Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
va tarixi bilan tanishdik, o‘zlari fors tilidan tarjima qilgan mashhur Herman Vamberining 
«Buxoro yoki Movarounnahr tarixi» asarini va ulug‘ sohibqiron Amir Temur 
«Tuzuklari»ning birinchi tarjimasini qo‘lyozma holatda u kishining ishtirokida o‘qib 
o‘rgandik. Islom falsafasi nimalarga ko‘proq urg‘u beradi degan savolga: «Sharq 
falsafasi avval boshidan boshlaboq asosan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini 
bilishga, odamlarning o‘zaro munosabatlarini anglashga e’tibor bergan. Bu ta’limotda 
odam qalbini hayvoniy hirslardan ozod etish, uni Allohga ishonch, iymon nuri bilan 
yoritish, komil inson masalalari ustida ko‘proq fikr yuritiladi», deganlarini uqqanmiz. 
Har doim 3 - 4 soatdan kam davom etmaydigan maroqli darslarimizda ko‘p tarixiy 
voqealarga ul zotning ajoyib mukammal, siyosiy-ijtimoiy mantiq qonunlariga asoslangan 
sharhlarini eshitishga muyassar bo‘lganmiz. Masalan, Vatanimiz mustaqilligi va erkining 
yo‘qolishiga nobop kishilarning hokimiyat tepasiga chiqib qolishi ham sabab bo‘lganligi 
to‘g‘risida gapirib, aytganlarini eslayman: «Har bir davlat arbobi siyosatda bilimdonlik, 
sezgirlik, izchillik va jasorat kabi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i kerak. Bu 
toifadagi hukmdorlar o‘zlari kuchli bo‘lganligi uchun atrofiga mard va ochiqcha so‘zlasha 
oladigan kishilarni to‘plab ish yuritadi. Ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur shunday 
zotlardan edi. Temur sulton ta’rificha, hukmdorga o‘z fikrini va mulohazalarini aytishga 
botina olmaydigan hamda o‘z soyasidan cho‘chiydigan, qul tabiatli mansabdorlar 
saltanatning eng xavfli dushmanlaridur. Chunki ular o‘zlarining ojizligi va jasoratsizligi 
orqasida ikkiyuzlamachilik bilan ish yuritadilar, kezi kelganda esa o‘z hukmdoriga va 
hatto vataniga xiyonat qilishdan toymaydilar. Shu boisdan buyuk Amir Temur qul tabiatli 
amaldorlarni yoqtirmay, o‘z qadru-qimmati, vijdoni, or-nomusi va g‘ururini saqlay 
oladigan kishilarni davlatning ustuni deb hisoblagan». 
Ul zot yana shunday deganlar: «Agar mo‘min-musulmon bir nohaq ishni ko‘rsa, 
albatta, ul ishga qo‘li bilan qarshi tursin. Agar bunga qudrati yetmasa, tili bilan 
qaytarsin, bunga ham yaray olmasa, hech bo‘lmasa ko‘ngli bilan norozi bo‘lsin. Bu 
so‘nggisi iymonning eng kuchsiz bo‘lishidandur. Agar ko‘ngli bilan ham ul ishga norozi 
bo‘lganin sezmas ersa, bundin Alloh saqlasinkim, bu hol iymonsiz kishilarning belgisidur. 
Ularni payg‘ambarimiz tiriklar o‘ligi deb aytganlar. 
Payg‘ambar Muso alayhissalom ummati vujudiga singdirilgan qullik asoratini siqib 
chiqarish uchun o‘z qavmini qirq yil Sahroyi Kabirda olib yurgan ekan. Chunki bu illat 
millatning jasadlariga yopishgan vabo mikroblari kabidir. Agar unga qarshi chora 
ko‘rilmas ekan, ko‘p uzoqlamayoq hayot olamidan oti o‘chirilib, u millat tub tomiri bilan 
yutilib yuboriladi. 
Insonning eng sevgan qadrlik, qimmatlik to‘rt narsasi bordur. Bu to‘rt narsaga ega 
bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘ladilar. 
Alarning eng birinchisi shuldurkim, har odam o‘z erk va ixtiyoriga ega bo‘lmokdur. 
O’zida erki yo‘q, qo‘lida ixtiyori yo‘q odamlarning hayvondan nima farqlari bor? 
Ikkinchisi — shar’iy yoki qonuniy kasblari orqali topgan molu dunyosi, qilgan 
mehnatining mevasi shul topguvchining o‘z haqqi bo‘lgan xos mulkidur. 
Uchinchisi — har bir millatning haqiqiy onasi, u millatning tug‘ilib o‘sgan, ota-
bobosidan meros qolgan Vatanidur. Ona Vatanni boshqalar tasarrufiga qoldirmoq Vatan 
avlodlarining kechirilmas og‘ir jinoyatlaridur, balki inson huquqlariga qilgan xiyonatidur. 
To‘rtinchisi — har mamlakat xalqining asrlar bo‘yi asralib kelayotgan muqaddas 
dinlaridur». 
Bobomizning Naqshbandiya ta’limotiga e’tiqod qo‘yganlari ham ma’lumdir. «Hazrat 
Bahouddin Naqshband tariqatlari Qur’oni karim va Hadisi sharifga asoslanadi. Ul zotning 
«Dil ba yoru dast ba kor!», ya’ni ko‘ngil Alloh yodi bilan, qo‘l esa ish bilan band bo‘lsin, 
degan shiorlari butun musulmon olamiga mashhurdir. Sohibqiron Amir Temur ham bu 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə