Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
ko‘tarishdi. Boylikka botib yotgan Pishpek, So‘quluq tungonlari ham tushunmasliqdan bu 
ishga qo‘shilib qoldilar Natijada tortquluq (tortqiliq, ko‘rgulik, zulm) butunlay ular 
ustilariga tushib, eng og‘ir zarbalik kaltaklar bular boshlarida ushatildi. Shundoqki, besh 
yuz uylikka yetmagan So‘quluq tungonlaridan sakkiz yuz kishini haydab kelib, bozor 
o‘rtasida pulemyotga tutdilar. Ular ichidan o‘q tegmay qolgan yoki yarador bo‘lib, joni 
chiqmay turganlarni qizil askarlar oralab yurib, nayzalab o‘ltirdi. Qo‘zg‘olonchilar markazi 
bo‘lgan besh ming chamali Oqsuvlik ruslardan ilgari-keyin bo‘lib, o‘lim jazosi ko‘rganlari 
o‘ttizdan oshmagan edi. 
Alloh saqlasa balo yo‘q deganday, shu yili So‘quluqga borishdan meni saqlab, bu kabi 
natijasiz qonlik qo‘zg‘olon ofatlaridan o‘zi asramishdir. Shu voqea bo‘lishida men 
To‘qmoqdan sakkiz chaqirim shimol tarafidagi tungon qishlog‘i Qoraqo‘ng‘iz masjidida 
edim. Pishpek, So‘quluq qochoqlari qilich, miltiq kabi borliq qurollarini osingan holda 
tanigan, tanimagan aralash meni qora tortib ustima tushdilar. Buni ko‘rishgan masjid 
qavmlari o‘z boshlaridan qo‘rqishib va yana meni ayashganliklaridan, ularni bu yerda 
qo‘ndirmaslik uchun maslahat ko‘rsatgan bo‘lsalar ham, men bunga rozilik bildirmadim. 
Bu kabi ulug‘ ofatlardan meni necha martabalar asrab o‘tgan mehribon Tangrim iltifotiga 
ishonganligimdan, bu mazlumlarni erlarcha ochiq yuz bilan qarshi olib, siniq ko‘ngillarini 
ko‘tardim. Bu yerda yoshirinib olish imkoniyati yo‘qligidan, bosh-oyog‘i ikki-uch kun 
turishganidan so‘ng, Olmota, Yorkent chegaralari orqali G’uljaga o‘tmoqchi bo‘lib 
ketdilar. 
So‘quluq tungonlarining tuzlarini tatib, yaxshiliklarini ko‘p ko‘rgan edim, ularning 
ichida ishonimlik shogirdlarim va do‘stlarim ko‘p edi. Bunday vaqtlarda borish xatarlik 
bo‘lsa ham, chidab turolmay uch-to‘rt shogirdim bilan bir arava kishi bo‘lib, So‘quluq 
tomonga yo‘l tortdik. Pishpekga kelgach, tungon qal’asi yo‘l ustida bo‘lganlikdan uni 
oralab o‘tishga to‘g‘ri kelmish edi yaqinlashib borgan sayin bundagi ko‘z ko‘rgan 
ko‘ngilsiz narsalarni til so‘zlab, qalam yozib chidayolmaydi. Intizomlik askarlarga, 
qurollik kuchga, tili bo‘lak, dini bo‘lak bir qancha yig‘indi qo‘li quruq, qora kuch kishilar 
qanday qarshi tura olsinlar? 
Tabiat olamiga Ilohiy tomonidan yuborilgan ulug‘ payg‘ambarlar ham, shu tabiat 
qonunlariga bo‘yinsunmasdan boshqa hech choralari yo‘qdir. Urush fanlarining qonuni 
bo‘yicha askarlarning son-sanoqlari, qurol-jabduq va askari intizomlari, eng 
bo‘lmaganda, dushmannikidan tuban va oz bo‘lmasligi birinchi shartdir. Agar shu sharoit 
qo‘lga kelar ekan, u holda diniy, milliy haqoratga bo‘ysunmasdan, dushmanga qarshi 
qurolga qo‘l sunush albatta, farz bo‘lur. Bunday imkoniyat bo‘lmagan takdirda, o‘zini 
o‘rinsiz o‘tga urushdan saqlanib, vaqtincha sabr qilishdan boshqa chora yo‘qdir. 
Biz hozir shunday sharoitsiz, og‘ir ahvol ustida turibmiz. Mahalla ko‘chasidan 
o‘tayotganimizda yo‘l bo‘ylab, talan-bulan qoldiqlari, chochilib yotgan narsalar, kuydirib-
yondirilgan imoratlar ichida vayron-talqoni chiqib, yiqilib yotgan tomlari ko‘zga 
tashlanmoqda edi. Bularni ko‘rgach, ko‘z yoshimiz qurimasdan, shu yurganimizcha 
mazlumlar qonlari bilan bo‘yolgan So‘quluq qishlog‘iga kirdik. Bu voqea o‘tib, ortidangina 
borganimiz uchun, musulmonlar otilgan-chopilgan ko‘cha qonlari tozalangan bo‘lsa ham, 
qirg‘inning boshqa belgilari yo‘qolmagan edi. Soqchi kishilari bizning boshqa yokdan 
kelganimizni ko‘rib, oldimizdan to‘sib, idoralariga boshladilar. O’lganlarning xotin-qiz, 
yetim bolalariga atalgan bir qancha kiyim-boshlarni ko‘rsatib, yordam uchun 
kelganimizni bildirdik. So‘ngra, yo‘l xatlarimizni tekshirib, bizga ruxsat qilgan bo‘lsalar 
ham, yana oramizda ishonmaslik paydo bo‘lib, anchagina so‘z o‘tmish edi. 
Ma’lumdirki, mahkumiyatda ezilgan, qurolsiz, duduq tillar g‘olibiyat zulmi bilan 
g‘ururlanib turgan, har birining tumshug‘idan to‘ng‘iz qurti tushgan qurollik, shahdam 
tillar oldida nima deya oladilar? Shu bilan g‘olib dushman oldidan, qandaydir qutulib 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə