Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
domla ham qochoq bo‘lmish ekan, kelib bizga qo‘shildi. Har tomondan kelgan qochoqlar 
topishib oldik. 
Pishiqchilik vaqti bo‘lganligidan bog‘ sayli ziyofatlarida birgalashib yurib, tinchlik bilan 
10-15 kunni o‘tkazdik. Bu o‘rtada mulla Hoshim degan Buxoroda men bilan birga o‘qigan 
kishining kuchorlik ta-labalaridan biri kelib, u kishining uyiga taklif qildi. Shahar 
tashqarisida oqar suvlik, bog‘u bo‘stonlik kelishgan bir qishloq masjidida imom ekan. 
1921 yili Buxorodan qaytib To‘qmoq orqalik ketayotganida yo‘ldoshlari bilan biznikida bir 
hafta mehmon bo‘lishib o‘tgan edilar. Salayoxun domla boshliq hammamiz kelib, bu 
kishi uyida bir kecha kunduz mehmon bo‘ldik. Izzat hurmat ko‘rsatib, qo‘y so‘yib, o‘z 
odatlaricha oliy ziyofatlar qildi. Ichimizda bir-ikki ilmlik kishilar bo‘lganligi uchun 
vaqtimiz ko‘proq kitob o‘qish va ilmiy munozaralar bilan o‘tmoqda edi. «Uzoq yaqindan 
olim mehmonlar keladilar», deb uy egasi xabar qilgan bo‘lishi kerak, mahalla boshliqlari 
va boshqalardan bo‘lib yana besho‘n kishi bizning suhbatimizga qo‘shilishdi. Ertasi kuni 
xursandlik bilan bu yerdan chiqib, har qaysimiz joy joylarimizga tarqashdik. Turdiqori 
eshaklik, men otliq edim. 
Shahardan 15-20 chaqirim yerdagi bir qishlokdan ikkovimiz mevalik bir bog‘ olib, yoz 
ichini shu yerda o‘tkazmoqchi bo‘lgan edik. Shu qishloqda qorimning ishonimlik bir 
og‘aynisi bor bo‘lib, shom vaqti bilan u kishining uyiga kelib tushdik. Yaxshi odam ekan
ilgari ko‘rishib tanishmagan bo‘lsam ham, hurmat bilan mehmondo‘stligini bildirib, bizni 
yaxshi qarshiladi. Borliq ovqatini oldimizga qo‘yib, topqanini keltirdi. Keyin qorini bir 
chetga tortib, uzoqdan uzoq shivirlashkani turdi. Men ham gumonga tushib: «Hay, bir 
voqea bo‘ldimi, bu kishining xabari borga o‘xshaydi?», deb qarab turdim. Birozdan keyin 
Turdiqori o‘zgargan holda yonimga kelib: «Voy taqsir, balo qoshimizga kelganga 
o‘xshaydi. Biz chiqqan kuni kechqurin Go‘nangjuza bosqinchilari bizning uyni bosib: «Bu 
yerga yot kishilardan kim keldi? Ering qori qayoqka ketdi? Sen bilishing kerak», deb 
bizning xotinni qiynashib turgan chog‘da, bu do‘stimiz bizdan xabar olmoqchi bo‘lib, 
tuyuqsizdan bu ishning ustiga kirib qolibdi. Bu kishini ko‘rgach: «Sen bularning yaqini 
o‘xshaysan, bu uyga kelgan kishilardan xabaring bo‘lishi kerak», deb buni ham 
qiynamoqchi ekan, yerlik bir qancha tanish kishilar guvohlik berishgani so‘nggida, ular 
qo‘lidan arang qutulib, hozirgina kelib o‘ltirmish ekan. Endi maslahat shulkim, balodan 
hazar, ish chorasini ilgari qilishimiz lozim, kelib qolmasdan burunroq bu yerdan 
ketaylik», dedi. 
Shoshilinch ravishda otlarimizni yetaklaganimizcha yo‘l bilan emas, bog‘dan boqqa 
tun qorong‘usida turtinib yurib, ikkinchi bir qishloqqa o‘tdik. Ungachalik tun yarimdan 
og‘ib, qayon borib, kimning eshigini qoqishni bilmasdan hayron bo‘ldik. Oxiri Turdi 
qorim: «Shu yerda bir xo‘ja kishi bor edi, chala tanish bo‘lsa ham shunikiga boraylik, 
boshqa choramiz yo‘q», deb unikiga bordik. U bechora har yili tog‘ ichlaridagi qirg‘izlarga 
borib, murid ovlaydigan xo‘jalardan ekan. Muridlaridan topgan qo‘y echkilarini haydab 
kelgan kechasida, kelishmaslikni qarang, biz ham kelib eshik taqillatibmiz. Bechora 
xo‘ja: «Ustimdan Go‘nangjuza bosqinchilari meni bosqani kelishgan ekan», deb jon-moni 
qolmabdur. Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinur degandek, o‘z qo‘rqishlarimiz ham yetarlik edi
buning ustiga tinch yotgan birovlarni qo‘rqitishga sabab bo‘lishimiz bizga ortiqcha bo‘ldi. 
Qora chiroq yoqilgan uyda qo‘rqqanidan hali o‘ziga kelmagan xo‘jamdan hol so‘rashib, 
biroz o‘ltirgandan keyin tashqariga chiqib yotdik. 
Hatarlik kun qursin! «Ertagi kunda qayoqqa borarmiz, kimning uyiga sig‘armiz?», 
degan tashvishli o‘y bilan tong otguncha uxlayolmay chikdim. Tong yorishi bilan otlanib 
yo‘lga chiqqanimdan keyin kengashib: «Kechagi mehmon bo‘lgan uy egasi Hoshim 
domlanikiga boraylik, qanday bo‘lsa ham ilmi bor, qadr bilgan odam, biz uchun biror 
maslahatlik ish ko‘rsatsa ajab emas», deb kechagi chiqqan joyimizga keldik. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə