Mif va badiiy adabiyot munosabatlari


Alisher Navoiy ijodi va mif



Yüklə 87,13 Kb.
səhifə10/11
tarix11.12.2023
ölçüsü87,13 Kb.
#147836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mif va badiiy adabiyot munosabatlari-fayllar.org

Alisher Navoiy ijodi va mif.

Ma’lumki, Alisher Navoiyning «Xamsa»siga kirgan dostonlari xalq orasida
g’oyat keng ko’lamda tarqalganligi sababli ularning folkloriy talqinlari xam
yuzaga kelgan. Buyuk shoir asarlari xalqimiz orasida asosan ikki xil yo’l bilan
ommalashgan, ya’ni shoir badiiy merosining asl namunalari bilan bevosita
tanishuv orqali hamda Navoiy asarlarining xalqona talqinlari vositasida.
Adabiyotshunos olim N.Mallaevniig fikricha, Alisher Navoiy dostonlarining xalq variantlari haqida so’z borar ekan, masalaning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratmoq lozim: a)Navoiy asarlarining xalq kitobi tarzidagi bayoni; b) Navoiy asarlari motivlari asosida vujudga kelgan xalq ertaklari va xalq dostonlari». Bu yerda gap faqat Navoiy asarlarining xalq kitoblari va folklor janrlari vositasida tarqalishi haqida ketmoqda. Navoiy asarlarining umuman ommalashishi haqida ketganda, masalani yanada kengroq qo’yish zarur. Navoiy asarlari asosida yuzaga kelgan nasriy bayonlar xalq kitoblari, dostonlar, afsona va rivoyatlar ulug’ shoir asarlariga munosabat jihatidan olganda ham turlitumandir. Masalan, atoqli olim N. Mallaev ta’kidlaganidek, XX asr boshlarida bir necha bor nashr etilgan Mir Mahdum kitobat qilgan "Nasri Xamsai benazir", Mahzun yaratgan "Qissai shahzoda Farhodu SHirin", "Kitobi Majnunu Layli" kabilar ulug’ shoir asarlarining asosan nasriy bayonlari, qissalar uslubida qayta ishlangan nusxalari hisoblanadi. Ularda asosan ulug’ shoir asarlarining syujeti va obrazlari saqlangan bo’lib, ba’zan oraorada Navoiy satrlari yoki tuzuvchilarning o’zlari to’qigan she’rlar ham kiritilgan. Farhod bilai bog’liq ertak va afsonalar, shuningdek, Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Baxrom va Gulandom» dostonlari esa Navoiy asarlarining syujet va motivlar silsilasi asosida vujudga kelgan original folklor asarlaridir. Shu o’rinda bir masalaga e’tiborni qaratmoqchimiz. O’zbek adabiyotshunosligida Alisher Navoiy dostonlari asosida yuzaga kelgan xalq dostonlarini, masalan, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarni shoir asarlarining xalq variantlari deb yuritish odat tusiga kirgan. Bu, bir tomondan, to’g’ri fikr, ikkinchidan, ularni uzoq ijodiy jarayonni bosib o’tganligini, xalq baxshisi repertuarida shakllanguncha turli forma va shakllarda bo’lganligini ham unutmaslik kerak. «Navoiy asarlarini mutolaa etish uchun faqat savodli bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi, balki adabiyot bo’yicha ma’lum darajada bilimga ega bo’lish, qisman bo’lsada, fors va arab tillaridan xabardor bo’lish kerak. Buning ustiga adabiy tilde ham ma’lum o’zgarishlar vujudga kelib, keyingi asarlarning tili Navoiy tilidan bir
muncha uzoqlashib, farqlanib boradi. Bularning barchasi Navoiy asarlarini qayta bayon etish asosida kitobxonlarga yetkazish ehtiyojini tug’diradi. Bir necha asrli tajriba va o’ziga xos an’analarga ega bo’lgan xalq kitoblari bu borada qo’l kelib, Navoiy dostonlarining xalq kitobi variantlari vujudga keladi», deb yozadi N. Mallaev.

Alisher Navoiy ham turkiy xalqlar folklori obrazlar tizimining badiiy arsenalidan ijodiy o’zlashtirish orqali bahramand bo’lish jarayonida tarixiygenetik jihatdan «Avesto»ga borib taqaladigan ko’plab mifik personajlarni badiiy matn doirasiga olib kirgan. Jumladan, «Sab’ai sayyor»da qo’llanilgan dev, pari, ajdar, Qayumars, Zahhok, Gushtasp, Zol, Jamshid, Afridun, Kurshos, Kayqubod, Kaykovus, Kayxisrav kabilar ana shunday personajlar sirasiga kiradi. Xullas, mif yozma adabiyot taraqqiyotida muhim o’rin tutgan tafakkur durdonalaridan biri bo’lib, insoniyatning eng qadimgi davrlardagi tasavvurlari va e’tiqodiy qarashlarini o’zida aks ettirgan. Bunday qarashlar turli obraz, syujet va motivlar shaklida folklor asarlarida bo’y ko’rsatib, ular orqali yozma adabiyot badiiy olamining teranlashuviga ham katta hissa bo’lib qo’shilgan. Ayni holatni Alisher Navoiy ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. «Sab’ai sayyor» dostonida shoir o’z badiiy niyatini amalga oshirishda folklor an’analari bilan bir qatorda mifologik tasavvurlar tizimidan ham unumli foydalangan. “Sab’ai sayyor” dostonidagi mifologizmlarni tarixiygenetik xususiyatlariga ko’ra qadimgi turkiy asotirlar, «Avesto» va zardo’shtiylik mifologiyasi, arabislom miflari va xalqimizning inonche’tiqodlarini o’z ichiga olgan xalq qarashlari qatlamiga bo’lib tasniflash maqsadga muvofiqdir. «Sab’ai sayyor» dostonida qadimgi ajdodlarimizning osmon yoritqichlari, sayyoralar harakati va falakiy hodisalarni asrlar davomida kuzatish asosida chiqarilgan hayotiy tajribalarni o’zida mujassamlashtirgan samoviy qarashlari ham aks etgan. Bu asosan sehrli «etti» soni bilan bogliq yetti falak, yetti sayyora, yetti ko’k, yetti kun, yetti rang, yetti qasr, yetti qiz, yetti sayyoh, yetti yil, yetti ota kabi tushunchalar bilan bog’langan bo’lib, asarning syujeti, kompozitsion qurilishi ham bevosita ana shu yettilik mezoniga asoslangan. Asarda qo’llanilgan Xizr, Lot, Manot, Uzzo, Alanquva, obi hayot, pari, dev, ajdar, Sulaymon, Nuh, Qayumars, Zahhok, hushang, Gushtasp, Eram, Azroil, Jamshid, jin, xur, g’ilmon, qaqnus, xumo, bodpo, jon qushi kabi mifologik obrazlarning har biri shoir badiiy maqsadidan kelib chiqib muayyan poetic funktsiyani ado etgan. Alisher Navoiy mifologik obrazlarni badiiy timsol sifatida qo’llagan hamda ulardan poetik san’atlarni vujudga keltirishda samarali foydalangan.





  1. Yüklə 87,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə