Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
«O’zi kelgan qo‘noqni (yotib qolishga kelgan mehmon) qaytarish iymondan emas», 
degan payg‘ambarimizning so‘ziga qarshi turgan kishiga nima degali bo‘lur? Nochor u 
yerdan chiqib qaerga borishimizni bilmay, qorong‘u kechada to‘xtamay yurib, bir boqqa 
kirdik. Kishi ko‘rib qolmasin deb shu yerda uyquga kirguncha, qalin chirg‘anaq (tikonli 
butazor) ichida chivin chirkayga talanib yotdik. Bir necha soat o‘tgan so‘nggida bu 
yerdan chiqqan bo‘lsak ham, qaerga borib, nima ish qilishimizni bilolmay ko‘cha aylanib, 
axiri eshigi ochiq bir masjid oldidan chikdik. Buni g‘animat bilib shu yerda yotmoqchi 
bo‘lib edik, ertangi kuni xatarini o‘ylashib so‘zimiz to‘xtalmay turganda, xudo o‘nglab, 
Kuchar tarafdan kelayotgan bir arava sharpasi bilindi. Xonaqatom degan bir joyda 
bo‘ladigan qishloq bozoriga mol bilan ketayotgan bir savdogar kishi ekan. Buni ko‘rgach, 
Hizrga yo‘liqqandek suyunishib, sirimizni bildirmasdan shunga ergashganimizcha 
kechalab yo‘lga tushdik. 30 chaqirimcha yo‘l yurib, tun yarimi bo‘layozganda bir 
bedalikka kelib dam olish uchun o‘ltirdik. 
Yo‘ldoshim Turdiqori mendan yosh bo‘lsa ham, safarga chidamsizroq ekan, shu yerda 
biroz bo‘lsa ham uxlab olaylik, deb ko‘p yalinib edi; yo‘ldoshdan ajrab qolsak adashamiz 
deb, men unamadim. Shu yurganimizcha u yerda bu yerda uchragan siyrak tomlik 3 4 
qishloq mahallasidan o‘ta borib, tongga yaqin yana bir mahalla chetiga keldik. Shu yerda 
uyqusizlik ko‘p g‘alaba qilgach, qalin daraxt tagiga kirib, namoz vaqtigacha uxlab qoldik. 
Ertalab turganimizda qarasak, ko‘k yuzini qora bulutlar qoplab, yomg‘ir yog‘a 
boshlamish edi. Biz ham tura kelib, har biri tubiga duva-duva qum uymalagan qari qora 
yulg‘un yog‘ochlarini oralaganimizcha, yomg‘ir aralash yo‘lga tushdik. Ketayotib, yo‘l 
ustida ovqatlanish uchun uylariga tushgan kishilar bizni ko‘rgach, kiyim boshlarimizga 
qarab hayron bo‘lishar edi. O’zlari esa, hozirgi madaniyat olamidan bir yoqlama yiroq 
turganliklari uchun, siyosatchilarni hayratda qoldirgudek siy sifatga ega bo‘lganlikdan, 
o‘tmishdagi o‘rta asr uyg‘urlarini eslatmokda edilar. 
Bu yoziq sir insonlar islomiyat sharaflaridan yolgizgina ism egasi bo‘lsalar ham, 
haligacha insoni yat axloqlaridan ajramagan edi. Endi esa, Mao tsze-dun mal’un zulmi 
ostida ezilib yotgan bir qancha million qon-qarindosh, din orqadoshlarimiz uygur ulusi 
diniy, milliy huquqlaridan butunlay mahrum etilgan holda, qizil yolmogiz yordami bilan 
qora yol-mogiz bo‘gziga kirib, yutilish oldida turibdilar. Bu kabi cheksiz xiyonat
kechirilmas jinoyat ishlovchilarini uygur o‘zbek ikki Turkiston o‘glonlari ulug bobolari 
O’guzxon arvohi haqi hech vaqt unutmaslar. Agar unutar ekanlar hayot olamining qora 
sahifalariga haqiqat yozuvchilari uygur xalqining qizil qonlari bilan bu jinoyatni yozib 
qoldiradilar. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Yo‘lda yo‘liqib so‘z so‘rovchi kishilarga Xonaqatom 
bozoriga mol yuborgan edik, aravamiz ilgarilab ketgan edi, degan bahona bilan 
boshoyog‘i ko‘rinmagan yulg‘unlik uzun cho‘l ichida yura yura peshin namoz vaqti bilan 
Xonaqatom bozoriga yetib keldik. Bu esa Kuchar atrofidagi qishloq bozorlari ichida xalq 
ko‘pligi, savdosining qizg‘inligi bilan birinchi bozor atalur ekan. Bozor ichidan biror 
chaqirim chetdaroq yerda, qalin daraxtlar orasida Xonaqatom mozori ko‘rinib turmoqda 
edi. Ilon chaqqan kishi arqon shaklini ko‘rsa qo‘rqqandek, bozorga kirishdan qo‘rqib, qori 
ikkovimiz to‘g‘ri mozorga bordik. Qarasak, atrofi ochiq, eldan qochiq, daraxtzor, havosi 
yaxshi, oldida oqar suvi bor, o‘lturg‘udek uyi ham bor ekan. Mana shu yerda o‘zimni bu 
vahshiylardan qutilgandek chog‘lab, tarki dunyo qilgan so‘pilar odatlaricha payshanba 
kuni og‘iz berkitib, boshqa kunlari quruq nonga qanoat qilib, 40 kundan ortiqroq yotdim. 
Bizning Chiqish, Botish ikki Turkiston xalqi ichida ilgaridan beri mozorparastlik bid’ati, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aziz avliyolarga sig‘inish odati ko‘p rivoj olgandir. Shunga ko‘ra, 
ko‘pchilik qishloq xalqi Xonaqatom mozorini Turkistonda hikmat aytgan mashhur 
Qulxo‘ja Ahmad Yassaviy mozori deb ishonar ekanlar. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə