Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
116
Bu xotin olti oydan beri yolg‘iz uyda, yolg‘iz yotib, bu rahmsiz toshyurak qora 
ko‘ngillar qo‘lida tortgan jabr jafolarini onglagach, buning oldida bizning ishimiz holva 
bo‘lib qoldi. Yana bir kuni qarasam, o‘rtamizdagi devor tangadek teshilib, bir narsa 
qimirlagandek bo‘ldi. Tortib olsam cho‘ka yog‘ochi ekan. U bilan oramiz ochilib, telefon 
qurgandek bemalol gaplashgani turdik. Eri dubbegi bo‘lgani uchun qanchadur oltin solib, 
shuni to‘latmoqchi ekan. Bundan boshqa ham turma sirlaridan birmuncha ishlarini bizga 
tushuntirib turdi. Keyin eshitsam, bu xotin turmadan qutilgach, o‘z odatlaricha dindorlik 
bilan masturalikda yurib, umri qisqa ekan, dunyodan o‘tibdur. Xudo rahmat qilsin! 
Yigirma kunga yaqin bu uyning qiyinchiliklarini ko‘rganimizdan so‘ngra, bizni bu 
yerdan ko‘ra kengroq, yorug‘roq bo‘lgan yonimizdagi uyga chiqazdi. Bunda esa Kuchar 
oqsoqoli Muhammadali oxun yo‘ldoshi bilan, men To‘roxun bilan to‘rt kishi o‘n kuncha 
o‘ltirganimizdan keyin, ikki askar kelib bizni haydaganicha bir maydonga chiqardi. 
Qarasak, oldi orqasi o‘ralgan, ikki ot qo‘shilgan ko‘tak (yog‘och arava) arava tayyor 
turibdi. Qurollik uch askar boshchisi qirg‘iz, qolgan ikkovi uyg‘ur, birovi oldimizda, ikkovi 
yonimizda xitoy odatlaricha miltiqlari tiklangan holda turardi. «Nari tur», deb qichqirib 
yo‘lovchilarni qo‘rqitgach, ko‘z qo‘rqitish, yurak cho‘chitish uchun bo‘lsa kerak, oldi-
orqamizni o‘ragan askar, xalq ko‘p bozor o‘rtasidan yurib, aravani qattiq
haydaganlaricha shahardan chiqardilar. Yo‘ldoshlarimizdan Muhammadali oqsoqol sodda 
ko‘ngil, eski odamlardan ekan. O’limga ketayotgan kishi duo qilgandek, turgan xalqqa 
qarab uzun o‘sgan soqolini silab boshini egdi. Buni ko‘rgan bechora musulmonlar ham 
soqollarini silashib, bizga qarab duo qilgan bo‘ldilar. 
Shu ahvol bilan Kuchardan chiqqanimizcha yurib, birinchi qo‘nalg‘uga yetdik. Yo‘lda 
ketayotganimizda beshlab, o‘nlab ot eshak mingan bozorchi, yo‘lovchi kishilar uchrar 
edi. «Chetga tort!», degan baqiriqni eshitishlari bilan biz o‘tib ketguncha ko‘cha chetida 
uloqlarining boshini burib, teskari qarab turardilar. Yirtqichlar oldida boshqa jonivorlar 
qandoq qo‘rqib turishsa, bu bechoralar ham shu ahvolda qo‘rqib turganlarini ko‘rdik. 
Birinchi qo‘nalg‘uga kelgan kechada askar boshlig‘i meni chaqirib: «Siz yaxshi kishi 
ko‘rinasiz, bizning qoidamiz bo‘yicha gunohkorlarni kechasi uyga qamab, qo‘loyoqlariga 
zanjir solishimiz kerak edi, sizni ko‘rib bunday qilishga botinolmay qoldik. Xukumat 
buyrug‘i bo‘lgach, biz buni bajarishdan boshqa erkimiz yo‘qdir. Sizlar tinch bo‘lsanglar 
hech ish yo‘q, biz ham tinch bo‘lamiz», dedi. 
To‘xtagan joyimiz, Boy degan otiga yarasha bog‘u bo‘stonlik, qalin daraxtzor bilan 
o‘ralgan, oqar suvlik, havosi kelishgan bir qishloq ekan. Shu kecha soqchilarimiz bizni 
yerlik Go‘nangjuzaga topshirib, o‘zlari ko‘rinishmadi. Bu yerdagi xizmatchi uyg‘ur 
bolalariga qarasam, oldi 30 ga yetmagan, 18 20 yosh oralarida bo‘lib, ikki so‘zning birida 
«bizning sinfiy dushmanlarimiz» deyishni o‘rganmish ekanlar. Shunga ko‘ra bizni ham 
dushman hisobida ko‘rib, biz kabi asirlar haqqiga xiyonat qildilar. 
Hayot olamida tarbiyat-sahobat kabi ta’sirlik narsa yo‘qligi shubhasizdur. Yolgiz 
insonga emas, barcha jonlik mavjudotlarda ta’lim-tarbiya ta’siri ko‘z oldimizda ko‘rilib, 
buning natijalari butun dunyoga tarqalib turmoqda. O’qitish o‘rgatish buyon tursin, 
suhbat o‘zi ham, suhbatdoshlarga o‘t bilan suvdek tez o‘tadi. Shuning uchun ham har 
kimga, suhbat yo‘ldoshlariga qarab baho beriladi. Nuh payg‘ambarimizning o‘gli yomon 
yo‘ldoshlarga qo‘shilib edi, payg‘ambarzodalik fay-zidan ajradi. Ashobi Kahfning iti 
yaxshilarga ergashib, Kur’onda qissasi aytilib, haq yo‘ldagi odamlar qatoriga kirdi. 
Ayniqsa, islomning otidan, Qur’onning xatidan boshqa hech narsaga ega bo‘lmagan bir 
mil-lat bolalari, ularning ko‘ngil ko‘zlariga yaxshi-yomon hech bir narsaning aksi 
tushmaganlikdan, nima bo‘lsa ham birinchi aksni darrov qabul qiladilar. Shunga ko‘ra 
sovet siyosatchilari, Shing Duban hukumati qurilgan kundan boshlaboq, bu o‘lkani qizil 
Ushuriston qilish uchun qalam ko‘rmagan, xat tushmagan daftar kabi top toza ko‘ngillik 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə