A fitratning ilmiy pedagogik fikrlari. Reja: Kirish Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat haqida


A. Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatinig ikkinchi davrida



Yüklə 22,39 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü22,39 Kb.
#153561
1   2   3   4
A. FITRATNING ILMIY- PEDAGOGIK FIKRLARI.

A. Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatinig ikkinchi davrida
A. Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatinig ikkinchi davrida 1918-1924 yilliarni o’z ichiga oladi.
Bu davrda Fitratning «Uchqun» she’lar to’plami (1921 y.), «Qiyomat» hikoyasi, «O’g’uzxon», «Qon», «CHin sevish», «Hind ixtilochilari», «Abulfayzxon» drama va asarlari hamda bir qancha publitsistik maqolalari maydonga keladi.
Yirik olim A. Fitratning o’zbek va sharq adabiyoti tarixi xususida yozgan asarlari 20-30-yillardagi Sharq adabiyotining bilimdonlari E. Bertele, I. Krachovskiy, L. Klimovichlarning asarlari bilan yonma-yon turadi. A. Fitrat hatto ularga ko’rsatmalar bergan. L.I. Klemovichning eslashicha, Fitrat ularga ayrim qo’lyozmalarning matnlarini etkazib bergan. O’sha asarlarning o’rganilish darajasini ko’rsatib, tushuntirgan. Mana shularning hammasi uning hassos shoir, iste’dodli adib, dramaturg, publitsist, chuqur ilmiy-tarixiy tadqiqotlar yozgan adabiyotshunos olim, bir necha darsliklar muallifi, ulkan tarixchi ekanligini ko’rsatib turibdi.
Professor X. Yoqubovning hikoya qilishicha, A. Fitratni 1937 yilgacha bo’lgan xurujlaridan do’sti Fayzulla Xo’jaev o’z hikoyasiga olib kelgan. Lekin 1937 yilga kelib Fitrat X. Xo’jaev, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho’lpon, Elbek kabilar bilan birga qatag’on qurboni bo’ldi. Ular «Xalq dushmani» deb qoralanib, ularga «Panturkizm» tamg’asi bosildi.
Fitratga ham shunday ayblar qo’yilib, uning ham ilmiy, ham adabiy ijodidan panturklarcha qarashlar namunalarini axtarishadi. Garcha Fitrat ijodida turkiy xalqlarni Turkiya qo’l ostida birlashtirishga chorlagan da’vatlar bo’lmasa-da, Markaziy Osiyo xalqlari tili, madaniyati va adabiyotining birlashuv sari rivoj topish imkoniyatlari aks etgan qarashlari, Fitratning Istambulga tahsil olganligi va u erda asarlarining bir qismini nashr etganligi qatag’onga uchrashiga sabab bo’ldi.
Fitrat «CHig’atoy gurungi» tashkilotining etakchilaridan biri sanalgan. Shu bois ushbu guruh so’nggi yillarga qadar ashaddiy aksilinqilobchi deb baholanib, uning a’zolari ham shunga ko’ra qo’paruvchi, millatchi, dushman odamlar deb hisoblanib kelindi. Xolbuki, «CHig’atoy gurungi» o’sha davrning etuk olimlarini uyushtirgan bo’lib, o’zbek tili va adabiyotining rivoji uchun qayg’uradigan madaniy-ma’rifiy to’garak edi.
A. Fitratning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.
A. Fitrat zulfisonayn yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Navoiy an’analarini davom ettirib, o’zbek va tojik tillarida birday mukammal asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan «Sayyohi hindi bayonoti», «Rahbari najot», «Sayha», «Vose qo’zg’aloni», «Amir Olimxonning hukmronlik davri» kabi asarlarida va o’zbek tilida yaratgan «Oila», «Qiyomat», «Begijon», «Munozara», «Oqmozor», «Abulfayzxon» va boshqa maqola hamda asarlarida xalq orasida madaniyat tarqatish va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. Shuning uchun ma’rifatparvar Fitratning barcha asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi. Xususan uning «Sayohi hindi bayonoti» degan asari-«Hindistonda bir farangi ila Buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi» dan boshlanadi. Asarda Buxoro amirligidagi o’quv va o’qituv ishlarining ahvoli va bu sohadagi asriy qoloqlik ko’rsatiladi, o’rta va oliy yurtlari tubdan isloh qilishga chaqiriladi. Madrasalarda o’quv muddatining uzoqligi va o’quv usullarining eskirganligi, mudarrislarning nodonligi, dasturlarning hayotdan uzoqligi, savod chiqarish usullarining qiyinligi tanqid qilinadi. Maktabni va o’qitish usullarini tubdan o’zgartirish tadbirlari bayon qilinadi.
Xulosa
A. Fitratning «Rahbari najod» asari ham to’la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag’ishlangan bo’lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o’z bolalarini etuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligini, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga:
1. Jismoniy tarbiya-salomatlik.
2. Aqliy tarbiya-sog’lom fikrlilik.
3. Axloqiy tarbiya-axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi.
Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyidagilar ko’rsatib o’tiladi.

Yüklə 22,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə