Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
 


 
 


Nazariyani bir boshdan... 
Biror bir boshqa nazariyani kichik-kichik bo‘laklarga taqsimlab, uni odamlar oson 
tushunadigan va tez uqadigan qilib ajratishning ehtimolim kam. Biroq, kvant 
nazariyasi bundan mustasno. Kitobda tilga olingan kvant nazariyasiga taalluqli 50 
ta mavzu 7 ta ruknlarga bo‘lib bayon qilingan va ularning har biri ushbu jozibador 
fizik nazariyaning muayyan bir sohasiga tegishlidir. Tabiiyki, biz so‘zimizni 
Nazariyaning tavalludi 
ruknidan boshlaymiz va unda atomlarning biz bilgan 
boshqa obyektlardan farq qilmasligini ta’kidlovchi eskicha tushunchalar qanday 
qilib inqirozga yuz tutgani va bunda aniq o‘lchashlar va kuzatishlar natijasida 
olimlar atomlarning nimaning evaziga barqaror turishini tushuntirishga 
uringanliklarini ko‘ramiz. Bu esa, oxir-oqibatda mumtoz fizikadan tubdan farq 
qiluvchi, tamomila boshqacha yondoshuvni taqozo etganini namoyon qiladi.
Keyin esa biz 
Asosiy tushunchalar 
rukniga o‘tamiz va unda kvant fizikasining 
asosida yotuvchi eng muhim, ustuvor ilmiy tushunchalar bilan tanishamiz. Ular 
orasida, Geyzenbergning noaniqliklar tamoyili singari, shunchaki fizika fani 
doirasidan chiqib, zamonaviy kundalik hayotning bir qismiga aylangan 
tushunchalar sizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Asosiy tushunchalardan boxabar 
bo‘lgach esa, biz ulardan foydalangan holda, biz har kuni, har qadamda to‘qnash 
keladigan hodisalarni ilmiy nuqtai nazardan izohlashga kirishishimiz mumkin 
bo‘ladi va bu ishni biz kitobning «
Yorug‘lik va materiya fizikasi
» ruknidan 
boshlab yuboramiz. Kvant elektrodinamikasi, ya’ni, amalda deyarli barcha narsani 
– qanaqasiga yorug‘lik bizning tanamizni isitishdan tortib, nimaga biz o‘tirgan 
stulda oraliqdan tushib ketmasligimizgacha bo‘lgan narsalarni tushuntirib beruvchi 
nazariya bizga kvant dunyosiga nisbatan umuman boshqa ko‘z bilan qarashimiz 
lozimligini namoyish ko‘rsatib beradi. Kvant nazariyasi ichida, kuzatilayotgan 
hodisalarning avvaldan taxmin qilingan fikrlar bilan katta aniqlikda muvofiq 
kelishi nuqtai nazaridan aynan kvant elektrodinamikasi eng muvaffaqiyatli 
nazariya bo‘lib chiqdi.
Keyin esa biz kvant fizikasidagi eng asosiy hodisalari haqida hikoya qiluvchi 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə