Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy  www.ziyouz.com



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
 
SO’NG SO’Z O’RNIDA 
Bobomiz «Turkiston qayg‘usi» asariga shu yerga yetganda oxirgi nuqtani qo‘ydilar, 
ya’ni tarix tugallanmasdan turib nuqta qo‘yildi. Nega? Nima uchun shu yerda nuqta 
qo‘yildi? degan tabiiy savol hammani qiziqtiradi. Bu savolga javob topish uchun kitob 
yozilgan davrni va u qanday sharoitda yozilganini eslamoq kerak. Kitobga kirishilgan 
vaqt, uning so‘z boshida aytilganidek, 1966 yil edi, tugallangan vaqti 1973 yil bo‘ldi. Bu 
davr ichida bobomiz sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asarini fors tilidan 
ikkinchi marta qayta tarjima qilib 1967 yili tamomladilar, chunki birinchi tarjima qilingan 
qo‘lyozma asar favqulodda holatda g‘oyib bo‘lgan edi. Birinchi tarjimani biz, ya’ni u 
kishining o‘g‘il nabiralari, yaqin qarindosh va qadrdon maslakdoshlari, bobomlar 
ishtirokida 1964 yil davomida yig‘ilish va majlislarda o‘qib yakunlagan edik. Shu 
majlislarning biridan qaytib kelayotgan vaqtda, kitob taksi mashinada qolgan degan 
taxmin bilan yo‘qoldi. Ko‘p qilingan qidirish harakatlari natija bermadi. Bu kitob shu 
paytdagi tekshiruv kuzatuv rasmiy tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan sa’y 
harakatlar natijasida yo‘qoldi degan gumon bor, chunki bobomiz Toshkentga kelgan 
vaqtdan boshlab bir kun ham KGB tegishli idoralar etiboridan chetda emas edilar. 
1971 yilga kelib bobomlarning umr bo‘yi niyat qilib o‘ylab yurgan shoh asarlari «Tarixi 
Muhammadiy» yakunlandi. Bu asar oqqa ko‘chirilib, qo‘lyozma kitob shakliga 
keltirilishida bobomning birinchi yordamchisi hattoti rahmatli amakimiz 
Muhammadyorxon edilar. U kishi deyarli har kuni ishdan chiqib, bobomning oldiga kelib 
kechalari yarim tungacha kitobni oqqa ko‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Bobomlar shu 
ko‘chirish jarayonida qo‘lyozmani o‘zlari o‘qib berar edilar, unga qo‘shimcha va 
tuzatishlar kiritardilar. Amakimiz chiroyli xusnixat egasi edilar, kitob arab imlosida 
ko‘chirilar edi. Bobomlar uzoq yillar davomida o‘g‘illari bilan birga ishlab, u kishiga qattiq 
suyanib qolgan edi, chunki amakimiz bobomizga nafaqat yordamchi bo‘lib qolmay, u 
kishini bu buyuk ijodiy ishlariga ilhomlantirar, shu og‘ir siyosiy davrda hamfikr, 
hammaslakdosh fidoyilari edilar. Odat bo‘yicha har hafta payshanba kunlari biz 
bobomizning iftorliklarida xizmatda bo‘lar edik. Shu yig‘ilishlarda u kishining o‘g‘illari 
Muhammadyorxon oldida ko‘p ochilib, xursandlik ruhida yayrab o‘tirishlari alohida sezilar 
edi. 
Menimcha, buning yana sabablaridan biri bobomlarning suyukli o‘g‘illaridan 
Asilxonto‘ra uzoq yillardan keyin butun oilasi bilan G’ulja shahridan eson omon ota 
bag‘riga kelgani edi. Duolar ijobati farzandlari yonlarida mujassam bo‘lib, nabiralar o‘z 
tarbiyati ostida o‘smokda edi. Bu payshanbaliklarda Allohga shukronalar qilinib, islom 
dini, Vatanimiz Turkiston tarixidan ko‘p so‘zlar aytilar edi. 
1973 yil 10 sentyabr kuni amakimiz Muhammadyorxon to‘satdan oq qon kasalligiga 
mubtalo bo‘lib Alloh irodasi bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. O’zlarining sohasi qon 
kasalligi 10 kun ichida u kishini olib ketdi, hatto Maskovdan chaqirilgan vrachlar 
konsiliumi ham natija bermadi. Bu musibat 88 yoshga kirgan bobomlarning qarilik yuki 
ostida bukilgan qaddini yanada bukdi. Ulug‘ maqsadli, hayajonli majlislar fayzi 
ketganday edi. Bu yig‘ilish va majlislarda u kishining «oh», «uh» tortishlari, uzoq 
qayg‘uli tikilishlari, g‘amgin va jim o‘ltirishlari hammani qattiq ezar, ko‘ngillarni iztirobga 
solar edi. Barchamizning qilgan harakatlarimiz, urinishlarimiz, topgan yangiligu keltirgan 
xabarlarimiz, har birimiz va hammamiz birga bo‘lib u kishining oldida o‘g‘illari 
Muhammadyorxonning o‘rnini bosolmadik. Ko‘ngilga uncha xush kelmay qolgan, yo‘q 
o‘g‘li ning o‘rnini bildirib yuraklarni o‘rtab turadigan bu yig‘ilishlar asta sekin so‘na 
boshladi. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə