Mif va badiiy adabiyot munosabatlari


Ertaklarda mifik timsollar



Yüklə 87,13 Kb.
səhifə9/11
tarix11.12.2023
ölçüsü87,13 Kb.
#147836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mif va badiiy adabiyot munosabatlari-fayllar.org

Ertaklarda mifik timsollar.

Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og'zaki ijodida keng tarqalga-


nidek, o'zbeklarda ham eng ommaviy janrlardan biri sifatida turli vilo-
yatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelin-
gan. Ulaming juda qadim zamonlardan yaratilgani «ertak» atamasining
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan 1074-yilda yozilgan «Devonu lug‘oti-t-
turk» asarida «etuk» tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: «Etuk - hikoya,
ertak; biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z
qo'llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan». Bu janming
qadimiyligini qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa bir qator turkiy xalqlar
oilasiga kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi
isbotlasbi mumkin. Shuningdek, miflar, afsona, rivoyatlar haqida fikr
yuritganimizda, diffuzion jarayonning keyingi bosqichi ertak ekanhgini
eslatib o‘tganmiz. Demak, agar xalqimiz og‘zaki ijodini qadimgi
qadriyatlar sifatida e’zozlasak, bu xazinaning noyob durdonasi sifatida
hech ikkilanmay ertaklami qayd etish mumkin ekan.
Ertak terminini 0‘zbekistondagi hamma viloyatlar aholisi juda yaxshi bilsada, bu janrga oid asarlar turlicha hududlarda turlicha atalgan.
Xususan, toshkentliklar «cho‘pchak», farg'onaliklar «matal», xorazmliklar «varsaqi», o ‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi vatandoshlarimiz
«ushuk» tarzda atashgan. Bulardan tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona, o ‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi. Hatto hazrat Alisher Navoiy
ham g‘azallaridan birida «cho'pchak» so‘zini qo‘llaganlar: Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo‘lg‘ay, Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu kelturur cho'pchak (Baytdagi «cho'pchak» «Navodiru-sh-shabob»ning 1959 yilgi nashrida «cho‘rchak» shaklida yozilgan. Shuning uchun Alisher Navoiy zamonida «cho'rchak» yoki «cho‘pchak» atamasi bor edi deb xulosa qilish
mumkin bo‘ladi). Ayni paytda baytdagi «uyqu» so'ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti bolalami uxlatishda ertakning sehrli ta’sir
kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu an’ana ham bejiz paydo
bo‘lmaganini qayd etamiz. Darvoqe, H. Olimjonning 1937 yilda yozgan
«Oygul bilan Baxtiyor» ertagini eslashimiz ham o‘rinli:
Bolaiik kunlarimda,

Uyqusiz tunlarimda,

Ko‘p ertak eshitgandim,

So‘ylab berardi buvim.

Esimda o‘sha damlar,

O‘zi uchar gilamlar,

Tohir-Zuhra, Yoriltosh,

Oy ni uy altir gan qosh…
Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham «Ozoda chehra» ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda «Tohir va Zuhra», «Yoriltosh» ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari «o‘zi uchar gilamlar», «oyni uyaltirgan qosh»lar, «beqanot uchgan otlar», «so‘ylaguvchi devorlar», «bola bo‘p qolgan chollar» sanab o ‘tiladi. Haqiqatan ham, «Oygul bilan Baxtiyor» adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan.
Jahon xalqlari ertaklaridagi umumiy o'xshashlikhaqida fikr borganida, ko'proq sehrli ertaklar nazarda tutiladi. Inson qadim zamonlarda ham xayol surgan, o'zicha turli-tuman g‘aroyib voqelami o‘ylab topgan. Aslida, miflaming vujudga kelishida ham ajdodlarimizdagi aynan ana shu xususiyat yetakchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik fantastik voqealar totem, fetish obrazlardan uchar gilamlarga, sehrli dasturxonlarga, oltin qaynaydigan xumlarga, istagan odamni istagan paytda ko‘rish mumkin bo‘lgan jomlarga, oynalarga o‘tgan. Bunday voqealami o ‘ylab topish ajdodlarimiz orzulari, havaslari bilan asoslangan. Yo‘l azobidan aziyat chekkan inson uchar gilam, ot, manzilga ko‘z ochib ochguncha yetkazgan bo‘rini o ‘ylab topgan. Oziq-ovqat topishga qiynalgan odam esa ochil dasturxonning ijodkoriga aylangan. Natijada, sehrli ertaklardagi voqea-hodisalar haqiqiy ma’noda ajdodlarimiz orzu-havaslarining majmuasini tashkil qilgan. Ilm-fan taraqqiyotida katta kashfiyotlar, odatda, olim xayolida paydo
bo'lgan reja - gipotezadan boshlanadi. Gipoteza asta-sekin rivojlanadi va
hayotga tatbiq etilishining loyihasi shakllanadi. Olim ana shu loyihaning
ilmiy zaminini topganidan so‘ng kashfiyotning amalga oshishi uchun
sharoit yaratilgan bo‘ladi. Sehrli ertaklar bir jihatdan inson ongida
yaratiluvchi ana shu gipotezalar yo'nalishini boshqargan, deb xulosa
qilish uchun yetarli asos bor. Gap shundaki, bugungi kunda oddiy hayot
haqiqatiga aylangan velosipeddan tortib avtoulov, poezd, samolyotlar;
telefon, telegraf, radio, televidenie, elektr chiroqlaming kashf etilishini
bevosita ertaklarda aks etgan orzular bilan dalillaymiz. Uyali telefonni
aytmaysizmi, to‘quv dastgohlari, har xil kimyoviy, fizikaviy kashfiyotlar bosqichma-bosqich tahlil etilsa, ulaming hammasini biz bir oz oldinroq
sehrli ertaklar voqealarida uchratganimizga amin bo‘lamiz. Sehrli ertaklar bosh qahramonga nimadir (ko‘pincha, farzand) yetishmasligi, qahramonning yetishmayotgan narsasiga ega bo‘lishi, unga nimadir qilishning (gapirish, alohida bir eshikni ochish, biror narsaga qarash va h.k) taqiqlanishi, taqiqning buzilishi, kuchli raqibga duch kelish, xavfli safarga chiqish, safar yakuni, raqib bilan olishuv, murod-maqsadga yetish kabi lavhalardan iborat bo‘ladi. Taniqli olim V. YA. Propp yuqoridagi tartibniftg jahon xalqlari ijodidagi sehrli ertaklar matni tarkibini tashkil qiluvchi asosiy unsurlar ekanini chuqur ilmiy asosda misollar bilan isbotlab berdi38. Yuqorida qayd etilgan mulohazalardan g ‘ayritabiiy mo‘jizalar ro‘y berishi, afsungarchilik, sehrli voqealar, bir narsaning ikkinchisiga aylanishi, bular hammasining muayyan tizim (V. YA. Propp tavsiyasi) tartibida hikoya qilinishi sehrli ertaklar xususiyatini hosil qiladi. Hamid Olimjon ifodalagan « 0 ‘zi uchar gilamlar», «Bog‘lagan qanotlar», «Beqanot uchgan otlar», «Qiz bo‘lib ochilgan gul», «So'ylaguvchi devorlar», «Bola bo‘p qolgan chollar» kabi tasvirlar aynan sehrli ertaklar matnlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ladi.
Aksariyat hollarda sehrli ertak voqeasi farzandsizlik motividan boshlanadi. Ammo tez orada asar qahramoni farzandga ega bo'ladi. Bu hodisa olma, arpa yoki biror narsa yeyishdan, ba’zan o ‘z-o‘zidan ro‘yobga chiqadi. Tug‘ilgan bola bilan dastlabki tanishishdanoq uning g‘ayrioddiy fazilatlari borligi ayon bo'ladi. Bu fazilat, awalo, uning o‘ta tez sur’atlar bilan katta bo‘lishida ko‘rinadi. Farzand voyaga yetgach esa o‘zi yashayotgan muhitga ta’sir etadi va hayotdagi keskin o'zgarishiarga erishadi. Sehrli ertak qahramonlari o‘lib qayta tirilish xususiyatiga ega ekanliklari bilan ham bizni o ‘ziga jalb qiladi. To‘g‘ri, o'lgan odamga jon ato etilishi qadimgi ajdodlarimiz dunyoqarashi ifodasi sifatida baholanadi, ammo ayni paytda o‘lgan odam ruhining kun, oy, yillar davomida o‘zi yashagan xonadondan ajramasligi, turli shakl-holatlarda qarindoshlariga ko‘rinib turishi sehrli ertaklarda oddiy tasvir vositalariga aylanganini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir. Xalq ongida insonning biron yaxshiligi, albatta, taqdirlanishi lozim. Asar qahramoni semurg‘ga, ayiqqa, laylakka ko‘rsatgan yordami evaziga mushkullari oson bo‘ladi. Uning yordamidan foydalangan hayvonlar keyinchalik sehrli imkoniyatlari bilan qahramon hamrohiga va biron olijanob maqsadni qo‘lga kiritish vositasiga aylanadilar. Ayrim ertaklarda
esa adolat aynan ana shu yaxshilik evaziga g'alaba qozonadi.




  1. Yüklə 87,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə