Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
tariqatga amal qilgan. Raiyat ravnaqini ko‘zlab, «Kam yenglar — ocharchilik ko‘rmasdan 
boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar — mukammallikka erishasizlar, kam 
gapiringlar — dono bo‘lasizlar!» deb bu kishining nasihatlarini ta’kidlaganlar. Allohni 
sevish, uning visoliga yetish uchun og‘ir, mashaqqatli poklanish yo‘lini bosib o‘tishimiz 
lozimdir. Har bir kishi o‘z vaqtini sarhisob qilib turishi, chunki vaqt boyliqdur, bir kasbni 
egallashi, o‘z qo‘l kuchi bilan halol luqma topmoqligi bu ta’limot asoslaridandir», 
deganlarini eshitganmiz. O’z hayotlari davomida shunga amal qilib dorishunoslik, 
tibbiyot ilmlarini mukammal egallaganlar va hojatbaror shifokorligi tufayli ko‘pchilik 
o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega edilar. Kichkina hovlining tashqarisida doimo sog‘in 
sigir bilan bir tana boqilar edi. Yoshligimda ularga yem-xashak va ivitilgan somonga 
kepakni ixlos bilan o‘zlari qorishtirib berayotgan ish ustida bobomlarni ko‘p marta 
ko‘rganman. 
Erta bahor kunlari edi. Saharda bir qarindoshning to‘y oshiga bobomlar bilan birga 
bordik. Kun sovuq, endi tong otmoqda edi. Ko‘pchilik aytilgan bo‘lsa kerak, ko‘chada saf 
tortib, osh yeyishga navbat kutib, odob bilan bobomlarni oldinga kuzatayotgan tumanat 
odamlarni ko‘rib, hassaga ikki qo‘lini qo‘ygan holda to‘xtadilar. «Bay, bay, bay! Qani edi 
bu o‘zbek o‘g‘lonlari shu tartibda, shunday g‘ayrat va ixlos bilan Vatan ozodligi uchun 
jangga kirsa!» deb, tizilib turgan uzun safga zavq bilan uzoq tikilib qolganlarini 
eslayman. Shunda bu manzara to‘qsonni qoralab qolganiga qaramay, qomatini mag‘rur 
tikka tutib turgan sobiq marshalning Vatan ozodligi uchun olib borgan shiddatli 
muqaddas janglarining qaysi yolqinli damlarini ko‘ngliga solgan ekan, deb o‘yladim. 
Alixonto‘ra keng bilimlar egasi, chinakamiga qomusiy olim edi. Yuqorida tilga olingan 
asarlaridan, tarjima qilgan kitoblaridan tashqari u kishining qalamiga mansub «Shifo ul-
ilal», ya’ni «Illatlar shifosi» asari ham mavjud. Unda ikki yuzdan ko‘p kasalliklar bayoni, 
tashxisi va davolash usullari berilgan. Ko‘p tillarni chuqur bilganligi bois shu tillarda 
she’rlar ham yozganlar. «Devoni Sog‘uniy» nomli devon sohibi hamdir. Shu davr ichida 
bobomiz tomonidan yana Ahmad Donishning «Navodir ul-vaqoe» asari, Darvesh Ali 
Changiyning «Musiqa risolasi» asari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 
Alloma Sog‘uniyning obro‘-e’tibori oddiy xalq orasida nihoyatda yuqori edi. Ul zot 
faqatgina islomparvar bo‘lmay, balki tom ma’noda insonparvar bo‘lgani sababli oldiga 
uzoq-yaqin joylardan juda ko‘p kishilar o‘z dardlari va tashvishlariga davo, maslahat 
izlab kelishar edi. Ayniqsa «Temur tuzuklari» oynomada bosilib chiqqandan keyin 
mashhurligi yanada oshdi. Ko‘plar fors, arab, turkiy tillarida bosilgan, turli sohalarga 
mansub qadimgi nodir asarlarning tarjima va sharhlariga yordam so‘rasalar, boshqalar 
ilm izlab kelganini, tabobat, milliy tarix, diniy ilm sohalarida bilim olish uchun shogird 
bo‘lish niyatida ekanini bildirardilar. Ko‘p o‘zbek shogirdlari uydan qatnab ilm olsalar, 
uzoq yurtlardan kelgan tojik, qirg‘iz, qozoq, tungon, kavkaz xalqlariga mansub 
shogirdlari tashqari hovlidagi boloxonada yotib dars olardilar. Har payshanba kun 
iftorliklariga ko‘pchilik qatnashishga intilar edi, chunki bu yerda bo‘ladigan ajoyib 
maroqli suhbat va majlislarda ulug‘ e’tiqod, milliy qadriyatlarimiz, shon-shavkatli 
tariximiz, diniy masalalar yuzasidan fikr va sharhlar aytilar edi. Keyinchalik bu suhbatlar 
kengayib, jumladan, muborak ramazon oyi iftorliklari mehmonga chaqiriladigan katta 
hovlilarda, dala bog‘larida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu kishining ishtirokidagi majlis va 
suhbatlarga katta ilm sohiblari, ayrim shoir va yozuvchilar, din arboblari, olimlar va 
boshqa obro‘yli kishilar juda katta hurmat va ehtirom, haqiqiy ma’naviyatga chanqoqlik 
bilan qatnashar edilar. Kundalik hayotimizdagi o‘zgarish va hodisalarga u kishi katta 
qiziqish va xalq manfaati nuqtai-nazaridan qarar edilar. Ular millatimizning erki, tinchligi 
va kelajagi uchun foydali bo‘lsa butun vujudi bilan xursand bo‘lib, olqishlar edi. 
«Huquqlar himoyasining eng kuchlik quroli hisoblangan ilm-hunar, maorif eshiklari 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə