Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə2/3
tarix20.04.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#106479
1   2   3
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish.
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha oʻsishini ta’minlasa ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan boʻlar edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yoʻqotish esa «b» sohasidangina iborat boʻladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin boʻladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan soʻng ularni bekor qilish qiyin boʻladi, raqobat muhiti yoʻqoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pulkredit siyosatlari qoʻllaniladi. Ushbu siyosatlarni qoʻllashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga koʻra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi. Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya opyeratsiyalarini oʻtkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda litsenziyalar faqat davlat roʻyxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.
1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi
2. Afzal koʻrish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik boʻlgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega boʻlgan firma va kompaniyalarga beradi
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va importiga litsenziyalar berish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank. Moliya operatsiyalarini oʻtkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan oʻz va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish huquqini beradi. Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qoʻllaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash toʻlov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda oʻzaro kelishuvga erishish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qoʻllanilmoqda. Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini tartibga solishda ham qoʻllaniladi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar oʻrnatadi. Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan koʻproq qoʻllanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur boʻladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qoʻllaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir. Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga koʻproq mos keladi. Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan koʻriladigan farovonlikdagi yoʻqotishlar ikki holatda katta boʻladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukmronligi darajasini oshiradi. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtiriladi.

Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə