‘tgan To‘qmoq qirg‘izlaridan edi. Mening boshimga shu kabi zulm kunlari, qorong‘u 
tunlari tushib, hech yerga sig‘may qochib yurganimni eshitgach, ko‘p xafa bo‘lib: 
«Mening oldimga kelsun, Yulduz dovoni yo‘llari ochilguncha men o‘zim u kishini 
saqlayman», deb o‘g‘lim G’apporxonga va’da bermish ekandur. 
Bundan ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsak ham, bir yurtlik haqini saqlab, shundoq 
og‘ir qo‘rqinchlik kunlarimizda bizga boshpana bo‘lib, ulug‘ xizmat qilmish edi. Agar bu 
kishi vafot bo‘lib dunyodan o‘tgan bo‘lsa, Alloh u kishini rahmat suviga cho‘mildirib, 
jannatdan darajali joylar ato qilsin! Agar hayot bo‘lsa, oxirgi kunlarigacha Allohning 
panohida bo‘lsin! 
B a y t: 
Yaxshilik qilg‘on kishini hech unutmas Sog‘uniy,
To hayoti boricha doim duo qilg‘ay oni. 
Shunday qilib, bu do‘stimiz Turg‘un og‘a bilan yo‘l ustida topishqan so‘nggida, 
Qo‘yoshuv degan dovonga yaqin yerda, qalin qarag‘aylik tog‘ ichida biz uchun 
tayyorlangan yolg‘iz o‘tovga kelib tushdik. Marhum o‘g‘lim G’apporxon meni shu joyga 
o‘rinlashtirib qo‘ygach, o‘z tirikchiligi uchun Oroltepaga qaytib ketdi. Mening bu turgan 
joyim esa, har taraflama yigirma o‘ttiz chaqirimlab xalqdan yiroq, egiz tog‘lar, qalin 
qarag‘aylar, o‘rmonlar orasida bo‘lganlikdan inson yirtqichlari, zolim vahshiylardan 
o‘zimni qutilgan hisoblab, hurriyat osmoni ostida oz bo‘lsa ham ozodlik lazzatini 
tatig‘andek bo‘lib yashamokda edim. 
Vaqtlik bo‘lsa ham shu fursatdan foydalanib, tibbiyot xizmatida o‘tgan kunlarimda 
to‘plangan tajribalarimni jamlab, umrim uzulgan so‘nggida xalq uchun, ayniqsa o‘z 
avlodim uchun esdalik bo‘larmikin degan umid bilan, ochiq turkiy tilida bir kitobcha 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə