Roman-german filologiyasi 2001-guruh talabasi Meliboyev O’tkirbek



Yüklə 6,37 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü6,37 Kb.
#118851
O’zbekiston dvlat jahon tillar universiteti-www.hozir.org


O’zbekiston dvlat jahon tillar universiteti

Roman-german filologiyasi 2001-guruh talabasi Meliboyev O’tkirbek

O’tkir Hoshimov 1.Muallifning qisqacha biografiysi O’tkir Hoshimov-taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi.1941-yili 5-avgustda Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan.Yozuvchining ilk asari 1962-yilda “Po’lat chavandoz “ nomida ocherklar to’plami tarzida nashrdan chiqadi. Ammo yozuvchiga muvaffaqqqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan”Bahor qaytmaydi”qissasi bo’ldi.Yozuvchi 2013-yil 24-mayda og’ir hastalik tufayli vafot etgan.

2.Asar nomi: “Ikki eshik orasi” Janri: Roman Muallifning ijodiy metodi: Realizm 3.Asarning tematik tasnifi: Biografik

4.Asar mavzusi: Bu asarda yozuvchi insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlaydi.Adib birinchi navbatda tinchlika rahna solgan urushni qoralaydi.Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko’ngillariga ozor yetkazgani asarni umumiy pafosini tashkil etadi.Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o’ziga xoslik kasb etadi.

5.Asarning asosiy g’oyasi: Bu asar yozilishing asosiy sababi, mening fikrimcha, o’sha davr muhitini bugungi kitobxonga yetkazish va shu bilan unga ta’sir etishidir. Yana urush insonlar hayotini qanchalik o’zgartirib yuborganligi ham hayotiy tasvirlangan.

Ikki eshik orasi

6.Asar sarlavhasi haqida fikringiz:Ma’lumki, odamzod tug’ilganidan to o’lguniga qadar hayotda yashaydi.O’tkir Hoshimov shu vaqt davomida o’tgan umrni “bir eshikdan kirib boshqa eshikdan chiqishga “qiyoslagan. Bu eshiklar orasida bo’lgan ishlarni, hayot tarzini shu nom orqali izohlagan. Yozuvchi bu nom orqali urush va tinchlik orasidagi vaqtni ham nazarda tutgan hisoblanadi.

7.Asarning lingvistik tahlili:

Frazeologizmlar


Chuchvarani xom sanabsan; jo’jani kuzda sanaymiz; jon omon bo’lsa, mol topiladi; haqiqat osmonda kaliti yerda; shirin yolg’ondan achchiq haqiqat yaxshi; birov birovning ko’ziga chop soladi; yulduzi yulduziga to’gri kelibdi; mehr bilan qahr orasi bir qadam;
Kasb-hunarga oid so’zlar
Harf, doska, ruchka, ketmon, paxsakurak, igna, loy, traktor, mol, material, qog’oz-varaq, eshak arava, telefon, chelak,
Toponimlar
Samarqand, Toshkent, No’g’ayqo’rg’on, Xirmontepa, Ko’tarma, Alvasti ko’prik, Krasnagorsk, Rossiya, Qo’qon

8. Asardagi miliy kalorit: O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida folklor namunalari keltirilgan.Asarda to’y marosimlari, sovchilikka borish,yor-yorlar, qochirimlar, qolaversa, motam qo’shiqlari ham mavjud. O’zbeklarda chaqaloqqa e’tiborning naqadar kuchliligidan,uni ins-jinslardan, har xil ko’zlardan saqlash maqsadida unga tutab turgan isiriq tutatib, aylantirishadi beshik ustida.Non esa chaqaloq beshigini turli narsalardan saqlagan, bolaning rizqi butun bo’lishini istagan yaqinlari uni yaxshi niyatda boshi ustiga qo’yishgan.

9.Asardagi tugun: Bu asarda tugun urush boshlanishidir. Chunki urush sababli hammani hayoti, misol uchun Robiyani hayoti alg’ov-dalg’ov bo’lib ketadi. Asardagi hamma kelishmovchiliklar va xafagarchiklar shu sababli yuzaga kelgan.

10. Badiiy asardagi konflikt turi:

Bu asarda konfliktning jamiyat va inson

o’rtasidagi turi namoyon bo’ladi.

Chunki biz bilamizki, urush hech qachon

kimgadir xursandchilk keltirmagan.Va

hamma o’sha vaqtlarda frontga va urushga

majburan olib ketilgan.

INSON
JAMIYAT


11. Asarda kulminatsiyasi:Mening fikrimcha, Qora ammaning o’z o’gli tirik yo o’ligini bilmay turib, o’z qiziday bo’lib qolgan Robiyaga o’zi sovchi bo’lishi deb o’ylayman.U ham o’z jiyani Muzaffarni o’ylab ,axir shunday qilgan-ku.Bu qarorni unga aytish ham qiyin.

12.Asardagi yechim:Yechim bu Robiyaning “adasi”ga ya’ni Shomurodga erga tegishidir. Bu hammasi Muzaffar hamda urush tufayli edi. Shundan so’ng, hammasi iziga tushadi.

13.Asarda mavjud folklor namunalari: Birinchi chol, otga beda sol, Oting yemasa, chaynab sol. Yaxshi kelsa- kut, yomon kelsa – yut. Ot o’rnini toy bosar. Uzumga bo’ying yetmasa puf sassiq ekan.

14.Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohadalar: Robiyaning dadasi uchun uy qurishmoqchi bo’lishadi. Lekin “Agar Hasan akani qisib qo’ymagan bo’lsak, hasharchilarni maktab qurilishiga solsakmikin..Bizga-ku uy topilar, maktab kerak.Yana bir o’rinda, Kimsanni o’zi urushga ketayotganlar ro’yhatiga o’zini yozdirib kelganida aytiladi.”Hamma urushga ketsa-yu men bu yerda qanday baxtli yashay olaman.Turkistonliklar hammasi urushga olib ketilayotganda.....”

15.Asardan olgan taasurotlaringiz.Sizga ma’qul bo’lgan va ma’qul bo’lmagan jihatlar: Menga voqealar rivojidagi keskinlik yoqdi.Birdan xursandchilikdan xafagarchilikka o’tilganda ham asarga boshqacha ko’rk qo’shgan.Xullas, menga bu asar faqat yoqqan unda hech qanday kamchiligi bor deb o’ylamayman.

16.”Venn” diagrammasi asosida :

Robiya-aqlli, mehnatkash, quvnoq, savodli, judayam mehribon..


Ra’no-juda chiroyli, aqlli, o’qimishli, lekin sabrsiz..


O’xshash:husnda tengi yo’q,quvnoq,

Farqli: Ra’noning sabrsizligi va xiyonatkorligi va Robiyaning aksi

Roman of O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” is an enjoyable roman that you feel enthusiastic if you read it because of it’s genre, plot and so on. I advice you to read it because you can achieve enough impression for yourself.

Ra’no: beautiful, clever, impatient


Robiya: beautiful, clever, faithful
Both of them are clever and beautiful but Robiya is patient and loyal than Ra’no.
My opinion and diagram of VENN in English

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Directed by Meliboyev O’tkir



http://hozir.org
Yüklə 6,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə