Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Plank, «ultrabinafsha 
halokati» masalasiga 
yechim topish uchun, 
energiya alohida-
alohida ulushlar 
(porsiyalar) tarzida 
nurlanadi degan 
g‘oyani taklif qilgan. 
Aloqador mavzular:

 
Kvantlar haqida 
Plank gipotezasi
 
(17-sahifa); 

 
Eynshteyn fotoelektr 
effektini tushuntirib 
beradi
 (19-sahifa). 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Ideal qora jism bir 
qarashda ancha g‘alati 
nazariy yasash bo‘lib 
ko‘rinadi. Lekin, aslida 
u istalgan qizitilgan 
obyektning o‘zini 
qanday tutishini 
tushuntirish uchun 
qo‘llaniladigan 
shunchaki shartli 
konstruksiya xolos. 
Qora jism 
tushunchasidagi asosiy 
g‘oya shundaki, 
jismning harorati 
qanchalik yuqori 
bo‘lsa, u nurlatayotgan 
elektromagnit 
nurlanishlarning to‘lqin 
uzunligi ham shunga 
muvofiq kamayib 
boradi. Elektr 
qizdirgich asboblar va 
yulduzlar ham o‘zini 
shunday tutadi. Qora 
tuynuklar ham, Xoking 
nurlanishi chiqarish 
orqali, o‘zini xuddi 
qora jism singari 
namoyon qiladi.
Biografiyalar uchun 
3 soniyadan: 
Maks Plank
(1858-1947)
XX asr boshi nemis 
ilm-fanidagi eng taniqli 
fizik olimlardan biri. 
O‘z zamonasi 
fizikasining eng 
yetakchi olimi 
sanalgan. 
Vilgelm Vin
(1864-1928)
Nemis fizigi. Qora jism 
nurlanishi intensivligi 
va to‘lqin uzunligining 
jism haroratiga bog‘liq 
ekanini kashf qilgan. 
 
Agar yorug‘lik 
kvantlarga 
ajralmaganda edi, 
qora jism nurlanishi 
nazorat qilib 
bo‘lmaydigan tarzda 
o‘zgarishlar bilan 
kechgan bo‘lardi. 




Plankning kvantlar haqidagi gipotezasi 
1890-yillar oxirida
elektr lampalari ishlab 
chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bir tadbirkor, yosh 
fizik mutaxassis Maks Plankdan, chog‘lanma 
lampadagi qizdirgich tolalardan chiqadigan energiya 
miqdorini hisoblab berishini iltimos qildi. Plank 
oldida, o‘sha zamonning eng yetuk fiziklari ham 
yecha olmagan qiyin masala qo‘yilgan edi. Ya’ni, u 
yorug‘likning va ultrabinafsha nurlarning to‘lqin 
uzunligining qora jism harorati bilan bog‘liqlik 
formulasini keltirib chiqarishi lozim edi. Plank, o‘zi 
tanish bo‘lgan barcha fizik nazariyalarni qo‘llab 
ko‘rdi va har safar negadir muvaffaqiyatsizlikka 
uchrayverdi. Muammo aynan qayerdaligini anglay 
olmayotgan Plank, oxir-oqibatda, masalaga sal 
matematik jihatdan sal yengilroq yondoshish 
imkonini beruvchi g‘alati bir g‘oyani o‘ylab topdi. 
Ya’ni, u qora jism energiyani, xuddi jo‘mrakdan suv 
oqib turgandek uzluksiz ravishda emas, balki, buzuq 
jo‘mrakdan suv tomib turgandek, alohida-alohida 
ulushlar (porsiyalar) tarzida nurlatadi deb xayolan 
qabul qildi. Keyinchalik «kvant» nomini olgan ushbu 
alohida energiya ulushlarini Plankning o‘zi boshida 
«energetik elementlar» deb atagan edi. Plankning 
taxminiga ko‘ra, ushbu ulushlarning energiyasi 
ularning to‘lqin uzunligiga teskari proporsional 
bo‘lishi kerak edi. Kvantlarning to‘lqin uzunligi va 
ularning energiyasi orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi 
formula hozirda «Plank formulasi» deyiladi. Qizigan 
jismlardan 
chiqayotgan 
yorug‘likning 
to‘lqin 
uzunligini hisoblash uchun tadbiq etib ko‘rgan Plank, 
o‘zi keltirib chiqargan mazkur formula amaliyot bilan 
juda 
soz 
muvofiqlikka 
kelayotgani, 
ya’ni, 
eksperimental tasdiqlanayotganini aniqladi. 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə