Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan



www.Orbita.Uz  
kutubxonasi 
Kvant nazariyasi 
uchun 3 daqiqadan 
 
Kvant fizikasiga oid 50 ta eng 
muhim va eng qiziqarli hodisalar 
haqida 3 daqiqadan hikoya qilinadi 
 
Muharrir: Brayan Klegg 


 
 
 
 
 
 
 
Kvant nazariyasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
uchun 3 daqiqadan 
 
Muzaffar Qosimov tarjimasi 
 
 
 


 
 


 
Kvant nazariyasi
uchun 
3
 daqiqadan 
Kvant fizikasiga oid 50 ta eng 
 
 
 
muhim va eng qiziqarli hodisalar
 
 
 
haqida 3 daqiqadan hikoya
 
 
 
qilinadi.
 
 
Muharrir
Brayan Klegg 
 
Mualliflar: 
Filipp Boll 
Brayan Klegg 
Leon Klifford 
Frenk Klouz 
Sofi Xebden 
Aleksandr Xellemans 
Sheron Enn Xolgeyt 
Endryu Mey 
© Ivy Press Limited, 2014 
© 
www.Orbita.Uz
, 2018 
www.Orbita.Uz
  
kutubxonasi 
2018 


 


Muqaddima 
Brayan Klegg 
Tan olish kerak, bizga maktabda o‘rgatiladigan fizika 
odatda anchayin 
zerikarli bo‘ladi. Maktab fizika kursining asosiy qismini asosan XIX-asrga taalluqli 
ulug‘vor fizika mavzulari tashkil qiladi va bu fizikada, tasodiflarga, hamda, tan 
olingan haqiqatlarga nisbatan shubhaga borishga o‘rin yo‘q. Taassufki, biz maktab 
yoshidagi bolalarni fizikaning eng qiziqarli va maftunkor qismi – kvant fizikasi 
bilan deyarli tanishtirmaymiz.
 
 
Ajabtovur mikrodunyo 
Olamda hamma narsa juda mayda zarralardan – atomlardan tashkil topganligi 
haqidagi g‘oyaning ildizlari juda qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Atom 
so‘zining ma’nosi qadimgi yunon tilidagi «
atomos
», ya’ni, «
bo‘linmas
» degan 
so‘zdan kelib chiqqan. Lekin, ushbu g‘oya juda uzoq asrlar davomida 
boshqacharoq yanglish fikr va ta’limotlarning soyasida qolib ketdi. Xususan, 
shunday yanglish ta’limotlardan biri – olamda hamma narsaning asosini to‘rt unsur 
– yer, suv, havo va olov tashkil qilishi haqidagi qadimgi ta’limot edi. XIX asr 
oxiriga kelib esa, garchi olimlar hali atom o‘zi nima ekanini oxirigacha aniq-tiniq 
bilib yetmagan bo‘lsalar-a, harholda atom ta’limoti mukammal nazariy konsepsiya 
sifatida, ilm-fanda o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib oldi va ko‘plab fizik va 
kimyoviy jarayonlarni tushunishda katta o‘rin tuta boshladi. Borliqdagi barcha-
barcha narsani, odam tanasidan tortib, mayda chang zarrasigacha bo‘lgan hamma 
narsani tashkil qiluvchi o‘sha kichik zarrachalar bo‘libgina qolmay, balki, atomlar 
o‘zlarining g‘ayrioddiy xossalari bilan ham olimlarning keskin hayrat va 
qiziqishlarini keltirib chiqardi. Avvaliga, olimlar atomlar va ularning tarkibiy 
qismlari ham o‘zini xuddi oddiy jismlar kabi tutadi, faqat bunda o‘lchamlar va 
miqyos-masshtab juda kichik bo‘ladi xolos degan fikrda edilar. Shu sababli ham, 
atomlar fazoda xuddi tennis to‘p singari uchadi, faqat bunda o‘lchami juda-juda 
kichik zarracha bo‘ladi degan o‘y mavjud edi. Atomlar ham o‘ziga xos tarkibiy 
qismlardan tuzilishi va atomlarning ham o‘z ichki strukturasi mavjudligi kashf 
qilingach esa, atom tuzilishiga oid bir necha xil nazariyalar taklif qilina boshladi. 
Shunday nazariyalardan biriga ko‘ra, atomni – ichiga mayiz solib pishirilgan non 
singari tasavvur qilingan va bunda mayizlar – manfiy zaryadga ega zarrachalar 
bo‘lib, ular musbat zaryadga ega xamir bo‘ylab bir tekis taqsimlanib yoyilgan deb 
xayol qilingan. Lekin, keyinchalik bunday nazariyaning tagida hech qanday asos 
yo‘qligi ma’lum bo‘ldi va aksincha, atomning deyarli barcha massasi uning 
yadrosida markazlashgani ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin, atom tuzilishiga oid 
mitti «Quyosh tizimi» modeli o‘rtaga tashlandi.



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə