«mikroiqtisodiyot»


Nol so`m yutuqqa ega bo`lgan o`yin



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə40/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Nol so`m yutuqqa ega bo`lgan o`yin– o`yinda bir kishining yutug`i boshqa o`yinchilarning yutqazgan summalari yig`indisiga teng.


Nolga teng bo`lmagan so`mga ega bo`lgan o`yin– bu o`yinda bir guruh o`yinchilar yo yutadi yoki boy beradi.


Kooperativ o`yin– o`yinda bir nechta o`yinchilar o`zaro kelishib, birgalikda o`ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o`yinga misol sifatida karterni qarash mumkin).


Nokooperativ o`yin – bu o`yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi (Iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda harakat qiluvchi firmalar o`rtasidagi «narxlar jangini» keltirish mumkin).


To`lov funksiyasi – o`yin natijasi bo`lib o`yinchining yutug`ini yoki yo`qotishini bildiradi.


Bertran muvozanati – bozor duopolik bo`lganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli harajatga teng bo`lganda muvozanat holat barqarorlashadi.


Kurno muvozanati – duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta'sir qiluvchi funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
Shtakelberg muvozanati – bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat ko`rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.


Firmaning bozordagi strategik harakati – bunda firma o`zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko`ra ishlab chiqadi.


O`yinlar nazariyasi – fan yo`nalishi bo`lib u o`yin qatnashuvchilarining vaziyat bo`yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida o`rganadi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə