Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
chiqib ketgandan beri xavotirlanib o‘ltirdim», deb mening haqimda qilgan tashvishini 
gapirdi. Boshqalarni so‘roqqa olib borib qaytarganda tayoqning zarbi bilan o‘zi 
yurolmasdan askarlar uni yo‘lovsuyovlar bilan keltirib tashlar ekanlar. Bunday ishlardan 
Alloh meni o‘zi saqlamish edi. 
B a y t: 
Yaxshilik kunlarda xudoni hech unutma Sog‘uniy,
Boshingga tushsa qora kun, tashlamas u ham sani.
Yoshliging o‘tdi, g‘ururlik birla toat qilmading
Keksalikda ketdi kuch, solgan imorating qani?
Yosh yetibdur qon yutib, g‘am-qayg‘udin ayrilmading,
Barchasi haq yo‘lida bilgil xudoning bergani.
Oq soqoli haqiga bu Sog‘uniy bechoraga
Ko‘rsatib o‘lmasdan burunroq ul Muhammad qabrini.
Kim o‘qisa har qachon Sog‘un otaning she’rini,
Bir og‘iz Qur’on o‘qib shod aylasin arvohini. 
Bu kabi jallodlar qo‘lida ziyon zahmatga uchramay, chekinmay, qutilganim uchun 
Allohga tashakkur qilib, ko‘p hamdu sanolar aytdim. Shu bilan meni bir yo‘l 
chaqirganicha, ikkinchi o‘zlari yo‘qlamagach, u zolim qonxo‘rlar yuzini ko‘rmaganligim 
uchun Allohga tashakkurlar qildim. 
Oradan uch to‘rt kun o‘tar o‘tmas, zindon yo‘ldoshim To‘roxunni so‘roqqa chaqirdilar. 
Bundan ilgari ham qiynov qistov ishlarini ko‘rib o‘tkizgan bo‘lishi kerak: «Hay, mening 
ishim qanday bo‘lar ekan?», deb jon hovuchlagan kishilarday qo‘rqqanicha ketdi. 
«Kemaga tushgan kishining joni bir», deganday yo‘ldoshim qayg‘usi ustiga, insonchilik 
ekan, o‘zim ham qayg‘ura boshladim. Oradan uch to‘rt soat o‘tgandan keyin qarasam, 
o‘zi aytgandek, bechora To‘roxunni yo‘lab suyab eshik oldiga keltirishib, ichkariga 
itarishib yubordi. U gandiraklaganicha kelib, mening oldimga yiqilib tushdi. Qarasam, 
ustidan suv quygandek qora terga tushgan ekan. Eshik ortida tinglashib turishlaridan 
qo‘rqib, hol so‘rashga ham jur’at qilolmadim. «Xudoyo, bular zulmidan o‘zing 
asramasang, ko‘rar kunimiz shul ekan», deb «Lo havla»ni o‘qib, ustida jaldirab o‘ltirdim. 
«Mo‘minlar uchun eng og‘ir zamon qaysidur?», deb rasulullohdan so‘raganlarida, 
«Haromzodalar xalq ustiga hukmron bo‘lsa», degan mo‘‘jiza so‘zlarini ko‘z oldimizdan 
o‘tkazdik. Bu vahshiy yirtqichlar vahshiyona qilgan zulmlarini yoshirib uyalgandan emas
balki shaytonligidan hech kimga aytmasligi uchun har bir zulm ko‘rgan kishilardan 
shartlik tilxat oladilar. «Joningni olaman, dovushingni chiqarma», degandek, bechora 
kishilar boshqa so‘roqchilarga ham o‘z ustilaridan o‘tgan nohaq zulmlardan bir og‘iz 
gapirolmaydilar. 
Shu ahvolga tushib tashqariga chiqilmasdan, kecha kunduzi bilinmagan qorong‘u 
uyda hafta o‘n kunni shunday qiyinchiliklar bilan o‘tkazdik. Men kelgan kundan boshlab, 
har kuni ikki uch vaqt biz yotgan qamoqxona orqasida qandaydurki bir ayol kishining 
yig‘lagan dovushi eshitilgan so‘nggida, tom orqasini dupillatib so‘qqali turadi. «Bu 
nimadur?», — deb yo‘ldoshimdan so‘rasam: «Men kelgandan beri shu tom orqasida har 
kuni necha qayta yig‘i ovozi chiqadi. Yig‘idan to‘xtar ekan, tom orqasini urib, yana 
dovush chiqarib, «Kishi bormi?» degandek chaqirib qo‘yadi. Men ham bunga yarasha 
javob qaytaray desam, soqchi askarlardan qo‘rqaman», dedi. Yana bir kuni yig‘i solib 
tom qoqib edi, qarasam, soqchi askarlar ko‘rinmagach, To‘roxunni eshik poyloqchi qilib, 
orqa tomni gupillatgan so‘nggida: «Siz kim bo‘lasiz?», deb qichqirib edim, «Men 
dubbegining xotini bo‘laman, olti oy bo‘ldi shu yolg‘iz uyda qamoqdaman
qo‘rqqanimdan, yolg‘izlikka chidayolmay, kunda uch to‘rt marta yig‘i solib sizlarga ham 
tinchlik bermadim. Boshqa ilojim yo‘q, qandoq bo‘lsa ham xafa bo‘lmanglar», dedi. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə