Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
«Mehmon keldi», deb otimni ushladi. Chodir ichida o‘t tutatib o‘ltirishgan uch to‘rt kishi 
esa, turk xalqi odatlaricha do‘stlik ko‘rsatib, meni to‘rga chiqarishdi. Ahvolga loyiq 
yegudek ovqatlarini keltirib, birga o‘ltirishdi. Uch kunlik dahshatlik safarimdan beri 
og‘zim oshga tegmagan, do‘st kishilar yuziga ko‘zim tushmagan edi. Shunga ko‘ra, 
o‘zimni bularning aziz mehmoni hisoblab rohat uyqusi bilan kechani o‘tkazdim. 
Tong otib choy vaqti bo‘lib edi, har tarafdan chiqqan bir necha savdogar eshakchilari 
Kucharga qaytmoqchi bo‘lib shu yerga yig‘ilmish edilar. Men ham bularga qo‘shilib, 
yo‘ldosh bo‘ldim. Men adashgan Quyqun tog‘larini o‘ng qo‘lda qoldirib, Qo‘naqay 
tog‘larini oralab, Kucharga qarata yo‘lga tushdik. 
Birinchi qo‘nalg‘uni Kuchar savdogarlarining chodir uylarida o‘tkazgan bo‘lsak ham, 
orada uch kungacha o‘zlari mo‘ljallab olishgan tog‘u tosh dalalarida yotishga to‘g‘ri keldi. 
Yaxshiyamki, shu orada yog‘in sochin bo‘lmasdan turdi. Yemak ichmaklarimiz mo‘l 
bo‘ldi. Tog‘ sovug‘ini yog‘ qaytaradi deb, har kuni kechqurin safar boshlig‘imiz yog‘liq 
palov qilishga buyurur edi. Uchinchi kun Ayg‘iroshuv degan dovondan o‘tib, Ko‘l degan 
joydagi saroyga kelib tushdik. Lekin, shu yerga kelguncha yolg‘iz oyoq yo‘ldan boshqa 
hech narsa ko‘zga ko‘rimas edi. 
Bu yerda 30 40 uylik To‘qmoq, Pishpek atrofidagi Sulta, Sarbag‘ish qirg‘izlaridan 
qochib kelgan bir yurtlik kishilar bor deb eshitdim. Ular bilan ko‘rishib so‘zlashmoqqa 
qiziqqan bo‘lsam ham, yo‘l usti bo‘lib, yo‘liqolmay qoldim. Ertasi kun Ko‘l saroyidan 
chiqqanimizcha yurib o‘ltirib, Qirg‘izoshuv degan dovon ustiga chiqdik. Qarasam, bu 
dovon cho‘qqisi ikki yoqdagi egiz tog‘ toshlari bilan qisilib qolgan torgina bir yo‘l ekan. 
Shuning uchun marhum Yoqubbek otaliq Oltishahar Uyg‘uriston hukumatini qurganda, 
Kuchar xalqini Yulduzdagi To‘rg‘ovut qalmoqlari hujumlaridan saqlamoq uchun bo‘lsa 
kerak, bu yerni chegara hisoblab, katta^ qarag‘ay, og‘ir toshlar keltirib cheb 
bog‘lamishdur. O’z davriga ko‘ra takdirlanarlik ish bo‘lganlikdan, marhumni fotiha bilan 
eskarib o‘tdim. 
Shu kuni kechqurin Saksonkechik va Qirg‘izoshuv o‘rtalig‘ida yana Yoqubbek 
tomonidan chegara soqchilari uchun qurilgan kattagina bir qo‘rg‘on harobasiga kelib 
tushdik. Bu esa, ot uloqlari, qo‘rxona oshxonasi bilan ikki uch yuz kishiga joy bo‘lg‘udek 
kenglikda ko‘rinur edi. Uch-to‘rt yuz gaz egizlikdagi yerda askarlar uchun yasalgan 
masjid harobasini ko‘rib, uni ziyorat qildim. O’z vaqtida yaxshigina san’at ko‘rsatib 
yasalganligiga, peshtaq-mehroblaridagi qo‘l hunar qoldiqlari guvohlik bermokda edi. 
Menga o‘xshash maqsadi qo‘lga kirmagan bo‘lsa ham, istiqbolidagi istiqloli uchun 
kurashib, qurbon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘li bir qahramondan qolgan asar bo‘lganligini 
hurmatlab, mehrob tupgxjlarini ko‘zimga surtdim. 
Uz vaqtiga ko‘ra marhumni, bir tomondan, taqdir-lagan bo‘lsam ham, ikkinchi 
tomondan, tanqidiy qarashlarimdan o‘zimni saqlayolmadim. Yo‘q esa, o‘z zamonasiga 
ko‘ra butun sharoit qo‘lga keltirilmish edi. Ikki qayta Londonga, ikki martaba Turkiya 
sultoni Abdulazizxonga elchi yubormishdur. London elchilari birinchi borishda 12 ming, 
ikkinchi borishida esa 24 ming farang miltig‘i olib qaytmish edilar. Bular esa zamonaviy 
qurollarning oldi hisoblanganliqdan nafaqat xitoy qurollaridan, balki, o‘sha zamonda biz 
ni bosib olgan rus qurollaridan ham ortiqroq edi. Buning ustiga vaqtning ham qulayligi, 
chunki Angliya bilan Rusiya davlatlari o‘rtasidagi raqobat keskinligi uzluksiz ravishda 
o‘smoqda edi. Mana shu o‘xshash qulay fursatlar o‘tib, atrofda qarab turgan kuchlik 
yordamchilar qo‘lda bo‘laturib, bulardan foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Yana u 
davrda butun Ovrupo davlatlari, islom chirog‘ini o‘chirish qasdida, islomiyat markazi deb 
tanilgan Turkiya davlati ustiga hujum boshlamish edilar. Shunga ko‘ra, Xalifa hazratlari 
qurollik kuch orqalik yordam yetkazolmagan bo‘lsalar ham, zamonga loyiq nizomiy askar 
tayyorlash uchun olti nafar harbiy zobitlarini qurol-yaroqlari bilan yuborgan edilar. Bular 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə