«mikroiqtisodiyot»


Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə30/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi. Firmaning taklif chizig'i har bir mumkin bo'lgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko’rdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli harajatga teng bo'lgunga qadar oshiradi va narx o'rtacha o'zgaruvchan harajatdan kichik bo'lsa, ishlab chiqarishni to'xtatadi (firma yopiladi). Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish taklif chizig'i chekli harajatning o'rtacha o'zgaruvchan harajatning minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi (7.3-rasm, chekli harajat chizig'ining A nuqtadan yuqori qismi). minimumidan yuqori bo'lgan har qanday narx da foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin) (7.3-rasm).
Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig'i o'suvchi bo'ladi.


Mavzuga doir masaslalar.
1. Mukammal raqobatlashgan firmaning umumiy harajatlar funksiyasi TC=0.5×Q3-15×Q2+300×Q+250 000 ko'rinishida bo'lsa. Tovarning narxi necha somni tashkil etsa, firma o'z faoliyatini to'xtatadi?
Yechimi:
Qisqa muddatli oraliqda narx o'rtacha o'zgaruvchan harajatlarning minimumidan past bo'lsa firma yopiladi, ya’ni PO'rtacha harajatlarni topsak AVC=(0.5Q3-15Q2+300Q)/Q=0.5Q2-15Q+300
AVC ni minimumini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz:
Q-15=0 bundan Q=15:
Min AVC=AVC(15)=0.5×225 -225 +300 = 187.5
Javob: Narx P<187.5 bo'lganda firma yopiladi.
2. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy harajatlari funksiyasi TC=0.2Q2+4Q+80 ko'rinishida berilgan, bu yerda Q ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Firma mahsulotining bozor narxi 12 $ ga teng bo'lganda firmaning maksimal foydasi aniqlansin.
Yechimi:
Chekli harajatlar funksiyasini aniqlash uchun umumiy harajatlar funksiyasidan birinchi tartibli hosila olamiz TC'=MC=0.4Q+4. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firma maksimal foydaga P=MC da erishadi, bizda bozor narxi 12$ ga teng. 12=0.4Q+4 bundan Q=20 ni topamiz.
Firma foydasi π=TR-TC=12×20-(0.2×202+4×20+80)=240-240=0

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə