Mustaqil ish mavzu: XIII asrda Movaraunnahr va Xorazm Mo’g’ullar zulmi ostida davri tarixshunosligi



Yüklə 252,45 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü252,45 Kb.
#123176
To\'xtabayev Rahmatjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

Sirtqi bo’lim Tarix fakulteti
“5” kurs 502-guruh talabasi To’xtabayev Rahmatjonning
Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: XIII asrda Movaraunnahr va Xorazm Mo’g’ullar zulmi ostida davri tarixshunosligi

Bajardi: To’xtabayev R


Tekshirdi: Utepbergenov F

NUKUS-2023



REJA:
1. XI-XII asrlarda Urta Osiyo tarixshunosligining ravnaki.
2. XIII asrda Movarounnaxr va Xorazm mugullar zulmi ostida davri tarixshunosligi.
3. Rashididdinning «Jome’ ut-tavorix», «Yozishmalar» asarlari va ularning tarixshunoslikdagi axamiyati.

So‘g‘dlar davridagi Movarounnahrni ya’ni so‘g‘dlarning Zaraf-shon vohasi va qashqadaryoga xukmronlik qilgan davrini qoraxo-niylar xukmronligi davriga solishtirib ham, qarama-qarshi qo‘yib ham bo‘lmaydi. Gap shundaki, VIII-IX asrlarda turkiy urug‘lar Farg‘ona va Shoshga shiddat bilan kirib kela boshladi. Farg‘onada qarluq, Shoshda o‘g‘uz urug‘ining mavqei kuchli edi. Ibn Havqal (X asr) ning yozishicha, islomni qabul qilgan minglab turk sulolalari sharqdan Forab, Shosh oralig‘idagi, ya’ni Chimkentning janubi-g‘arbiy qismidagi rayonlarga ko‘chib o‘tdilar. XII asr tarixchisi Tohir Marvoziy «Sharaf az-Zamon» asarida Oguzlar Islom viloyatlariga qo‘shni bo‘lgach, ularning kupi islom dinini qabul qilib, turkman deb atala boshlandi. Ular bilan islom dinini qabul qilmagan g‘uzlar orasida dushmanlik paydo bo‘ldi. /uzlar orasida musulmonlar ko‘payib, islomning ta’siri kuchaya bordi. Musulmonlar dinsizlardan ustun kelib, ularni Xorazmdan ko‘chmanchi pechenegla bajnoqlar yashaydigan hududlarga siqib chiqardilar. So‘g‘diylar va turkiy urug‘lar aloqalarinnng kuchayishi ularning bir-biriga o‘zaro ta’sirini kuchaytirdi. Tur¬kiy urug‘larning kuchli ta’siri ostida so‘g‘diylar o‘zlarining etnik ajralishini yo‘qotib, orada quda-andachilik, o‘zaro muno-sabatlar paydo bo‘ldi va u tildagi va madaniy-maishiy to‘siq-larni yo‘qotdi. XI asrning tilchi olimi Maxmud Qoshg‘ariy ham «Devonu lug‘ati turk» asarida bu tabiiy jarayonni ta’kidlab o‘tgan. U o‘sha davrda «ham turkiy, ham so‘g‘diycha, faqat turlicha gapiruvchi kishilar, bo‘lgani, lekin faqat so‘g‘diycha so‘zlovchi kishilar , bo‘lmagani» ni yozadi. Fikrimizcha, faqat yuqoridagi kabi bir belgiga qarab, so‘g‘diylarning Urta Osiyodagi elatlar-ning biri sifatidagi mavqeini yo‘qotgan deyish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Buning ustiga XI ayerda so‘g‘diy deb so‘g‘diycha so‘zlaydigan kishilarnigina tan olishgan degan fikrga ham qo‘shilib bo‘lmay¬di. Axir ular jismoniy jihatdan yo‘qolib ketishgani yo‘q, biroq ularning avlodlari turkiylar bilan qo‘shilib birikib ketgan, degan fikrlar ham bor. Kim kimga aylanib ketgan, haliyam isbot-langani yo‘q. Biroq bularga qaramay Maxmud Qoshg‘ariy o‘ta in-sonparvar va qalban baynalmilalchi ekanini ko‘rsatdi. U xalq-lar assimilyatsiyasini emas, ularning tashqi dushmanga qarshi birikishini, kishilarning haqiqat va adolat yo‘lda birlashi-shini orzu qiladi va dushmanlik, tarqoqlik hamda adolatsiz-likka qarshi kurashishga chaqiradi.


Shunday qilib, XI asrnipg birinchi yarmi tarixchisi Hilol as Sabiyning yozishicha, somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina qoldirilgan edi. Taxtga XI asr fors-tojik tarix¬chisi Bayhaqiy fikricha, aqlli va iste’dodli Mansur ibn Nuh (997-999) o‘tirgach, u xalq ommasini o‘ziga to‘la og‘dirmoqchi bo‘ladi, Biroq, xalq bo‘layotgan voqealarga loqaydligicha qolaveradi. 999 yil Buxoroda hokimiyatni qoraxoniylardan bo‘lgan Nuh egallaydi. Buxoroni Nasr egallagan paytda g‘azna amiri Sabuqtagining o‘g‘li, tarixda Maxmud g‘aznaviy nomi bilan mashhur Mahmud edi. Mahmud Bag‘dod xalifasi Qodirbillohdan (991-1031) «Yamin ad-davle va amin al-milla» unvoni va Xuroson hukmdori degan yorliq oladi. 1001 yilda Mahmud va Nasr o‘rtasida ular boshqarayotgan viloyatlarning chegarasini Amudaryo bo‘yicha belgilangani to‘g‘risidagi shartnoma bo‘lishiga qaramay, ulkan sobiq Samarkand feodal davlatn o‘rnida amalda ikkita musta¬qil qoraxoniylar (Qashqar, Shosh, Farg‘ona, So‘g‘d) va g‘aznag‘viylar (Shimoliy Hindiston chegaralaridan to Kaspiy dengizining janubiy qirgoqlarigacha bo‘lgan, hozirgi Afg‘oniston va Shimoli-sharqiy Eronni o‘z ichiga oluvchi hudud) davlati vujudga keldi.
Mahmud g‘aznaviy o‘z hukmronligi davrida (998-1030 y) Ibn-job, Kashmir va boshqa shimoliy hind viloyatlariga o‘n yetti mar¬ta harbiy yurish qildi. Shunday yurishlardan birida Mahmud hind shaharlaridan 20 million dirham pul, 57 ming qul va 370 fil olib ketdi. Mahmud Shimoliy Hindistonga 17-marotaba bosib borganda Hindistonni shu qadar xarob qildiki, bu yurt o‘z holiga kelguncha mamlakat xalqi o‘n yillar davomida ezilib, mehnat qildi. Bu yurishlar Mahmudni o‘ta kuchli hukmdorga aylantirdi.
1025 yili Samarkand yaqinda o‘sha davrning ikki zo‘r hukm¬dori Mahmud G‘aznaviy bilan Qoraxoniy, ilekxon unvoniga ega Qodirxon o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo‘ldi. XI asr fors tarixchisi Gardiziy ,«3ayn ul-axbor» («Xabarlar ziynati») asarida Qodir-xonning sodda va qovushmagan qo‘polligi, katta uchrashuv va saroy mulozamatlariga ko‘nikmaganligi, diplomatiyaning sirlaridan bexabar kishi bo‘lganini yozadi. Bu ittifoq keyinroq Mahmud g‘aznaviyning butun Urta Osiyoga xukmronligi bilan tugadi.
Xullas, agar O‘rta Osiyoning somoniylar davri tarixi mufas-sal o‘rganilgan bo‘lsa, qoraxoniylar davri tarixi hali yetarli o‘rganilmagan. Yozma manbalar siyosiy voqealar va qoraxoniylar davlatining ichki tuzilishi xususida uzuq-yuluq ma’lumotlar beradi. Tarixchilar doimo tarixiy manbalar topilib qolishidan umidvor edilar va qoraxoniylar chiqargan tanga va boshqa man-balarg‘a tayanardilar. Bir misol keltiramiz. XII asrning ikkinchi choragi boshlarida qoraxoniylarning qudratli davlati o‘z qo‘llarida Bolasog‘un shahri bilan birga Yettisoydan to Yenisey (Enasoy) daryosining shimoli-sharqiy qismigacha bo‘lgan hudud va xalqni tutib turardi. Musulmon manbalarida bu xalq koraxitoylap deb ataladi. 1137 yili qoraxoniylar Xo‘jand yaqinida aznaviy Ma’sudni tor-mor etishdi. 1141 yilning 9 sentyabrida Samarqand yaqinidagi qatvon cho‘lida saljuq-qoraxoniylarning lashkari to‘la tor-mor etilib, saljuqiylar sultoni Sanjar va Mahmud chekindi. Qoraxitoylar Buxoro va Markaziy Movarounnahrni egalladilar. Urta Osiyoda siyosiy kuchlar nisbati o‘zgardi. Qoraxitoylar saljuqiylardan farqali o‘laroq, qoraxoniylar sulolasini yo‘q qilishmadi. Qoraxoniylar qoraxitoylarning vassaliga aylandilar. Samarkand yaqinidagi qatvon cho‘lidagi jangdan so‘ng Samarqandda biroz vaqt qochib ketgan Qoraxoniy Mahmudning tug‘ishgan ukasi hukmdorlik qildi. Farg‘ona esa Shimoliy qoraxoniylar oilasi qo‘lida edi. 1150 yilda Farg‘onadagi qoraxoniylar sulolasi Samarqandni ham mustahkam egalladi. Farg‘ona va Samarqand birlashtirilgan bo‘lsada, Samar-qand davlat poytaxti hisoblanar, Samarqand hokimi nomiga boshliq edi.
Qoraxitoylarning 1141 yilgi g‘alabasi saljuqiylarni zaif-lashtirib tashladi. Saljuqiylar mag‘lubiyatining yana bir omili Xorazmning siyosiy markaz sifatida ko‘tarilib chiqqani bo‘ldi. Xorazmni saljuqiylar xukmronligidan ozod etish uchun izchil kurashganlardan biri Qutbiddin Muhammad Otsizning o‘g‘li (1127-1156 y.)edi. Otsiz bo‘lajak xorazmshohlarning buyuk davlati asoschisi edi. (Eron saljuqlari XII asr o‘rtalaridan boshlab nomigagina hukmron edilar. 1156 yili Saljuqiylar dav¬lati sultoni Sanjar uch yillik asirlikdan so‘ng poytaxt Marega qaytib keldi va bir yildan so‘ng vafot etdi, Uning o‘limidan so‘ng fors va Ozarbayjonda mustaqil davlatlar vujudga keldi. Xuroson ham mustaqil davlat bo‘lib tanildi. Xalifalikning markazi Bag‘dod o‘z hokimiyatini tikladi. Bu jarayon xorazm-shohlar mavqeini kuchaytirdi. Shoh Alovuddin Tekesh (1172-1200 y) qoraxitoylarga soliq berishdan bosh tortdi. U o‘lpon yig‘ish uchun Xorazmga kelgan qoraxitoylar elchisini qatl ettirdi. Bir pecha bor bo‘lgan janglar natija bermadi. Faqat 1196 yilgi Xorazm va Bag‘dod xalifaligi o‘rtasida bo‘lgan jang xorazmliklar g‘alabasi bilan tugadi. Biroq, xalifalik dindor-larga suyanardi va shu bois Tekesh jangchilari yordamida keng hududlarga ta’sirini kuchaytirishga urindi. Lekin, mamlakat ichida o‘ziga mustahkam tayanch topa olmadi. Shunga qaramay, Urta Osiyo xalqlarining bu davr tarixi mo‘g‘ullar bosqini arafasi davri sifatida Urta Osiyodagi XII asr oxiri XIII asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvolni qisqa bo‘lsada, yorqin tasvirlaydi.
Tekeshning munshiysi (shaxsiy kotibi) Muhammad Bag‘dodiy (At-tasviri ila tarassul» (Muhim nomalar bitish yo‘l-yo‘riq-lari) asarida o‘sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazm-shoh Tekeshning Sirdaryo viloyati noibi Jaidga topshirig‘ini kel-
tiradi. Unda shoh noibiga aholining turli tabaqalari bilan to‘g‘ri munosabatlarni quyidagicha o‘rnatishni buyuradi:
1. Sayidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko‘rmasligi, ularning ehtiyoji va tabarrukligi darajasidan kelib chiqqan holda ta’minlanishlari lozim;
2. Imom va ulamolar qonunlardan kelib chiqilgani holda sovg‘a-salom va turli imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim;
3. Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab qilishlari kerak;
4. So‘fiy va ularga yaqin kishilar shunday ta’min etilsin-larkim, toki ular yengilmas davlatimiz uchun bemalol duo o‘qisinlar;
5. Obro‘li oqsoqollarga g‘amxo‘rlik qilib turish kerak;
6. Noibga bo‘ysunuvchi amaldor va sarkardalarga qat’iy boh-chilik qilish, aholini talamasliklari uchun haqini o‘z vaqtida berib turish zarur;
7. Xudoga ishonuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga aholi-nining xulqini kuzatib yurishni topshirish lozim.
Bu asarning to‘la tavsifini birinchi bo‘lib tarixchilardan A. A. Semyonov bergan K U Niso viloyati bilan bog‘liq bir qator hujjatlarni tarixchilik va tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tadqiq etadi. Niso viloyati g‘uz feodallari mavqei kuchli bo‘lgan xorazmshohlar davlatining janubiy hududlari hayotida katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Xorazm shohi Tekesh, Muhammad Bag‘-dodining guvohlik berishicha, g‘uz feodallari yetakchilaridan biri To‘g‘on shohga viloyatning bir necha katta tumanlariga to‘la xo‘jayinlik qilish huquqini berganini yozadi. Bu yorliqqa asosan bu joylardagi dindorlar, qozi, ulamolar, boylar, «lashkarbo-shilar», yer egalari va boshqa tabaqa kishilari unga bo‘ysunardi. Bu hujjatda, shuningdek, ayollar nomusi, aholining mulki va hayotini, mol-mulki xavfsizligini himoya qilish va boshqa tad-birlarni qo‘llashga ham chaqiriladi. Bu yerda bizning e’tibori-mizni manbaning yoshi 700 yil atrofida ekani tortadi va uni o‘rganishga jiddiy munosabatda bo‘lish zarur. Biroq hanuzgacha tarix fani bunday tadqiqotga ega emas.
XI-XIII asr boshida Urta Osiyoda tovar-pul munosabatlari juda rivojlanganligi ma’lum. Bu jarayon Urta Osiyoning eng chekka, xususan tog‘li rayonlarini ham qamrab olgan edi. Bu Urta Osiyo xalqlari madaniyati ahvoliga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha XI-XIII asr boshiga taalluqli moddiy va ma’naviy madaniyatning anchagina tarixiy-madaniy yodgorliklari yetib kelgan. Ular orasida hashamatli me’morlik yodgorliklari alohida o‘rin egallaydi.
Musulmon Uyg‘onish davri ko‘rilayotgan u yoki bu mintaqaning taraqqiyotini taqozo etadi. Agar saqlanib qolgan madaniyat yodgorliklarini saroy, masjid, honaqo, hammom va boshqalar qurilishi haqida ma’lumotlar bilan solishtiradigan 'bo‘lsak, biz Urta Osiyo tarixi va tarixshunosligining ko‘rib chiqayotgan dav¬ri XI-XIII asr boshlari qurilish, shaharlarning kengayishi va rivojlanishi, tovar ishlab chiqarish, savdo ishlab chiqarish kuch-larining rivojlanishi, gurkiragan, iqtisodiyotining umumiy ko‘tarilishi tezlashgan davri edi. Yana bu davrda shahar qurilishi mukammallashdi, yangi loyiha rejalar marmar, metall, ganch, loy va yog‘ochdan yasaladigan yodgorliklarning bezatilishi sohasidagi muvaffaqiyatlarga erishildi. Katta qurilishlarda bu davrda marmar va shisha g‘isht keng qo‘llanilsa-da, biroq loy (paxsa), hom g‘isht va ganch ham ayniqsa.qo‘rg‘on, saroy va boshqa qurilish¬larda ishlatiladi. Ular jumlasiga Tojikistonning Isfara nohiyasidagi qal’ai Boloni (VI-VIII asrlar) kiritish mumkin. U (X-XII asrda) qayta qurilgan va mustahkamlangan.
Bu davrda saroylar qurish juda ko‘paydi. Ular jumlasiga Xuttalon hukmdorining Termizdagi, g‘azna amirlarining shahar atrofidagi lashkari bozordagi saroylarini kiritish mumkin.
Bizningcha, masjid, minora, ayniqsa, mavzoleylar kabi mada-niy yodgorliklar ko‘proq saqlanib, yetib kelgan.
X-XSH asr boshlaridagi siyosiy o‘zgarishlar Urta Osiyo xalq¬lari fani va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatmay o‘tmadi.
Mahmud g‘aznaviynyng ulkan davlati markaziy feodal dav¬latining vujudga kelishi fan va madaniyatning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Gaznaviylar davrida arab tili keng quloch yozdi. Gaznaviylar devonida avval dariy tilida ish yuritilardi. Keyin arab tili kiritildi. Oqibatda fors ti-liga arab tili unsurlarining kirishiga ta’sir ko‘rsatdi. Mahmud g‘aznaviy o‘z saroyi tevaragiga shoiru yozuvchilarni, tarixchi va boshqa ilm ahllarini to‘plagan edi. Saroyda qasida janri rivojlana bordi. Balxlik Abdulqosim Hasan ibn Ahmad Unsuriy (X asrning 60-yillarida tug‘ilib, 1039 yilda vafot etgan) qasi¬da ustasi bo‘lib, u murakkablashgan ritorik obrazlarga boy qasi-dachilikning yangi uslubi asoschisi edi. Abdulhasan Ali Faruhiy (1038 yilda vafot etgan) va Abdulxoji Ahmad Manuchehrny (1041 yilda vafot etgan) ko‘zga ko‘ringan saroy yozuvchi va shoirlari edilar. Ular asosan somoniylar davri an’analarini davom ettirishdi.
Movarounnahrning bu davr adabiy hayoti bir qancha iste’-dodli shoir va adabiyotshunoslar ijodidan ham bahramand bo‘ldi. Asiridin Axsikatiy (1172 yilda vafot etgan), So‘zoniy Samar-qandiy (1173 yilda vafot etgan), Rashididdin Samarqandiy, Asadiy Tusiy, Nosir Xusrav, Umar Hayyom, Faxriddin Gurgoniy, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Anvariy, Ma’sud Sa’d Salmon, Muizziy, Sobir Termiziy va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda tasavvuf ta’limoti keng tarqaldi. So‘fiylikning nazariyotchilari faylasuf Muhammad g‘azzoliy va uning mistik goyibot ruhdagi, ilohiy ishqning alohida so‘fiylik yo‘nalishini yaratgan ukasi Ahmad Gazzoliy hamda so‘fiylik yo‘nalishidagi mashhur shoirlar, Abdulloh Ansoriy Xiraviy (1006-1077 y), Abdulmajid Sanoniy (1050-1131 yy), Farididdin Attor (1142-1220 y) lar edilar.
Urta asrning qomuschilari Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning (973-1048 y) ijodi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.
XI asrda tarixshunoslik rivojlanishini ham alohida ta’kid-lab o‘tish kerak. Ular jumlasiga Abu Nasr Utbiyning {Mahmud Gaznaviyning saroy tarixchilaridan biri) «Tarixi Yaminiy» asa-rini kiritish mumkin. Utbiy Mahmud G‘aznaviyni ko‘klarga ko‘-tarib maqtab, otasi Sabuqteginning hayotidan ko‘plab voqealar keltiradi, ularni qiyoslab, o‘sha davr tarixiy voqealarini tas-virlaydi.
G‘aznaviylar davrining eng yirik tarixchilaridan biri Abu Sayd /ardiziy hisoblanadi. U «Zayn-ul-axbor» («Xabarlar ziy-nati») tarixiy-didaktik asarning muallifidir. U 1048-1052 yillar orasida yozilgan. Gardiziy o‘z davrining tarixchi va tarix-shunosi sifatida shu asarida oldin o‘tgan tarixchilarning asar-larini tahlil qiladi. Ular orasida Tabariy, Narshaxiy, Utbiy va boshqalar bor.
G‘aznaviylar davrining buyuk tarixchisi Abul Fazl Bayhaqiy (995-1077 yy) 30 jildli fors-tojik tilidagi tarixiy asar muallifidir. Bu qomusiy asardan bizgacha Sulton Ma’sudning podshohligi davri va o‘sha davr voqealari tasvirlangan bir necha titilgan, chala jildlar saqlanib qolgan, xolos. Ular «Ma’sud tarixi» yoki «Tarixi Bayhaqiy» deb ataladi.
Akademik V. V. Bartold yozadi: «Abul-Fazl Muhammad Husayn Bayhaqiyning asari musulmon tarixiy adabiyotida alohida o‘rin tutadi»'. Abul-Fazl'Bayhaqiy (taxminan 994-1079 yy) davr ta-qozosi bilan tarixshunoslikda qadimdan shakllanib kelgan an’a-nalar doirasidan chiqolmas edi. Biroq, shunga qaramay u o‘sha davr xususida to‘laroq ma’lumot berishga harakat qilgan. «Mening niyatim odamlarga sulton Ma’sud haqida hikoya qilib berish-dangina iborat emas, chunki ular bu voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va bilurlar. Mening maqsadim munosib yilnoma bi-tish va ulug‘vor imoratni shunday yuksaklikka ko‘tarishki, toki u haqdagi xotiralar asrlar so‘ngida xam so‘nmasun. Yelg‘onga o‘xshash bir narsani bitish noo‘rin bo‘lur erdi» Demak, o‘sha davrdagi mavjud tarixchilik uni qanoatlantirmagan va u odatdagi konun-koidalarni buzib, tarixchilikka bir qator yangiliklar kiritgan. Va bu uning asarini oldingi asarlardan ancha yuqoriga ko‘taradi. Uzigacha bo‘lgan tarixshunoslarga baho berar ekan, Bayhaqiy yozadi: «Boshqa yilnomalarda bunday qamrov yo‘q, chunki ular voqealar haqida jo‘n fikrlaydilar va juda kam qismi haqida ma’lumot beradilar. Kamina esa bu asarni bitar ekanman, tarixiy to‘liq bayon qilmoqchiman, toki yuz bergan hodisalardan hech qaysisi ochilmay qolmasin» (81-bet).
Bu bilan u nafaqat tarixchilik doirasini kengaytirib, unga yangi mazmun kiritdi, balki unga yangi shakl ham baxsh etdi.
Bayhaqiyning yuqorida keltirilgan so‘zlaridan ko‘rinib tu-ribdiki, u o‘sha davr qoidasiga kura yozish odat bo‘lmagan voqea-hodisalarni ham mufassal yoritgan. Shuning uchuy ham Bayhaqiy¬ning «Tarixi» da voqea-hodisalarning oldingi tarixchilardagi kabi quruq aytib o‘tilishi yo‘q. Aksincha, asardagi unvonli mash¬hur zotlar kuz oldimizda jonsiz qo‘g‘irchoqlar kabi emas, balki o‘z kiziqishlari, hissiyotlari, kamchiliklariga ega jonli tarixiy shaxslar bo‘lib gavdalanadi. Bayhaqiy tarixan yetilgan yirik hodisalarga bevosita turtki va sabab bo‘luvchi, bunday qaraganda arzimas mayda fakt va holatlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi '.
G‘aznaviylar devonidagi 25 yillik davlat xizmati muallifni ko‘plab tarixiy voqealarnipg guvohiga aylantirdi. Uning qo‘li-dan qanchalab diplomatik, elchilar bilan bo‘lgan maxfiy shifr-langan yozishmalar, noiblar va boshqa xufya va noxufyalar bilan bo‘lgan yozishmalar o‘tgan. «Men o‘zim xalifaga, Turkiston xonlari va beklarga yuboriladigan nomalarni oqqa ko‘chirar, maxfiy axborotlarni o‘zim yechardim. Bu uning asarini xolis, ishonchli, obro‘li manbaga aylantirdi va unga keyingi asr tarixchilari ko‘p bora murojaat etishardi, deb yozadi A. Arende. Ilgari muallifning nomini ko‘rsatmay ko‘chirma olishardi, Bugungi kunda Abul Fazl Bayhaqiyning asariga suyangan holda keyingi tarixchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘plab noaniqlik va xatolarni to‘g‘rilash mumkin .
Gap shundaki, Bayhaqiy bu hujjatlarning nusxalarini to‘plab borgan va ularni o‘z arxivida saqlagan. Biroq, xizmati oxir-larida u omadsizlikka uchradi, uyi talanib, arxiv tortib oli-nadi. Shu bois muallif bu haqda «Ma’sud tarixi» asari davomida qayta-qayta afsus chekadi.v Shunga qaramay, oxir-oqibatda u ko‘p hujjatlarni tiklashga muvaffaq bo‘lgan va o‘z asarida foy-dalanganki, bu asar qimmatini oshiradi. Asarning bizgacha uchdan bir qismi yetib kelgan, qolgan qismn ancha ilgari yo‘qolgan. Bi¬roq, omon qolgan qismi uning bebaholigidan guvohlik beradi va tadqiqotchilar haqli ravishda uni mo‘g‘ullar davrining mashhur tarixchilari Aloviddin Ota Malik Juvayniyning «Tarixi ja-hon-kushon» va Fazlulloh Rashididdinning «Jome’ at-tavorix» asari bilan bir qatorga qo‘yadilar.
Abul Fazl Bayhaqiy fors yoki dariy tilidagi tarixshunoslik-ning boshlovchisi emas. Bu tilda allaqachonlardan beri yozib ke-lishardi. Bu davrga kelib, tarixchilikning o‘ziga xos qisqa, aniq xolis ritorikasiz (jimjimadorliksiz) tili shakllangan edi. Urta Sharq mamlakatlaridagi tarixchilik, yuqorida ta’kid-laganimizdek, uzok, vaqt arablar hukmronligi boshlangandan keyin ham shohlar hayoti, ularning reja va yurishlarini yozib borishdan iborat bo‘lib qolgan edi. Xalq harakati esa (Narsha-xiyning Muqanna qo‘zg‘oloni haqidagi hikoyasini eslang) qancha-lik keng tarqalmasin, buzilgan holda talqin etilardi. Xalqning madaniy-maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida deyarli yozilmasdi. Abul-Fazl Bayhaqiy tarixchining vazifasini butun-lay boshqacha tushuntirdi. Shu narsa uning asarini yuksaklikka ko‘tardi.
Bayhaqiy asarining omon qolgan qismi Ma’sud podsholik qilgan davr tarixini yorituvchi eng nufuzli asardir. Unda Saf-foriylar va Somoniylar davlatlari tarixiga oid, turkman urug‘-larining saljuqiylar qo‘li ostiga birlashuviga oid qiziqarli ko‘plab ma’lumotlar bor. Bayhaqiyning asari ayniqsa, Urta Osiyo xalqlari tarixini tiklash uchun katta ahamiyatga ega. Mual-lifning G‘aznaviylarning Urta Osiyo xonlari, Xorazm, Turkma-niston bilan munosabatlari xususidagi ma’lumotlari ayniqsa muhimdir.
Mehnatkash dehqon va hunarmandlarning hayoti bevosita tas-virlanmasa-da, Bayhaqiy ular to‘g‘risida bebosh shohlar zulmi, o‘lponchi amaldorlar "shafqatsizligini yoritish orqali bexato fikr yuritadi. Ulponlar va qo‘shimcha og‘ir soliqlardan tashqari, shoh saroyiga katta-katta sovg‘alar yuborilib turilishi shart edi. Masalan, 625-1034 yili soliqlardan tashqari, to‘rt million dirhamlik sovg‘a yig‘ib jo‘natildi !.
Abul-Fazl Bayhaqiyning hayot yo‘li haqidagi ma’lumotlar juda kam. Uning hamyurti, adabiyotda ibn Funduk nomi bilan ma’lum Abulhasan Ali Bayhaqiyning asari bu haqdagi asosiy manba hisoblanadi. «Ma’sud tarixi» dan keyin yuz yillardan so‘ng ma’lum (1167-1168) bo‘lgan bu asarda Abul-Fazl to‘g‘risi-dagi muallifga ma’lum barcha ma’lumotlar jamlangan. Biroq, bu ma’lumotlar uzuq-yuluq va noaniq bo‘lgan. Shunga qaramay, undan «Ash-shayx Abul Fazl Muhammad Husayn al kotib al Bay-haqshaning taxminan 994 yillarda Seyistonda tug‘ilgani, uning otasi Sulton Mahmudning yirik amaldori bo‘lgani va 470 yil ning safar (1077 yilning avgust-sentyabri) oyida vafot etganini bilib olish mumkin. «Ma’sud tarixi» so‘z boshisidan ham ko‘ri-nib turibdiki, Abdul-fazl nafaqat qondosh xalqlar tarixi, bal¬ki islomning falsafiy asoslari va fiqhdan arabcha tarjimalar orqali, Arastu (Aristotel) g‘oyalari hamda Gippokrat tibbiyoti bilan ham tanish bo‘lgan. U 25 yoshlarida, ya’ni 411-1021 yillar atrofida g‘azna davlat devoniga Abu Nasr Mishkan qo‘l ostiga ishga olinadi va Abu Nasrning o‘ng qo‘liga aylanadi. Abu Nasr Mishkon vafotidan so‘ng, devonga Abu Sahl Zavzaniy boshliq bo‘-ladi. U Bayhaqiyni yoqtirmasdi. Bu kelishmovchilik va saroy nayranglari hamda Abdul-Fazlning barcha siyosiy adashuvlari uni davlat xizmatidan ketishiga sabab bo‘ldi. Uzining guvohlik be-rishicha, oradan 20 yil o‘tgach ham bu voqealar uni ta’qib qildi va u davlat xizmatiga boshqa qaytmadi.
Ibn Fundukning ma’lumotlaridan, shuningdek muallifning o‘zi tarixiy asariga qanday nom berganini ham aniqlash qiyin. Ibn Funduq uni «Tarixi O’li Mahmud», «Mahmud sulolasi ta¬rixi» deb atagan. Biroq bu kitobning asosiy nomi emas. A. K. Arende ruscha nashr etgan A. Bayhaqiyning «Tarixi Ma’sudiy» asari sharqshunoslar o‘rtasida ko‘proq «Tarixi Bayhaqiy» nomi bilan mashhur. Biroq, bu unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, chunki uni ko‘pincha «Tarixi Bayhaq» («Bayhaq o‘lkasi tarixi») bilan chalkashtirib yuborishadi
Ibn Fundukning aytishicha ham Bayhaqiyning asari 30 jild-dan iborat ekan. Shundan beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi jildlarning oxiri va o‘ninchi jildning bosh qismi saqlangan. Ular Ma’sud podshohligi davrini deyarli qamrab oladi. «Men bir necha o‘n taboqlarga jam bo‘ladigan ellik yillik tarixni bitayoturman» degan edi muallif. Boshqa paytda muallif: «Mahmud Varroq» bitishni bas qildi, men shu davrdan (to‘rt yuz) to‘qqizinchi yildan («Tarix»imni yoza boshladim degandi (350 sahifa).
Shunday qilib, Bayhaqiyning o‘zi nechta asarini g‘aznaviylar asoschisi Sabuktegindan emas, balki 409 (1019-1020) yildan, ya’ni Sulton Mahmud hukmronligining 21-yilidan boshlab yoza boshlaganining sababini bayon qilgan., Chunki, ungacha bo‘lgan davr-ni ikki tarixchi, Mahmudning saroy tarixchisi Abu Nasr Muham¬mad Utbiy «Kitobu-l-Iaminiy» asarida 409-411 yillargacha bo‘lgan voqealarni bayon qilgan. Ikkinchisi, aftidan, yuqorida tilga olingan Mahmud Varroq. U «bir necha ming yilliklar
Tarixini yozgan» va 409 yilga kelib, o‘z qalamini «tashlagan», buning oqibatida Abul Fazl o‘z «Tarix»ini yoza boshlagan. Demak, muallif «Ma’sud tarixi»,ni 1056 yil 10 iyulda yoki 1059 yilning aprelida boshlangan deydi. A. K. Arendsning hisobicha, u hozirgi hisobda 11 bosma taboq asar yozishga ulgurgan. 1063 yilarlarda ham u yozayotgani ma’lum bo‘lsa-da, asarni qachon tugatgani ma’lum emas.
Muallifning boshqa manbalarga halol yondoshganini quyidagi dalillardan ham aytish mumkin. Jumladan, u shunday yozadi: «Abbosiy xalifalar haqida yozishlaricha (513 bet) yoki «Men, Abul-Fazl ko‘plab kitoblarni, ayniqsa rivoyatlarki ko‘rib chiq-dim va ulardan foydalandim». (272-bet), yoki «tarixiy manba-larda aytiladiki...» va hokazo. Masalan, Xorazm haqidagi qizi-qarli bobda u shunday yozadi: «Shu paytgacha uzoq vaqt men ustoz Abu Rayhon qo‘li bilan bitilgan kitobni ko‘rganim yo‘q erdi. Alar so‘zamollikda va hodisalar mohiyatini anglashda o‘ta mohir kishi erdilar , hech narsani bilmay bitmasdilar. Men bu narsa-larni shu bois yozayotirmanki, toki «Tarix» imni yozishda naqadar ehtiyot bilan ish tutganim namoyon bo‘lg‘ay» (807-bet). Viz uchun Bayhaqiyiing Beruniy kitoblarini ko‘rganligi xususidagi ma’-lumotlari xam juda qimmatlidir. «Ma’sud tarixi^ning barcha nusxalarida Beruniyning bizgacha yetib kelmagan bu asari «Ma-shohir Xvarizm» («Xorazmning taniqli kishilari») deb yozilgan. Bundan tashqari «Kitob tarix ayami-as-sulton Mahmud va axbori abix» («Sulton Mahmud hayoti tarixi va uning otasi haqida xabarlar») va «Kitob al-musamara fi axbor Xvarizm» («Xorazm to‘g‘risidagi xabarlar xususida suhbat») kabi nomlardan ham ma’lumki, bular shubhasiz Beruniyning bizgacha yetib kelmagan o‘sha kitobining nomlanishlaridir. Bizga boshqa narsa-muhimroq: Agar Beruniy Xorazm tarixini arab tilida yozgan bo‘lsa, unda bu tilni yaxshi bilgan Abul Fazl Bayhaqiy ushbu asardan yaxshi foy-dalangan. «Beruniy kitobini bundan ancha avval kurgan edim...» deb yozgan muallif sulton Mahmudning Xorazmni bosib olishigacha va keyingi, taxminan 1018-1020 yillargacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan yuqoridagi asar materiallaridan xotiraga ^kelganicha, keng foydalangan. Bundan tashqari, Bayhaqiyning aytishicha, u o‘rta fors tilidan ibn Muqaffa tarjima qilgan «Xuvot al-namog‘» va «Kutub siyar al muluk Ajam» («Eron shohlari hasti haqidagi kitob») asarlaridan foydalangan.
A. K. Arendsning «Tarixi Bayhaqiy» asarining muallif mat-ni tarixini jonlashtirish va uning rivoji bosqichlarini aniq-lash hozir zarur ma’lumotlar yo‘qligi bois, mumkin emas» degan so‘zlari to‘g‘ridir. Aftidan, asarning yetishmayotgan jildlari ki¬tob boyliklarimizga katta zarar keltirgan mo‘g‘ullar bosqini davrida yo‘qolgan. Bu yo‘qolgan qismlardan parchalar mo‘g‘ullardan qochib Urta Osiyodan Shimoli-g‘arbiy Hindistonga ketib qolgan Muhammad Avfiyning «Javome’u-l-hikoyot» kitobida ko‘proq saqlanib qolgan. A. K. Arendsning aytishicha, bu asarning bizning davrimizda sharqshunoslar o‘rganayotgan eng qadimgi qo‘lyozmalari XVII asrga mansubdir. Sharqshunos Ch. Ryo Britaniya muzeyidagi XVI asr qo‘lyozmalari sanalarini aniqlamoqda. «Tarixi Bayhaqiy» ning qo‘lyozma nusxalari ko‘p emas. Ularning bir qismi Yevropa-ning turli kutubxonalarida, Eron, Turkiya, Misr va Hindistonda, ba’zilari xususiy-shaxsiy kutubxonalarda saqlanmoqda. Uch nus-xasi Leningradda saqlanmoqda '.
Ingliz sharqshunosi V. Morle bu kitobni birinchi bo‘lib Kal-kuttada 1869 yili nashrdan chiqardi. Kitob Bengaliyaning Osiyo jamiyati seriyasida bosildi. Oradan yigirma besh yil o‘tgach, «Ma’sud tarixi» litografiya usuli bilan Tehronda nashr etildi. Uni Eron olimi Adiy Peshavoriy nashr qildi. Shundan keyin Bayhaqiyning asarini «unutib» qo‘yishdi. Faqat V. V. Bartold-gina «Turkiston mo‘g‘ullar istilosi davrida» asarida undan keng foydalandi. Keyin yana jimlik cho‘kdi. 1319-1941 yilga kelibgina adabiyotshunos va yozuvchi Sayd Nafisiy uning birinchi jildini Tehronda nashr ettirdi. Ikkinchi jild 1325-1947 yilda, oxirgi jild esa 1332-1954 yili bosmadan chiqdi. Sayd Nafisiyning bu nashri oldingilardan sifatliroq bo‘lsa-da, biroq u Morlening inglizcha nashriga asoslangan. Ayni vaqtda u Peshavoriy nashr etgan ikki nusxadan ham foydalangan. Bu davrga kelib, ya’ni 1945 yilda Tehron dorilfununi professorlari /ani va Fayoz «Tarixi Bayhaqiy» ning matnini bosib chiqarishdi. Bu nashr ancha ishonchlidir.
V. Bartold asarlarini hisobga olmaganda, to 1962 yilgacha «Tarixi Bayhaqiy» to‘liq Ovrupo tillariga o‘girilmagan. Shu bois A. K. Arende ruschaga ugirishda /ani va Fayozning 1945 yilgi nashri matniga asoslandi. Ikkinchi nashrda yana o‘zgarishlar bo‘l-di. Unda kirish qismiga qo‘shimchalar kiritildi, ba’zi joylar, ayniqsa, iboralar tarjimasi aniqlashtirildi. Qo‘shimchalarda yo‘qolgan jildlarga tegishli qismlarning yangi topilganlari bor. Bundan tashqari, yana Bayhaqiy asarida tasvirlangan tarixiy voqealarga aloqador «Maqomati xoja Abu Nasri Mishkan» asa-ridan ham shu voqealarni to‘ldiruvchi ayrim parchalar ikkinchi nashrga kiritildi.
Mo‘g‘ullar bosqini Urta Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi. Movarounnahr shaharlari xarobaga aylan-di, hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi, dala-yu vodiylar bo‘shab, huvillab qoldi.
K. Marks mo‘g‘ullar zulmi «nafaqat ezar, haqorat etar, balki bosib olgan xalq qalbini qovjiratar edi. Mo‘g‘ul-tatarlar mun-tazam terror rejimini o‘rnatishdi, talash va ommaviy qirg‘inlar ularning doimiy boshqaruv quroliga aylandi» deb yozgan edi.
Sharqning eng yirik va qadimiy o‘chog‘i Samarqand^ mo‘g‘ullar bosqiniga qadar juda katta shahar edi. Samarkand orqali Chin-gizxon huzuriga borgan Xitoy rohibi Chan-Chunning so‘zlariga qaraganda, mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng shaharda 25 ming oila, ol-dingi aholining chorak qismi qolgandi, xolos. Demak, ilgari bu yerda 100 ming oila, ya’ni 400 mingdan oshiq kishi yashagan. 30 ming hunarmand Mo‘g‘ulistonga olib ketilib, mo‘g‘ul shahzodalarga tar-qatilgan edi.
Muammoning tarixshunoslik jihatiga qaytamiz. Xitoy rohibi Chan-Chunning hikoyasiga sharqshunoslardan birinchi bo‘lib, Bar-told e’tibor berdi. «Turkestanskoye vostokovedeniye» jaridasi-ning 1894 yil, 43-44-sonlarida uning «Turkiston o‘lkasi XMI asrda» (Xitoy sayohatchisining hikoyasi asosida) maqolasi e’lon qilindi. Bu maqoladan sayohat yo‘nalishini aniqlash mumkin edi. U quyidagicha: Chu va Talas daryolari, Sayram, Sirdaryo, Mirzacho‘l, Zarafshon, Samarkand (1221 yil dekabr 1222 yil apreli oxiri) , Kesh va Amudaryo orqali o‘tib, Chingizxon qarorgohiga yetib borgan. qaytishda Chan-Chun Chingizxon ortidan ketgan, Bartold «X asrdan to XIII asrgacha (Chan-Chungacha) bo‘lgan davrga tegishln Turkiston xayotini mufassal yorituvchi bironta ma’lumotga ega emas edik. Chan-chunning ma’lumotlari shu jihatdan mamlakatni o‘rganish uchun qimmatlidir» deb yozadi.
Shu yerda V. V. Bartoldning tarixiy asari «Turkiston mo‘¬g‘ullar bosqini davrida» doktorlik dissertatsiyasiga ham to‘xtalib o‘tish zarur. Asarning kirish qismida muallif kitobining nomi mazmuniga to‘liq kelmasligini yozadi. Muallif maxsus tadqiqot uchun mo‘g‘ullar bosqini davri, Urta Osiye tarixining muhim davrini olgan. Urta Osiyoning shundan avvalgi asrlar tarixiga esa o‘zining maqsadi uchun zarur bo‘lgani qadar murojaat qilmoqchi edi. Biroq, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishuv mual-lifga o‘zigacha bo‘lgan tadqiqotchilarning manbalar bo‘yicha xulo-salar qilmaganliklarini ko‘rsatdi. Ularsiz esa mo‘g‘ullar kelganda Urta Osiyo qay ahvolda ekanligini aniqlash mushkul edi. Muallifning fikricha, bu kitob ilk bor Urta Osiyo tarixini manbalar asosida, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga e’tibor berilgan holda yoritadi.
Asar «Kirish», «To‘rtta bob va ilovadan iborat. «Kirish» bu tarixshunoslik, u arab tarixchi va jug‘rofiyunlaridan tortib, to temuriylarning tarixchilarigacha bo‘lgan tarixshunoslarning Urta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan manbalarga bergan bahosi va tanqi-diy sharhiga bag‘ishlangan. Monografiyaning birinchi qismida V. Bartold XI-XV asr tarixiy manbalari, tarjimalari va ko‘chirmalarini keltiradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. Gardiziy (XI asr). «Zaynul-axbor». Matnda qo‘lyozmadan alohida ko‘chirmalar keltirilgap. Masalan: Xaris b. Surayj qo‘zg‘oloni, Amir b. Jamol, Tohir b. Abdulloh, Yaqub b. Lays va Amir b. Lays haqidagi ko‘chirma;
Amirning lashkarini ko‘rikdan o‘tkazishi, fuqaro boshqaruvi haqidagi, somoniylar va ularning hukmdorligi, Ahmad b. Saxl haqidagi, Abu Ali Chag‘oniyning harakatlari; Surxon vohasidagi shaharlar, simjuriylar haqidagi; arab amirlarining Turkis-tonni olishi, Mahmud G‘aznaviy va Qoraxoniylar to‘qnashuvi, Mahmudning Xorazmdagi harbiy harakatlari haqidagi. Mahmud-ning Qashqar xoni Qodirxon bilan uchrashuvi tasviri boshqa ko‘chirmalar shular chizmasidandir.
2. «Mujmal at-tavorix val-qisas». XII asrda yozilgan bu asar¬ning muallifi noma’lum. Bartold undan Yefasning o‘g‘li Turk-ning vatani Issiqko‘l atrofidagi joy ekani xususidagi rivoyat va Sharq hukmdorlari unvonlarining ro‘yxatini keltiradi.
3. Al-g‘arnotiy (XII asr). «Kitob tuhfat ul-albob va nuhbat ul-a’job». Balx yaqinidagi Xalifa Aliping mozori deyiladigan qabrning ochilishi haqida hikoya qilinadi.
4. Insho (XII asr). Bu Rossiya imperiyasi ichki ishlar nozirligi huzuridagi Sharq tillari o‘quv bo‘limi fondidan olingan hujjatlardir. Biz uchun Bartold keltirgan quyidagi hujjatlar muhimdir: Sulton Sanjarning Urta Osiyo xonlariga munosabati; Otsizning Sanjarga maktubi: Sanjar va Otsizning yozishmalari; Xorazm shohniig xalifa Muqtadirning vaziriga nomasi; El-Arslonning Samarqand xoniga nomasi; Otsizning Janddan O‘rta Osiyo ichkarisiga yurishlariga oid hujjatlar; saljuq hukmdorining Bag‘dod vaziriga maktubi; Sanjar nomidan elchilik hujjati va boshqa hujjatlar.
5. An-Nasafiy (XII asr). «Kitob al-qand fi tarixi Samar¬kand». Bu kitob Osiyo muzeyining qo‘lyozmalar fondidan qadimgi Samarqand tarixidan manba sifatida juda qadimiy qimmatli qo‘lyozma. Aynan ana shu qo‘lyozma Samarqandning ilgari (Afro-siyobdan ham oldin) Navvodon kanali yuqorisida (bu kanal hozir ham bor, u chaqar-toshoxur, Darvozai Xo‘ja Ahror degan joy-lardagi yer osti bulog‘idan boshlanadi) joylashgan o‘rni haqida ma’lumotlar beradi.
6. As-Somoniy (XII asr). «Kitob al-ansob». U Osiyo muzeyi fondidan. Bu asarda Zarafshon, qashqadaryo vodiylari, Samar¬qand va Buxoro tumanlaridagi qishloq va joylarning, Samar¬qand va Buxorodagi ko‘cha va mahallalarning nomlari haqidagi ma’lumotlar, mintaqaning dindor va boshqa taniqli kishilari ro‘yxati berilgan.
7. Imodiddin Isfaxoniy (XII asr). «Xaridat al-qasr va ja-ridat al-asr». XII asrning eng muhim tarixshunoslik asarlarydan biri. Undan Barakotning «Lam at-tavorix» (unda 500-1106, 1107 yillargacha bo‘lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Qo‘lyozma hozircha yetarli darajada o‘rganilmagan) asarining muallifi Haqida mufassal ma’lumotlar topish mumkin. Kotib as-Samarqandiy (XII asr). «A’rad as-siyasa fi ag‘rad ar riyasa». Arab tilidagi qo‘lyozma. Bartold bu asardan Sulton Sanjarning so‘zlarini («... xalqni qattiq itoatkor holda ushlash kerak»), qilich Tamg‘ochxon davridagi Ayyorbek qo‘zg‘oloni tafsilotlarini va u bilan xon o‘rtasida Mirzacho‘ldagi bo‘lgan jang tafsilotlarini, Xuroson uchun jang va uning talon-toroj etilishi voqealarini tarjima qilib keltirilgan,
8. Muhammad Muayyad Bag‘dodiy (XII-XIII asr). «Kitob at-tavassul ila tarassul». Unda 1182-1184 yillarga tegishli, Xorazmshoh Tekesh hukmdorligi davri hujjatlari jamlangan. Ular orasida Tekeshning 1183 yilda /iyosiddin g‘uriyga yuborgan maktubi ham bor.
10. Muhammad Najib ibn Baqron (XIII asr). «Jahonnoma». V. Bartold bu asardagi Issiq ko‘l, Movarounnahr tog‘ boyliklari, O‘rta Osiyo cho‘llari, qoraxitoylar haqidagi ijtimoiy-etno-grafik ma’lumotlardan foydalangan.
11. Avfiy (XIII asr). «Jome’-ul hikoyot va lom’e ar-rivoyot». Bu asardan u Shaqiq Ibrohim Balxiyning O‘rta Osiyoda Budda kohini bilan bo‘lgan uchrashuvi to‘g‘risidagi hikoyasini, qoraxo-niylar, ayniqsa, Ibrohim ibn Nasr Tamg‘ochxon haqidagi ma’lumotlarni, din islohotchisi Moh Afridning harakati va bu harakatning Abu Muslim yordamida bostirilishi haqidagi, Somoniylar va ularning Simjuriylar bilan to‘qnashuvi, Gurganjining Shahobiddin Guriy tomonidan qamal qilinishi, uyg‘ur va boshqa turkiy urug‘lar haqidagi ma’lumotlarni keltirgan.
12. Butxona. «She’rlar to‘plami». Bu yerda mutasavvif shoir Sayfiddin Boharziyning Chig‘atoy saroyi vaziri Qutbiddin Ha-bash Amid (musulmon) ga nomasi keltiriladi. Noma muallifi oliy tabaqaning dindorlar faoliyatiga aralashayotgani xususida o‘z fikrini keskin bayon etadi, norozilik bildiradi.
13. Juvayniy (XIII asr), «Tarixi jahonkushoi». Xanikov shaxsiy jamg‘armasidan. Bu tarixshunoslik asaridan V. Bar¬told Chingizxon avlodi xususidagi ma’lumotlarni olgan. Bular: Chingizxon davlatining boshqaruv tuzilishi, Chingizxon o‘g‘illa-riga tegishli hudud chegaralari; mo‘g‘ullarni Kuchluq bilan kurashi; Xorazmshoh Muhammadning qoraxitoylar bilan kura-shining ayrim lavhalari; Xorazmdagi 1056-1208 yillardagi yer qimirlash, Xorazmdagi ayyorona harakatlar xususidagi ma’lumotlardir.
14. Rashididdin (XIII-XIV asr). «Jome’-at-tavorix». Unda Urta Osiyodagi Chig‘atoy davlatidagi asosiy voqealar va ularning ishtirokchilari xususida juda ko‘p ma’lumotlar bor. Fikrimiz-cha, Rashididdin asarlariga berilgap baho diqqatga sazovor va u Urta Osiyo tarixshunosligida alohida o‘rin egallaydi. Bu haq-da keyingi faslda mufassal to‘xtalamiz.
15. Jamol qarshiy (XIII-XIV asr). «Mulhaqat as-Suroh». Unda qoraxoniylarning islomni qabul qilishi, qoraxoniylarning Qashg‘ar tarmog‘i geneologiyasi (shajarasi), Olmaliqning
turli shayxlari, mo‘g‘ul xonlari va ularning mahramlari (Mahmud Yalavoch va uning o‘g‘li Ma’sudbek), Kuchlug‘ va boshqalar haqi-dagi ma’lumotlar bor.
16. Hamdulloh Qazviniy (XIV asr). «Tarixi Guzida».
Muallif bu yerda shaxe Abu Sayyid Moyxoniyning ibn Sino bi¬lan suhbatini ko‘rsatib o‘tadi, shayx Majididdin Bag‘dodiy, Najmiddin Kubro va Sadaddin Hamaviy to‘g‘risidagi ba’zi ma’¬lumotlarni keltiradi.
V. Bartold foydalangan 16-21 manbalar nazarimizda tarixshunoslik nuqtai nazaridan unchalik katta ahamiyatga ega emas. Biroq, muallifning keyingi foydalangan manbalari alohida e’tiborga loyiq. Ular jumlasiga quyidagi asarlarni kiritish mumkin:
1. «Shajarat al-atrok» yoki «Ulus arba’ Chingiziy». («Turklar shajarasi» yoki «Chingiziylarning to‘rt ulusi»), Muallifi noma’lum (Ulug‘bek yozgan deyishadi). Bu yerda Chingizxonga o‘g‘li Jo‘jining o‘limi haqidagi xabar qanday yetkazilgani haqidagi she’riy hikoya va boshqa ma’lumotlar bayon qilingan.
2. Isfizoriy (XV asr). «Kitob Rauzat-ul-jannat fi avsof al madinati Hirot» («Hirot shahridagi jannat ravzasi»). Bu yerda Mo‘g‘ulistonga olib ketilgan Hirot hunarmandlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
3. Ahmad Muhammad Mo‘yin-al-fuqaro (XV asr) «Kitobi Mullazoda». Kitobda Buxoro shayxlari va imomlari haqida biografik ma’lumotlar, Buxoro sadrlari shajarasi haqida va bosh¬qa ma’lumotlar bor.
Tuzuvchining Sharq manbalari bilimdoni sifatida jahon ki¬tob markazlaridan uzoqda ishlagani holda qo‘liga tushgan va Ovrupo, Sharq, Rusiya, Urta Osiyo kitobxonalarida kurgan barcha ma’lumotlarini sinchiklab to‘plaganini tan olmoq kerak. Sharq va Urta Osiyo olimlarining tarixiy va adabiy-tarixiy asarlari hali topilmagan edi, ko‘plari Ovruponing turli qo‘l yetmas joylarida saqlanardi. Shunga qaramay V. V. Bartoldning Sharq muarrixlari asarlaripi to‘plash bo‘yicha bajargan ishlari Urta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganish, tarixshunoslikni tiklash uchun o‘ta muhim ahamiyatga egadir.
XIII asr oxiri XIV asr boshlarida chingiziylar saroyida yashagan yirik tarixchi olim va siyosiy arbob Rashididdinning hayoti va ijodi mo‘g‘ullarning Yaqin va Urta Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi davri bilan bog‘liqdir. Fazlulloh Abul-Hayr Ra-shididdin Hamadoniy 1240-1247 yillar orasida Hamadonda unchalik mashhur bo‘lmagan tabib-olim oilasida dunyoga kelgan. U Abakaxon hukmdorligi (1265-1282) davrida davlat xizmatiga kiradi va g‘ozonxon (1295-1296) hukmdorligi davrida saroy tabibi vazifasini egallaydi.Rashididdin ma’rifatli kishi bo‘lib, ko‘p tillarni o‘rgangan, adabiyot va she’riyat nafosatini tushunar, tarixiy asarlarni yaxshi bilardi, tibbiyot, handasa va falakiyot ilmlaridan yaxshi xabardor edi. U ayniqsa ilohiyot ilmi bilimdoni sifatida mash-hur edi, Fazlulloh 1298 yili vazir etib tayinlanadi. U Xula-giy davlatining boshqa vazirlaridan farqli o‘laroq, kuchli mar-kaziy hokimiyatning zaruriyatini chuqur his qilgan hukmdor sifa¬tida aniq siyosiy yo‘nalishda ish olib bordi,Rashididdin 19 yil hokimiyat tepasida bo‘lib, o‘z sinfining tub an’analariga sodiq qoldi. U feodal jamiyatning markazlashgan davlat hokimiyati uchun izchil kurashdi. Ammo, afsuski, umrini fojiali tugatdi. «Markazlashtirish siyosati» jamiyatning feodal ravnaqi yo‘nalishida eski vaqtlardagidek tayanch topa ol-madi.Hukmdor madadidan mahrum bo‘lgan Rashididdin 1317 yili iste’fo berdi, bir yildan so‘ng esa dushmanlari uyushtirgan fitna qurboni bo‘ldi. U sulton Uljaytuni zaharlashda ayblanib, o‘g‘li, sulton soqiysi Ibrohim bilan 1318 yilning 18 iyulida qiynab o‘ldirishga, mol-mulki musodara qilinishga hukm etiladi. Tabrizda ular qurgan, asosan hunarmandlar, muqovachilar, xattotlik va yozuv qurollari yasovchi ustalar yashaydigan Rashidiy mahallasi buzib tashlanadi. Ammo tasodifgina uni qatl etilishdan saqlab qoldi, Rashididdin 10 yil o‘tgach oqlandi, oilasiga mol-mulkining bir qismini qaytarishdi. Ug‘li /iyosiddin vazir bo‘ldi va otasining siyosiy yo‘lini davom ettirishga urinib ko‘rdi. Rashididdin esa Xulagu naslidan bo‘lgan Qozonxonning buyrug‘i va taqdir taqozosi bilan tarixchiga aylandi. Keyinchalik «shunday asarlar yaratdiki, bu asarlar uning nomini asrlar osha saq¬lab qoldi.«Jome’ at-tavorix» bugungi kunda haqli ravishda ko‘p mamlakatlarda uzoq hukmronlik qilgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullarning maishiy hayoti va ijtimoiy-siyosiy tarixi bo‘yicha eng kuchli manbalardan biri hisoblanadi. Forscha manbalar ichida bunga teng asar yo‘q. «Jome’-at-tavorix» da boy ma’lumotlar asosida mo‘g‘ullarning ko‘chmanchi turmushi, marosimlari, urf-odati va fe’li, ma’naviyati, qonunlari haqida yorqin hikoya qilinadi. Rashididdinning bu shoh asarida o‘troq xalqlar hayoti, xo‘jalik iqtisodiy turmu¬shi, ko‘chmanchi va o‘troq turmush tarzlari o‘rtasidagi ziddiyatlar ham o‘z ifodasini topgan. «Jome’-at-tavorix» da ko‘chmanchi feodallar hukmronligi ostida qolgan, «asosan o‘troq aholili ko‘p mamlakatlarning iqtisodiy, xo‘jalik va siyosiy tarixiga oid ancha mufassal ma’lumotlar keltiriladi
Tarixshunoslik jihatdan Rashididdin asarini chuqur o‘rgangan kishi rus olimi I. N. Berezin edi . Bu sharqshunos butun umrini Rashididdin merosini o‘rganishga bag‘ishladi. I. N. Bere¬zin fors tilidagi nashrlarning asosiy noshiridir.U «Jome’-at-tavorix» ning birinchi jildi (Chingizxon hukm¬dorligi davri tarixi), shuningdek, «turkiy va mo‘g‘ul ko‘chmanchi qabilalari» tarixini o‘z ichiga olgan qismlarining tarjimoni-dir.Biroq, I. N. Berezin hayotligi davrida asar qo‘lyozmasining eng yaxshi, Toshkent va Istambul nusxalari ma’lum emas edi va shu bois, ismlar, turkiy-mo‘g‘ul iboralari, jug‘rofiy, tarixiy toponimik iboralar aniqlashtirishni talab qilardi. Shu bilan birga I, Berezining forscha matni va ruschaga tarjimasi hozirda ham bibliografik jihatdan nodir hisoblanadi. Buning ustiga uning nashri to‘liq emas edi. Shu bois 1936 yildayoq SSJI Fan¬lar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmgohi «Jome’-at-tavorix» forscha matni va ruscha tarjimasining qayta ko‘rib chiqilgan nashrini bosmaga tayyorlay boshladi. 1-139-betlarni prof. A. Romaskevich, 140-231- betlarni filologiya fanlari nomzodi L. Xechaturov va nihoyat, 232- betdan asarning oxirigacha bo‘lgan qismini yetuk sharqshunos, professor A. Alizoda tayyorladi. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, tanqidiy matn birinchi jildining I va II qismlari hamda ruscha tarjima matni 1941 yilgachayoq professor A. A. Romaskevich tomonidan oldindan tahrir qilin-gan edi.Rashididdin «Jome’-at-tavorix»i elxonlarga bo‘ysunuvchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid juda ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu sohada XIII-XIV asrning bironta ham tarixchilik asari u bilan tenglasholmaydi. Asrimizning 60-yillari «Yozishmalar» tarixshunosligi ravna-qi yillari bo‘ldi. 1956 yili A. Alizodaning kitobi, I. Petru¬shevskiyning XIII-XIV ayerdagi Eron qishloq xo‘jaligi haqidagi maqolasi, A. Falina va R. Kiknadze asarlari e’lon qilindi. «Jome’-at-tavorix» «Iilnomalar majmuasi» ning mashhur noshiri professor Karl Yan 1963 yilda, Amerika sharqshunosi X. Shurman 1953 yilda e’lon qilgan asarlarida «Yozishmalar» ning mo‘g‘ullar davri soliqchilik iboralari, Urta asrdagi Eron va Urta Osiyo dehqonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan keng foydalani-ladi.
Xullas, hozir Rashididdin «Yozishmalar» ining 13 nusxasi ma’lum. Ulardan sanalgani va ro‘yxatga olingani sakkizta Mo‘g‘ullarning O’rta Osiyo, Yaqin va Urta Sharq va unga tutash mamlakatlardagi hukmronlik davri manba va tarixshunoslikka juda boy. Bu davrda juda ko‘p yirik asarlar yaratildi. Vardan Kirokatsi, Nasaviy, Juvayniy, Ibn Asir, Hamdulloh Qazviniy, Vassofiylar nomi juda mashhur edi. Ularning hammasi yoriti layotgan vaqealarning nafaqat guvohi, balki qatnashchilaridir, shu boisdan ular yaratgan asarlarning o‘ziyoq o‘sha davrning tarixiy hujjatlari bo‘la oladi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari uchun Mo‘g‘ul xoni saroylarida yozilgan tarix bilan Urta Osiyo, Sharq, Kavkaz orti xalqlari vakillari birinchi navbatda arab, o‘rta osiyolik, arman, suriyalik tarixchilar yozgan tarixni qiyoslash, ovrupolik sayohatchilar va elchilar keltirgan ma’lumotlar bilan tanishib, xulosalar chiqarish imkoni bor.Mo‘g‘ul istilochilari davri manbalarga qanchalik boy bo‘lmasin «Jome’ at-tavorix» va «Yozishmalar» ular orasida o‘ziga xos alohida markaziy o‘rin egallaydi. Rashididdinda tabiblik, botanik, tarixchi, ilohiyotchi, shoir, davlat arbobi va siyosatchining xislatlari mujassamlashgan edi. g‘ozonxonning topshirig‘ini bajarib, u tarixchi sifatida «Yilnomalar majmuasi» ni yaratdi. «Yozishmalar» da esa Rashididdin qiyofasida buyuk vazirni ko‘ramiz, bu yarim shaxsiy, yarim rasmiy yozishmalar o‘zi-o‘ziga guvohlik berib turibdi, bu maktublardan o‘sha davr rasmiy tarafdan topilmaydigan ma’lumotlarni topamiz. Shu bilan birga bu ikki asar bir-biri bilan tutash, ko‘p tomonlama bir-birini to‘ldiradi.«Yozishmalar» ko‘p manbalarda yo‘q ma’lumotlarni beradi va o‘sha davr tarixiy asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning yo‘l-yo‘lakay aytib o‘tib ketiladigan tomonlari, hodisalari mohiyatini ochib tashlaydi.
Yüklə 252,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə