Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Qarasak, Hoshim domlamdan darak yo‘q. Tol tagida quruq yerda hayron bo‘lib, 
uzundan uzun o‘ltirdik. Shu orada ichki qo‘ra eshigidan bir xotin kishi bosh boqib qarab 
qo‘ydi. O’tgan kuni kelgan mehmon ekanligimizni tanigan bo‘lishi kerak, birozdan keyin 
bir yosh bola quruq bir kiygizni sudraganicha oldimizga keltirib tashladi. Dastlabda 
kelganimizda qarindoshlarcha qizg‘inlik bilan ko‘rishgan bir ikki kishilar esa, bu 
uchrashishimizda so‘li yo‘q, so‘zi yo‘q, qo‘l uchlari bilangina ko‘rishib, biror narsadan 
qo‘rqqandek ko‘p o‘ltirolmay qaytib ketishdi. Endi bu ishlarni ko‘rgach, ko‘nglimizga har 
turli xayollar kelib, bu yerda ham katta bir voqea bo‘lgan o‘xshaydi deb turgan edik
birinchi kelganimizda ko‘rishgan hoji otaning o‘g‘li kelib qoldi va bu haqda bizga to‘liq 
ma’lumot berdi. Shundoqki, Shing Duban hukumati qurilgan kundan boshlab, butun 
O’yg‘uriston o‘lkasi Sovet hukumati nazorati ostiga olinmish edi. Ayniqsa Uchturpon, 
Oqsuv, Kuchar shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri GPU tomonidan tayyorlangan, o‘z otasini 
ham tanimaydigan tatar, uyg‘ur bolalarini keltirmish edilar. Ular har joyning ko‘zga 
ko‘rinarlik kishilarini, o‘zlarining iflos odatlaricha, majburiy ravishda josuslik balosiga 
bog‘lamish ekanlar. 
O’tgan kuni ziyofat majlisimizda bulardan bir qanchalari bo‘lganlikdan, biz ketgan kuni 
kechqurin uy egasi Hoshimoxun domlani Go‘nangjuza jallodlari tomonidan qamoqqa 
olmish ekanlar. Bizlarni ham qo‘lga olish qasdida bosmachilardek Turdioxun uyini bosgan 
bo‘lsa ham, bog‘ olamiz bahonasi bilan qishloqda qolganligimizdan, u kuni jallodlar 
qo‘liga tushmagan ekanmiz. Ikkinchi qaerda ko‘rsanglar yoki eshitsanglar, darhol bizga 
xabar bermas ekansizlar, ul chog‘da baringlar javob qaytarasizlar, degan mazmunda uy 
oilalaridan va biz bilan ko‘rishgan kishilardan tilxat olmishdur. 
Bu kabi dahshatli shum xabarni onglashimiz bilan hushimiz boshimizdan uchdi. Bir 
kun bo‘lsa ham dinsiz, rahmsiz dushman ilkiga ilinmay, omon bo‘lish umidi bilan kelgan 
kishilar edik. Bizni deb uy egasining shunday og‘ir kulfatda qolganini ko‘rib, qattiq 
qayg‘urib, ko‘p xafa bo‘ldik. Bir zolimlardan, shu o‘xshash ahmoq nodonlardan 
payg‘ambarlar ham qochgan ekanlar. Shuni eskargach, Hoshimoxun domlani zolimlar 
qo‘lidan qutqarish uchun o‘zimizni taslim qilishlikni loyiq topmay, qochishni ortiqroq 
ko‘rdik. Ilgargi kuni kelganimizda bolga uymalashgan chivinday bo‘lgan kishilar bugun 
esa yirokdan qoralari ko‘ringan bo‘lsa ham, o‘zlari yaqinimizga yo‘layolmadilar. Buning 
ustiga biz kelib otdan tushishimiz Bilan tegishlik o‘ringa xabar yetishi aniq bo‘lganlikdan, 
har bir nafasda ushlanib qolish qo‘rquvi kuchaymoqda edi. Shunga ko‘ra, borliq odamlar 
bizdan qo‘rqib tarqashgan vaqtdan foydalanib, ot uloqlarimizni qoldirgan holda 
yayovlashib tubanda oqib yotgan katta soyga tushdik. Qarasak, soyning u tomonida 
otliq odam kirsa ko‘rinmaydigan, o‘skandan o‘skan jo‘xori ko‘rindi. 
Vahshiy dushmanlarimiz orqamizdan qoramiz uzulmay turib izlab chiqqan bo‘lsalar 
ham, bu yerga kirganimizni o‘ylamas, deb suvdan chiqishimiz bilan qalin jo‘xori ichiga 
kirib oldik. Ertalab, choy vaqti bilan kirgan bo‘yimizcha, 6 soat chamasi dimiq jo‘xori 
ichida chirkayga (chivinga) talanib o‘ltirdik. Tush og‘ib, quyosh qizib turgan chog‘da, 
aylana atrofimizni sinchiklab qarab hech kimni ko‘rmagach, jo‘xori ichidan chiqdik. Biroq, 
qayoqqa borishimizni, qaerdan boshpana topishimizni belgilamasdan, oldimizda yiroqdan 
ko‘ringan qalin qora daraxtzorni mo‘ljallab yurganimizcha, asr namozi vaqti bilan qishloq 
chetidagi cho‘ng qopqalik (darvozalik) bir dehqon qo‘rasiga kelib kirdik. Biroq bu kishi 
mehmon kutmagan, odamgarchilikni bilmagan kishi ekan. Oqshom namozi o‘tgandan 
keyin: «Biz mehmon kutolmaymiz, boshqa bir joyga boringlar», deb bizni u joydan 
chiqishga majbur qildi. 
B a y t: 
Sog‘uniy, er qadrini bilmas ekan, deb qayg‘urma,
Hazrat Muso qadrini ham bilmaganni esga ol! 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə