ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani
http://journal.jbnuu.uz/
373
OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK
JIHATLARI
Yuldashev Sheryigit Ergashevich, Tajiyeva Shohista Farxod qizi
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
sharafitdinovabdulla@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada ota - onalarning bolalarga bo‘lgan
munosabati va bola bilan hamkorlik qilishning psixologik jihatlari tahlil etilgan.
Emperik natijalar xulosalari taqdim qilingan.
Kalit so‘zlar
: Oila,
ota -ona ustanovkalari, proteksiya, giperproteksiya,
sirli munosabatlar, bolani qabul qilish, rad qilish,
kooperatsiya,
simbioz, nazorat.
Oila – eng avvolo rivojlanuvchi tizim bo‘lib, unga yoshga oid qonuniyatlar
xosdir. Chunki oila a’zolari yillar o‘tgan sari rivojlanadi, yetuklikka erishadi, qariydi,
shu bois ham oila doimiy o‘zgarish va rivojlanishlarni boshdan kechiradi.
Bolaning haqiqiy komil inson bo‘lib yetishida albatta ota–onaning o‘rni
beqiyosdir. Ota-onaning bergan tarbiyasi
bola ongiga singdiriladi, uni irodasini
charxlaydi. Oiladagi bo‘lgan munosabatlar bolaning o‘zligini anglashda va o‘zini idrok
etish, shaxsiy fazilatlarni takomillashtirishga ham yordam beradi. Oilaviy tarbiya o‘ta
murakkab jarayon bo‘lib, unda ota –onalar pisixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari
kerak.[1-2]
Oilada bolaning shakillanishida ota–ona birlamchi ko‘rinish hisoblanadi. O‘g‘il
bolada otaga bo‘lgan qarashlarida o‘zini erkak sifatida kelajakni tasavvur qilish bilan
birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lishi tog‘risidagi
bilim va
tasavvurlar shakllanadi. Qiz bolada esa onasiga bo‘lgan qarashlarda ayollar jinsiga
talluqli ekanligi, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qiladi.
Proteksiya-farzandlarni tarbiyalash
uchun sarflanadigan kuch, vaqt va
e’tiborning mezoni, bolaning turli ehtiyojlarini
qondirish darajasi, intizomga chaqirish
uchun ishlatiladigan sanktsiyalar tizimi kitadi.
Giperprotektsiya-ota–onalarning farzandlariga nisbatan haddan ziyod e’tiborli
bo‘lib, ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va e‘tiborni
ayamasliklarida bilan
bog‘liq talablar darajasi, taqiqlovlar yoki bolaning xulqini jilovlash namoyon bo‘ladi.
Bolani har qanday qiyinchiliklar va to‘siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini
joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlardan quvonish, xatolarni sezdirmaslikka
qaratilgan harakat hisoblanadi.[3]
Sirli munosabatlar - Amerikalik tadqiqotchi Myurrey Bounen takidlashicha er va
xotin o‘rtasida nizoli holat yuz berganida xotin uchinchi himoyachini izlaydi. Uchinchi
shaxs farzandi bo‘lsa u ota–onasiga qo‘shiladi va emotsional uchburchak tashkil etadi.
Agar shunday tarang munosabatlarga farzand aralashsa, uchalasi o‘rtasida yaxshi, iliq