Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
qattiq yengilib, bosh qo‘mondoni Toyangu asir olinmishdir. Buni anglagach, Gurxon 
Olmalig‘ (hozirgi G’ulja shahri), Beshbolig‘ turklaridan o‘z qo‘mondasida kuchlik qo‘shin 
tuzib, ketgan yerlarni qaytarib olish uchun yo‘lga chiqadi. Taroz g‘alabasidan so‘ngra 
sulton Muhammad Toyangu boshliq butun asirlarni olib Xorazmga qaytmish edi. Gurxon 
bu xabarni eshitishi bilan butun borliq askarini unga qarshi keltirib, yana Binokand 
yaqinida ikki hukmdor qo‘mondonlig‘i ostidagi turk askarlari eng qattiq jang qiladilar. Bu 
urushda Gurxon tarafdorlari ochiq yengilgan bo‘lmasalar ham, uning askarlari orqaga 
chekinishga majbur bo‘la-dilar; chunki bu orada Oltoydagi Nayman turklaridan 
Toyanguxon o‘g‘li Kushlukxon Gurxonga qarshi orqa tomondan hujum boshlab, 
Olmalig‘ni olib, Bolosog‘unga kelayotgan xabari onglanmish edi. Bu chekinishda 
xorazmiylar orqadan taqamish (ta’qib qilish, izma-iz quvmoq) berib, Tarozga yetguncha 
quvg‘in qiladilar. Bu yerda ham Gurxon to‘xtab qarshilik ko‘rsatmagach, bu chekinish 
urush aldovi bo‘lmasin deb, sulton Muhammad shu yerda to‘xtalib qoladi. 
Gurxon shu yurganicha yurib Bolosog‘unga kelmishdir. Qarasa, qal’a qapqoqlari uning 
yuziga yopilmish edi, chunki bu yerdagi o‘g‘uz musulmonlari Xorazmshohning Gurxon 
ustidan g‘alaba qozonganligini onglashib, uning tomonidan qo‘yilgan shahar bosqoqlarini 
(hokimlarini) o‘ziga qarashli kishilari bilan qoldirmay o‘ldirishib, Sulton askarining 
kelishini kutishmoqda edilar. Lekin ularning Gurxon ortidan yeta kelib, dushmanga eng 
so‘nggi zarbani bergudek kuchlari yo‘q edi. Shuning uchun yordamsiz qolgan Bolosog‘un 
muculmonlarini, ko‘chmanchi turk uluslarining har turidan to‘plangan qo‘shin bilan 
kelgan Gurxon qattiq qamal ostiga oladi. Qurol-jabduqlari to‘liq, urush ustidan qaytgan
qiziqqon, o‘ljalariga yetolmagan, qo‘llari quruq, oz bo‘lganda yuz ming chamalik askar 
qarshisida u zamon sharoitiga ko‘ra bir shahar xalqi qanday chidab tura olsin? 
Qamaldan o‘n olti kun o‘tgandan so‘ngra, och bo‘ridek ochiqqan ko‘p askar kuch bilan 
kirib shaharni oladilar. O’lja asirlardan boshqa bu urushda musulmonlardan 70 ming 
kishi o‘ldirilmish edi. Shu bilan O’g‘uzxondan qolgan eski madaniyatdan namuna bo‘lgan, 
o‘troq o‘g‘uz turklarining markazi sanalgan qutlug‘ Bolosog‘un shahri hayot olamidan 
ko‘z yummishdir. Chingiz davriga kelguncha, Turkiston xalqi ichida bunday qirg‘in bo‘lib, 
ko‘p qon to‘kilmagan edi. Bu shahar hozirgi vaqtgacha (1966 yil) o‘zining o‘tmishdagi 
shonlik sharafining taniqli belgilari bo‘lgan Oqpeshin, To‘rtko‘l, Burona harobalarini 
qoldirmishdir. Bu yerda. 
nohaq to‘kilgan qonlar egalari Burona minorasi orqali hanuz shahodat barmog‘ini 
ko‘tarib, o‘zlarining islomiyatlarini so‘ngg‘ilariga bildirib turadilar. 
Butun turk ulusining eng eski madaniyatli adabiy tili hisoblangan «Qutadg‘u bilik» 
(Qut otliq bilim) kitobini yozgan Yusuf Xos Hojib shu Bolosog‘unlik edi. Islom olamida 
shuhrat qozongan mashhur lug‘at kitobi «Sixox Javhari»ni arabchadan forschaga tarjima 
qilguvchi Jamol Qarshiy ham shu Bolosog‘unliqdir. «Tarixi Rashidiy»ning egasi Mirzo 
Muhammad Haydar ko‘ragon, bir vaqtlar Bolosog‘unda yuzlab kitob tasnif qilguvchilar 
bo‘lganligini shu tarix kitobida yozmishdir. 
1908 yili Bolosog‘un harobatidan o‘n besh chaqirimcha shimolda, hozirgi To‘qmoq 
shahrida bir qabr tosh topilgan edi. Undagi arabcha xatni yoshligimda o‘zim o‘qib 
chiqargan edim. Oradan 60 yillik uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, mazmuni yodimda 
qolmishdir. Shu qabr egasi o‘z zamonasida eng ulug‘ olimlardan bo‘lib, bir necha kitoblar 
tasnif qilganligi, yoshi o‘ttizga yetmay turib, 500-hijriyda shahid bo‘lganligi ma’lum 
bo‘ladi. Bu toshdagi butun xatlarni yozib olishga qiziqqan bo‘lsam ham, unga ulgurolmay 
qoldim, chunki u tosh To‘qmoqdagi tungon boylaridan bo‘lgan Mahammadjon Pisango‘y 
uyida saqlanur edi. Odat bo‘yicha, musulmonlarning bayram kunlari ularni tabriklash 
uchun ruslardan bir necha shahar boshliqlari kelmish ekanlar. Kishi ko‘ngliga qiziqarlik, 
ko‘rinishi haykal misolliq bo‘lib, uyning tokchasida turgan bu toshga ularning och ko‘zlari 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə