Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
qo‘ndiq. Ertasi bu yerdan otlanib, shu yurganimizcha yuz chaqirim kelgudek Oyoq, 
Chanaq, Azg‘an cho‘llaridan o‘tib, kun bota Og‘u kentining to‘shiga keldik. Yo‘l usti 
bo‘lmagach, u joyni oralab o‘tish bizga to‘g‘ri kelmadi. Bu yerdan o‘tib, bir oz 
yurganimizdan so‘ngra yiroqdan quyuq qora daraxtlar ichida ko‘ringan Ostinortish 
yurtining eng boshidagi Chitolcha kentiga kirdik. Biriga biri tutashgan kentlarni oralab 
yurib, tun o‘rtasi bilan yo‘ldoshimiz Qo‘shmoq hojim uyiga yetdik. 
Koshg‘ar, Yorkent, Xo‘tan shaharlari va Xitoy tuprog‘idan Gansu o‘lkasi ham, 95 96chi 
hijriyda xalifa tomonidan yuborilgan islom mujohidlaridan Qutayba ibn Muslim qo‘lida 
fath bo‘lib, islom diniga kirmish edilar. Lekin islom dini hali Oltishahar o‘lkasida butunlay 
o‘rnashmay turib, islom askari teskari qaytishga majbur bo‘ldi, chunki Bag‘doddagi ibn 
Abdul Malik xalifa bilan Qutayba ibn Muslim oralari buzilmish edi. Shuning natijasida 
qaytgan askar Farg‘onaga kelgach, urush boshlanib Andijon shahridan 25 chaqirim kun 
chiqish tomondagi So‘pi qishloq yaqinida, ilgarigi Farg‘ona markazi Xalich shahri oldida
o‘z askari tomonidan Qutayba ibn Muslim o‘ldiriladi. Shu kunlarda ham yerlik kishilar 
Xalichni Qutayba mozori (Qilich mozori) deb ataydilar. 
Rasululloh tomonidan Sayfulloh Alloh Qilichi nomini ko‘targan islom 
qo‘mondonlarining eng birinchisi mashhur Holid ibn Validdan so‘ngra birinchi darajali 
atoqlik fotih Xuroson, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Koshg‘ar, Xo‘tan, Gansu, to Chin 
markazigacha islom futuxotini yetkazgan shundayin qahramon qo‘mondon Qutayba, 
ittifoqsizlik shumligidan shu kabi fojiaga uchradi. Muso ibn Nasr, Toriq ibn Ziyod (Milodiy 
710 yilda bu buyuk islom qo‘mondonlari o‘z askarlari bilan Gibraltar bo‘g‘ozi orqali o‘tib 
Ispaniya, Portugaliya va Janubiy Frantsiyani zabt etadilar. Keyinchalik bu ikki qo‘mondon 
o‘zaro hasadlashib qolib ittifoqlari buzilishi natijasida g‘arbdagi islom futuxoti to‘xtab 
qoladi) 6u qo‘mondonlarning hasaddan chiqqan ixtiloflari, g‘arbdagi islom futuxotlariga 
qanday to‘siqlik qilgan bo‘lsa, bularning ham o‘zaro hasadlik yog‘iy bo‘lishlari sharqda 
islom dini tarqalishiga undan ham ortiqroq zarba yetkazgan edi. Uning natijasida 
markaziy shaharlarda yangidan tarqalmoqda bo‘lgan islom dini to‘sqinlikka uchrab, bir 
ikki asr orqaga chekindi. 
Bu orada Movarounnahr o‘lkasida adolatli Somoniylar davlati qurilib, bu muborak 
davrda ilm madaniyat, islomiya yangidan rivojga kirishib, buning soyasida Forobiy
Beruniy, Ibn Sino kabi asarlari butun dunyoga tarqalgan olimlar vujudga chiqdilar. Ana 
shu davrda Erondagi islomdan ilgarigi Qiyoniy podshohlaridan Kaykovuz, Xisrovlar 
zamondoshi Do‘kuxon naslidan Sotuq Bo‘g‘roxon Koshg‘ar, Bolosog‘un va umumiy 
Turkistonga xon bo‘lmish edi. Somoniylarga, ya’ni ulardan Nasr Somoniy davlatiga 
chegaradosh bo‘lganlikdan, u otasidan yoshirincha islom diniga kiradi. So‘ngra Xo‘tan 
o‘lkasi atrofi bilan butun Uyg‘uriston xalqi, bu xonning himmati orqalik islom dinini 
qaytadan qabul qiladilar. Birinchi islom ochgan Qutayba ibn Muslim bo‘lsa ham, ikkinchi 
islom ochib, uni o‘rnatuvchi Sotuq Bo‘g‘roxon bo‘ldi. Tarix hijriyaning taxminan 380 
yillarida vafot topib Ostinortishda ko‘milmishdir. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Ostinortishda yo‘ldoshimiz Qo‘shmoq 
hojim uyida ikki kun dam olgandan keyin Koshg‘ar shahriga tushmoqchi bo‘lib yo‘lga 
chiqdik. Kun issig‘i ustiga chang tuproq ichida qirq besh chaqirimcha yo‘l yurib, shahar 
ichiga kirib bordik. Bu yerlik kishilardan To‘qmoqka qatnab turgan savdogarlar ko‘p 
bo‘lganligidan tanish bilishlarimiz ko‘p bo‘lsa ham, ular uyiga tushmasdan Yorbog‘ 
darvozasi saroyida bizni kutishib turgan To‘qmoqlik yo‘ldoshlarimiz ustilariga tushdik. 
Shu kunlarda, ya’ni 1920 milodiy yili, ichki, tashqi dahriylar birlashib, chirigan amir 
davlatiny ag‘darib, Buxoroni bosib olmish edilar. Farg‘ona shaharlarining har birida 
butun qishloq xalqlari qo‘zg‘alib, «bosmachi»lar nomidagi qo‘zg‘olonchilar bosh 
ko‘tardilar. Natijada begunoh xalq boshiga qiyomat qo‘pmish edi. Bulardan vatanparvar, 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə