Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

To‘lqin uzunligi
– to‘lqinning to‘liq 
siklni 
o‘tab, 
boshlang‘ich 
holatiga 
qaytadigan masofasi, to‘lqin uzunligi – 
tezlikning chastotaga nisbatiga teng. 
Xoking nurlanishi
– Stiven Xoking 
tomonidan taxmin qilingan kvant effekti 
bo‘lib, fazoda virtual zarrachalarning o‘ta 
tezkor paydo bo‘lishi va yo‘qolishini 
bildiradi. Odatda, bunday zarrachalarning 
paydo bo‘lishi va yo‘qolishining izi 
qolmaydi, lekin, agar ushbu hodisa qora 
tuynukning hodisalar gorizonti qismida 
sodir bo‘lsa, unda, zarrachalardan birini 
qora tuynuk o‘z qa’riga tortib ketishi 
mumkin, boshqa bir zarracha esa undan 
uchib ketib, uchish jarayonida o‘zidan 
nurlanish chiqarishi mumkin (shu sababli 
ham Xoking qora tuynuklarni «aslida 
unchalik ham qora emas» - deydi). Xoking 
nurlanishi bu – qora jism nurlanishiga oid 
bir misol bo‘lib, u qora tuynuk massasiga 
teskari proporsional bo‘lgan haroratdagi 
qora jism nurlanishiga ekvivalenti bo‘ladi.


Ultrabinafsha halokati 
Kvant mexanikasining qiziqarli tarixi
ni hikoya 
qilishda, odatda, «ultrabinafsha halokati» deb 
nomlanuvchi hodisaga katta e’tibor qaratiladi. XIX-asr 
oxiriga kelib, o‘z nazariyalarini mumtoz fizika asosida 
shakllantirib kelgan ko‘plab olimlar, shunday xulosaga 
kelishdi: har qanday chastota va yo‘nalishdagi 
yorug‘likni o‘ziga butunlay singdirib yuboradigan jism, 
ya’ni, issiq qora jismning elektromagnit nurlantirish 
quvvati – undan chiqayotgan yorug‘lik nurlanishlarning 
ko‘rinadigan nurlar spektridan ultrabinafsha nurlar 
spektriga tomon siljib borishi asnosidagi to‘lqin 
uzunligining qisqarib borishi yo‘nalishida cheksiz ortib 
borar ekan. Ya’ni, to‘lqin uzunligining qisqarishi bilan 
qora jismning nurlanish quvvati cheksizlikka intilishi 
kerak edi. Biroq, amalda hech qachon bunday 
bo‘lmayotgani va bo‘lmasligi aniq ravshan bo‘lib, 
ushbu masala o‘sha zamonning eng yetakchi, ilg‘or 
fiziklarining 
boshini qotirdi. 
1900-yilda 
ushbu 
«ultrabinafsha halokati» masalasiga oydinlik kiritish 
uchun Maks Plank ilmiy izlanishlarga bel bog‘ladi. 
«Halokat»ni oldini olish maqsadida, Plank, qora jismni 
tashkil qiluvchi atomlarning tebranishi jarayonida 
energiya chiqarishi faqat diskret tarzda, ya’ni, alohida-
alohida ulushlar (porsiyalar) ko‘rinishida yuz berishini 
taxmin qildi va ushbu diskret energiya miqdori, 
atomlarning 
tebranish 
(vibratsiya) 
chastotasiga 
proporsional bo‘lishini ta’kidladi. Ushbu diskret 
energiya miqdorini Plank lotin tilida «qancha?» 
ma’nosini bildiruvchi «kvant» so‘zi bilan nomlab 
atagan. Proporsionallik koeffitsientini esa Plank 
h
belgisi bilan ifodalagan edi va keyinchalik ushbu 
miqdor ilm-fanda plank doimiysi deb atala boshlagan. 
Plank 
«qancha?», 
ya’ni, 
«kvant» 
atamasini 
biriktirayotganda aynan nimani nazarda tutgani 
noma’lum, lekin, shunisi taajjubiki, kvantlar haqidagi 
g‘oyani taklif etgan Maks Plankning o‘zi, uzoq yillar 
mobaynida o‘zining mazkur ilmiy g‘oyalarining haqiqat 
ekaniga, ular amaliyotda real o‘ringa ega ekaniga 
ishonolmay yurgan. U dastavval mazkur g‘oyani 
shunchaki qulay matematik yondoshuv deb qabul 
qilgan va bunga jiddiy qaramaslikka harakat qilgan. 
Keyinchalik Plankning ham hayratiga sabab bo‘lib, 
ushbu g‘oya asosida, qora jismning katta chastotada 
tebranayotgan 
atomlarining 
qanday 
chegaraviy 
miqdorda energiya nurlatishi mumkinligini hal qiluvchi 
yechim topildi, ya’ni, «ultrabinafsha halokati»ning 
«oldi olindi». Ushbu g‘oyasi uchun buyuk fizik olim 
Maks Plank 1918-yilda fizika bo‘yicha Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə