Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Ota Soguniy qildi bu nasihat,
Ajab ermas, kishilar olsa ibrat. 
Endi marhumning bu tarixiy voqeasi hasratlik dostonlar qatorida yozilgan bo‘lsa ham, 
kelajakda bolalarimiz haqlari uchun foydasiz emasdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ustida shunchalik tarixiy so‘zlar yozilgan bu qo‘rg‘onda 
bir kecha yotib, ertasi kuni bulutga tiralgan ikki tog‘ qismog‘ida Saksonkechik atalgan 
oqar suv izi bo‘ylab yo‘lga tushdik. Qarasak, bu yo‘limizda saksonkechik emas, yuzdan 
ortiq suv kechgan bo‘lsak ham, yana suv kechiklarini sanab tugatolmadik. Shu bilan 
yozning uzun kunlari kechga davr to‘xtamay yurganimizcha kech qilg‘ach, har tomondan 
tuman aralash qora bulutlar qo‘zg‘alib, yomg‘ir quyishi boshlandi. Osti ustilarimiz 
yomg‘ir suvi bilan chilanib, yo‘l qorong‘uligini tun qorong‘uligi qopladi. Hayron bo‘lib 
turganimizda, oldimizda tog‘ bag‘ri tomonidan yaltirab o‘t yorug‘i yiroqdan ko‘rilgali 
turdi. Buni ko‘rgach, darhol ot jilovini shu yoqqa burib qarasak, baraka topkur yaylovga 
chiqadurgan Kuchar qo‘ychilari bo‘lib, yomg‘irdan quriqlanib tog‘ kamorida yotgan 
ekanlar. Dahshatli kechada topilgan shunga o‘xshash tog‘ o‘nqiri esa, bizning ko‘zimizda 
oqsaroy uylaridan ham ortiqroq ko‘rinar edi. 
Bu va u olam ishlaridan xabari yo‘q, oldida haydagan bir to‘p qo‘y echkidan boshqa 
boqar kutari yo‘q, ikki dunyo g‘am qayg‘ulari bilan ham chatog‘i yo‘q, qo‘y dushmani 
bo‘ridan boshqa tashvishi yo‘q, bir necha cho‘ponlar bilan o‘nqir ichida yoqilgan olov 
aylanasida o‘lti rib o‘tkazgan badavlat majlis lazzatini eskarsam, madaniyat 
vahshiylariga chin ko‘nglimdan la’nat o‘qigim kelar edi. 
 
KUChAR 
Shunday qilib sof ko‘ngilli, to‘g‘ri tilli uyg‘ur cho‘ponlari bilan o‘nqir ichida 
gurunglashib o‘ltirib, shu kechani o‘tkazdik. Ertasi kuni tongota hangragan eshaklarni 
haydashgan eshakchilar bilan biz ham yo‘lga tushdik. So‘ngra 2-3 soat o‘tar o‘tmas 
Saksonkechikni orqada qoldirib, qismoq og‘ziga chiqdik. Shu yurib o‘ltirganimizcha 
Tekmon degan uyg‘ur qishlog‘ida tushlanib, bu yerdan o‘tgach, kechga yaqin tepa tog‘lar 
uzilishida joylashgan, atrofi qalin daraxtlik bir saroyga keldik. Bu biz bilan kelayotgan 
eshakchilar xo‘jayiniga qarashlik keng bir qo‘rg‘on ekan. Shu kecha u yerda yotib, ertasi 
kuni Abdurahmon degan bir kucharlik savdogar bola bilan birga Kuchar shahriga qarab 
jo‘nadik. Kechga yaqin, Kuchar sapilidan 4 5 chaqirimcha yiroq bo‘lgan Shamolbog‘ 
degan qishloqdagi bolaning joyiga kelib tushdik. Ob-havosi toza, suvlari mo‘l, bog‘u 
bo‘stonlik kelishgan yer ekan. 
Bu joyda ikki uch kuncha turib, hordig‘imiz chiqqandan keyin, shahar ko‘rmakni havas 
qilib, bola bilan birga bozorga kirdik. Aylanib yurganimizda bir kishi kelib qo‘limni 
ushladi. Qarasam, G’uljadagi do‘stlarimizdan otushlik Turdiqori ekan. Menga o‘xshab u 
kishi ham Koshg‘ardan qochib chiqib, hech yerga sig‘masdan Kucharga kelgach, qo‘ra-
joyli bir tul xotinga uylanib, shu bilan yoshirincha kun kechirmokda ekan. Meni ko‘rib: 
«Voy to‘ram, ajabmu yaxshi keldingiz. Sizni xudoyim menga yetkazdi, peshonamizda 
nima ish bo‘lsa, endi birga ko‘ramiz», deb yopishib olganicha, ajramay Shamolbog‘idagi 
qo‘shxonamizga birga keldi. So‘ngra uy egasidan meni so‘ragan bo‘lib, ot uloq, xurjun 
xalashlarimni olib, o‘z uyiga keltirdi. 
Ikki qochoq bosh qo‘shganimizdan keyin sirimiz ochildi. Qarasak Koshg‘ar, G’ulja va 
boshqa shaharlarda bo‘lgan voqealar hamma yerda birdaniga boshlangan ekan. 
Ikkovimiz bir necha kecha kunduzlab so‘zimiz tugamay, suhbatga to‘ymay, parang 
so‘qishib (suhbat qurishib) ajramasdan yurdik. Shu orada Koshg‘ardan otushlik Salay 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə