Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari


Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institutsional asoslari



Yüklə 185 Kb.
səhifə4/5
tarix27.04.2023
ölçüsü185 Kb.
#107188
1   2   3   4   5
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari

3. Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institutsional asoslari
Nazariy izlanishlar va ko‘p sonli empirik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yangi institutlarning paydo bo‘lishi va, demak, xo‘jalik birliklarining yangicha o‘zaro ta’siri hamda ularni yangicha tashkil qilish shakllarining yuzaga kelishi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Chunonchi, xo‘jalik sub’ektlarining o‘zaro ta’sir qilish tamoyillari va qoidalari o‘zgarganda ularni tashkil qilish shakllari ham transformatsiyalanadi (umuman iqtisodiyotning tashkiliy tuzilmasida va, xususan, uning alohida sektorlarida ham o‘zgarishlar kuzatiladi)11.
Institutlarning tarkibiy o‘zgarishlardagi roli, avvalambor, shunda ko‘rinadiki, u yoki bu transaksiya (bitim) ishtirokchisi o‘zining maqsad va manfaatlariga ega bo‘ladi, tashkiliy shakllar esa ayni paytdagi jamoat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ularni bir-biri bilan uyg‘unlashtiradi.
Mavjud iqtisodiy tuzilmalar ichida mulkchilik instituti, ya’ni xo‘jalik faoliyatining muayyan natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish me’yorlari va qoidalari yig‘indisi alohida o‘rin tutadi. Buning sababi shundan iboratki, u samaradorlik mezonlari tizimini belgilaydi. Mulkchilik institutiga xos me’yor va qoidalar bilan birga, ularning bajarilishini ta’minlaydigan tashkilotlarning ham zarurligi haqidagi xulosa mulkchilik huquqi nazariyasining muhim xulosasidir. Bunday tashkilotlarga davlat va uning boshqaruv organlari tizimi kiradi. Davlatning boshqa nazorat tuzilmalaridan farqi shundaki, u mulkchilik huquqlarining amalga oshirilishida tenglikni ko‘proq ta’minlaydi.
Xo‘jalik yurituvchi tuzilmalarning yig‘indisi u yoki bu iqtisodiy tizimning institutsional muhitini shakllantiradi. Qanday iqtisodiy institutlar tashkil qilingani, ularning xo‘jalik faoliyatida qabul qilingan qonun-qoidalar va tuzilmaviy chegaralar, oxir oqibat sub’ektlar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning qanday tusga egaligini belgilaydi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shakllarining turli-tumanligi muayyan iqtisodiy tizimning institutsional tuzilmasini tashkil qiladi, u esa, o`z navbatida, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilab, iqtisodiy tuzilma shaklini yuzaga keltiradi. Ya’ni, xo‘jalik birliklari o‘rtasidagi xo‘jalik faoliyatining qoidalari va tuzilmaviy chegaralari tashkiliy tuzilmani: o‘`zaro ta’sir qanday shartlarda va shakllarda amal qilishini belgilab beradi.
Shunday qilib, iqtisodiyotning institutsional tuzilmasi yoki uning alohida tarmog‘i har qanday davr oralig‘ida quyidagi uchlik bilan ta’riflanadi: institutsional muhit (iqtisodiy institutlar yig‘indisi) - institutsional qurilma (o‘zaro ta’sir shakllari) - tashkiliy tuzilma (tashkiliy shakllar yig‘indisi). Bunda mazkur uchlik doirasidagi sabab-oqibati aloqalari teskari yo‘nalishga ham ega.
Institutsional nazariya asosiy qoidalarining qisqacha tahlili ko‘rilayotgan muammoga nisbatan muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator xulosalarni keltirib chiqardi, ya’ni:

  • iqtisodiy institutlar, xo‘jalik birliklarining o‘zaro ta’sir shakllari va ularning tuzilmasi o‘rtasida ancha mustahkam o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik mavjud;

  • mazkur nazariya doirasida alohida iqtisodiy tashkilotlarning aktivlari va ular bilan bog‘liq ishlab chiqarish chiqimlari tavsifini to‘ldirish hisobiga ularning chegaralarini belgilovchi sabab va omillarni tushuntirib berish mumkin12;

  • davlatning iqtisodiy jarayonlardagi roli va o‘rni bozorning yechilmagan muammolarini bartaraf qilishdangina emas, balki jamiyat uchun eng kam transaksiyaviy talafotlar bilan uning me’yor va qoidalarining bajarilishini ta’minlashdan ham iboratdir.

Boshqaruvning doimiy o‘zgarib boruvchi tashkiliy shakllariga qarab, odatda, birinchi galda institusional muhitning alohida elementlari transformatsiyasi bashorat qilinadi. U ko‘pincha ob’ektiv tusga ega va jamiyat (davlat)dagi afzalliklar tizimidagi o‘zgarishlar bilan yoki narxlarning o‘zgarishi bilan belgilanadi. Shu bois, odatda, institutlarning va demak, institusional muxitning ob’ektiv dinamikasi sharoitida maqsadli rejalashtirish doirasi juda tor bo`lib, davlat me’yoriy-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va ularni qabul qilish jarayonida alohida me’yor va qoidalarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Bunda quyidagi holatlar alohida ahamiyat kasb etadi:

  • alohida davlat tashkilotlarining institusional muxitni ijtimoiy farovonlikning pasayishiga va «rentaga yo‘naltirilgan» deb atalmish xulq-atvorning kuchayishi uchun sharoit vujudga kelishi tomon o‘zgarishiga olib keluvchi kuchi va ta’sirini cheklashga intilishi;

  • u yoki bu me’yoriy hujjat ta’siriga bog‘liq transaksiyaviy chiqimlarni hisobga olish va baholash hamda ularning alohida tashkilotlar tomonidan ham, davlat tomonidan ham sarf-xarajatlarni o‘z ichiga oladigan umumiy miqdorini kamaytirishga intilish.

Ob’ektiv umumiqtisodiy dinamikadan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan diskret dinamikaga o‘tishda vaziyat tubdan o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar asosiy iqtisodiy institutlar, birinchi galda, mulkchilik institutining o‘zgarishiga bog‘liq. Bunday sharoitda nafaqat institutsional muhitda, balki iqtisodiyotning butun tashkiliy tuzilmasi doirasida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Diskret o‘zgarishlar muammosining murakkabligi, uning ko‘p qirrali tusi ularni amalga oshirishni bashoratlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunda zarur boshlang‘ich institutsional tuzilmaning shakllanishini ta’minlovchi omillar va shart-sharoitlarni to‘liq hisobga olish ham, ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirishning vaqtinchalik doiralari ham alohida ahamiyat kasb etadi13.
Shubhasiz, joriy etilishi talab qilinayotgan yangi texnika, ishchi kuchi malakasi, umuman olganda investitsiya salohiyati ham hududlar bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan. Bu qator sabablarga bog‘liq.
Birinchidan, mintaqaviy mehnat bozorlari zarur malakali ishchi kuchi bilan turlicha to‘ldirilgan.
Ikkinchidan, funksional-hududiy mehnat taqsimoti yuqori bo‘lgan joylardagi korxonalar yangi texnikani joriy etishda qulayroq imkoniyatlarga ega, chunki yuqori malakali xodimlarning soni ham yuqori. Sanab o‘tilgan omillar eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarning innovatsion-investitsiyaviy faoliyatiga va rivojiga qay darajada ta’sir ko‘rsatsa, bunday joylashtirishning diffuziya jarayoniga ta’siri texnika xususiyatiga ham, «ko‘lam samarasi»ga ham shunchalik bog‘liq bo‘ladi. Joylashtirish o‘rnining korxona tomonidan texnik yangiliklarni joriy etish tezligiga va eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlarning rivojiga ta’siri kompleks texnologiyalarda ancha yaqqol ko‘rinadi, chunki aynan shular uchun korxonalar teztez tashqi resurslardan foydalanadilar. Mayda korxonalar yangi texnika munosabati bilan tashqi resurslardan qanchalik ko`p foydalansa, ko`lam samarasi shunchalik yuqori ahamiyatga ega bo`ladi. Demak, joylashtirishning ta’siri ko`proq bir zavoddan iborat mayda korxonalar guruhida namoyon bo`ladi, bunday korxonalar joylashishdagi kamchilikni ichki ishlab chiqarish resurslarini safarbar etish yo‘li bilan qoplashga juda past darajada moslashgan.
Bunday14 tahlil shuni ko‘rsatadiki, alohida mintaqalar o‘rtasida innovatsion salohiyatdan foydalanish jadalligidagi farqlar ko‘pincha muayyan korxonalarning texnikadan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rtasidagi tegishli farqlarga borib taqaladi. Shuning uchun markazda chetga nisbatan joriy etish sur’atlarining yuqoriligini qishloq joylarini kamsitish sifatida qarash noto‘g‘ri.
Korxonalar mahsulotlariga bozor talabi yangi texnikani joriy qilish uchun asos vazifasini o‘taydi. Bunda, agar ular mahsulot sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuchli raqobatlashsa, sifatni oshirish imkoniyati muhim rol o‘ynaydi; agar bozorda narx raqobati hukmron bo‘lsa, investitsiyaviy yechim uchun asos chiqimlarni kamaytirish bo‘ladi. Agar xaridorlar qisqa ta’minot muddatlariga ko‘proq e’tibor bersa, u holda texnika ishlab chiqarish va muomala siklini qisqartirish maqsadida joriy etiladi. Ko‘p sonli tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, rivojlanish siyosati sifatida texnologiyalarni rag‘batlantirish uchun umuman yangi texnikani tarqatishni qo‘llabquvvatlashdan ko‘ra mintaqada mavjud yangi va «eski" texnikadan samarali foydalanish ko‘proq muhimdir. Texnologiyalarni mintaqaviy siyosat strategiyasi sifatida qo‘llab-quvvatlashning maqsadlari va vositalari bo‘yicha boshqa muxim xulosalar quyidagilardir:

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə