Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash



Yüklə 57,05 Kb.
səhifə3/3
tarix20.04.2023
ölçüsü57,05 Kb.
#106479
1   2   3
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
Koʻpchilik hollarda eksportni davlat tomonidan ragʻbatlantirish tadbiri sifatida koʻpgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qoʻllaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish koʻzda tutiladi. Eksport subsidiyalari turli shakllarda qoʻllaniladi. Bularga: - eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; - reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyunkturasi haqida tekin axborot yetkazib berish; - firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish; - bevosita subsidiyalash kiradi. Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yoʻqotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qoʻshimcha daromad koʻradi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash koʻrinishlaridan biridir. Dempingga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qoʻllanilib, oʻzida qoʻshimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar boʻyicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga oʻrnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan soʻng chiqaradi hamda uning miqdorini va toʻlash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar oʻz valyuta resurslarini toʻldirish maqsadida jahon bozoriga xom- ashyo resurslarini eksport qilishni koʻpaytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qoʻllanilmoqda. Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritilishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol oʻsadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar yoʻqotishga duch keladilar. Tashqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega boʻladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi boʻlib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu yerda “ixtiyoriy soʻzi” shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida oʻz hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor koʻrgan yoʻqotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo boʻlishi bu jarayonning qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. Mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblangan tashqi savdo siyosati muhim oʻrin egallaydi.
Tashqi savdo siyosati milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirishi hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi. Mamlakatlar tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda savdoni erkinlashtirishga imkon beruvchi iqtisodiy vositalardan biri hisoblangan importga solinadigan bojxona bojini qoʻllaydilar va bojxona bojlari davlat gʻaznasini toʻldirishga imkon beruvchi fiskal funksiyani, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoyalash funksiyasini bajaradi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi va subsidiyaning tariflardan afzalligi milliy ishlab chiqarishni oʻsishini ta’minlaydi, iste’molning mutloq kamayishiga olib kelmaydi. Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash hamda kvotalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash asosida tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtatish orqali savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo erkinlashib boradi.
Yüklə 57,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə