ta’sir» deb atagan edi va ushbu tamoyil orqali kvant fizikasini diskretlamoqchi
bo‘lgandi. Ushbu tamoyilga ko‘ra, kvant zarrachalari bir-biri bilan masofadan turib
ham o‘zaro ta’sirlashishi mumkin va bu ta’sirning ro‘y
berishi uchun vaqt talab
qilinmaydi, ya’ni, har qanday o‘zaro ta’sir bir lahzaning o‘zida sodir bo‘ladi. Bu
g‘oya esa, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga, xossatan,
undagi
postulatlardan eng asosiysi – yorug‘lik tezligining chekli ekani haqidagi
uqtirishlarga nisbatan shubha uyg‘otadi. Vaholanki,
amaliy tajribalar takror va
takror shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday kvant chigalligi amalda haqiqatan ham
mavjud ekan! Kvant nazariyasining amaliy qo‘llash sohalari ham aynan ushbu
tamoyilga asoslangan bo‘lib, xususan, kvant shifrlash
va kvant kompyuterlari
singari amaliy-muhandislik ilmlari aynan kvant chigalligi asosida ishlaydi.
So‘ngi ikki rukn esa, bizning kundalik turmushimizga kirib kelayotgan kvant
texnologiyalari hamda, kvant nazariyasiga ko‘ra imkonli bo‘lgan
aql bovar qilmas
farazlar haqida to‘xtalamiz. «
Dostları ilə paylaş: