A fitratning ilmiy pedagogik fikrlari. Reja: Kirish Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat haqida



Yüklə 22,39 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü22,39 Kb.
#153561
  1   2   3   4
A. FITRATNING ILMIY- PEDAGOGIK FIKRLARI.


A. FITRATNING ILMIY - PEDAGOGIK FIKRLARI.
Reja:

  1. Kirish

  2. Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat haqida

  3. Turkiston jadidlari oshkora ish olib borishi

  4. Fitratning ilmiy- pedagogik fikrlari

  5. Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatinig ikkinchi davrida

  6. Xulosa

  7. Adabiyotlar


«O, er yuzida yurgan ne-ne kimsalarni biz tirik sanaymiz, aslida ular o’lik. Er ostida yotgan ne-ne zotlarni o’lik sanaymiz, aslida ular tirik!»
Abdulxasan Haraqoniy.
Kirish
Ma’naviyatimizning ilk namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag’on qurboni bo’lub, jismonan oramizda bo’lmasa ham, u hamisha tirik. Qismati og’ir bo’lgan ulug’ siymolar qatori A. Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag’ishladi.
Davlatboshimiz I.A. Karimovning ta’kidlashicha: «Jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoroiy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan siymolar» dan biri- A. Fitratdir(I.A.Karimov.«O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li».T.,O’zbekiston.1992,72-b)
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat haqida
Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug’iladi. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib, bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi o’zbek, onasi tojik bo’lgan. A. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan, dindor, o’qimishli shaxs bo’lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko’rgan.
A. Fitrat onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo’lib, farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan asosan u shug’ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand ukasi Abdurahmon va singlisi Madbuba bo’lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo’lib etishishlari uchun harakat qilgan. Abdurauf dastlab eski maktabda so’ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko’radi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o’rganadi.

Yüklə 22,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə