Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari


Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi



Yüklə 185 Kb.
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü185 Kb.
#107188
1   2   3   4   5
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari

Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi

Bozorga o‘tish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xo‘jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, o‘tish bosqichida bozor shakllanish bosqichida bo‘ladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xo‘jalikdan bozorga o‘tish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat o`tish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag‘batlantirishga, uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan1.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatning o‘tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o‘z tartibga soluvchilarini ta’sirini to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish.
Birinchi guruhga bozor xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining huquqiy bazasini ta’minlash funksiyasi hamda bozor muhitida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida raqobatni rag‘batlantirish va himoyalash funksiyasi kiradi.
Ikkinchi guruhga esa daromadlarni qayta taqsimlash, resurslarni taqsimlashga tuzatishlar kiritish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish funksiyalari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar o‘tish iqtisodiyoti uchun ham, rivojlangan bozor iqtisodiyoti uchun ham xos xususiyatdir, biroq bozorga o‘tish bosqichida ushbu funksiyalarning har birining amalga oshirilishi qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Agar shakllangan bozor xo‘jaligida iqtisodiyot faoliyat ko‘rsatishining huquqiy bazasini ta’minlash asosan amaldagi xo‘jalik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishini nazorat qilish va unga qisman tuzatishlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshirilsa, o‘tish bosqichida esa xo‘jalik yuritishning butun huquqiy bazasini yangidan tashkil etish talab etiladi.
O‘tish davridagi iqtisodiyotga xos bo‘lgan raqobatning rivojlanmaganligi va bozorni monopollashtirishning haddan ziyod yuqori darajasi tufayli mazkur funksiyani amalga oshirish bu yerda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug‘ullanishi mumkin va lozim bo‘lgan yagona institutdir.
Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish qobiliyati sifatida ta’riflashadi.
Mikrodarajadagi raqobatbardoshlik omillarning ikkita guruhi bilan aniqlanadi: milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi, shuningdek, makroiqtisodiy biznesmuhitning sifati bilan. Forum ma’ruzasining mualliflari firmalar darajasidagi raqobatbardoshlikni to‘rtta asosiy omil bilan bog‘laydilar: resurslar, tashqi raqobat, talab, tarmoqlararo aloqalar.
Bunda firma ichidagi menejment, marketing, harakat strategiyasi («tadbirkorlik muhitining sifati») ham muhim hisoblanadi.
Jahon iqtisodiy forumining ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlik muhitining omillari umuman mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish dinamikasiga eng katta ta’sir ko‘rsatdi (60 foiz)2.
Janubi-Sharqiy Osiyo YaSM (yangi sanoatlashgan mamlakatlari)ning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning jadal iqtisodiy o`sishining muhim shartlaridan biri bo‘lib aynan davlat - biznes aloqasining mavjudligi hisoblanadi. M.Porterning ta’kidlashicha, firmalarning raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy o‘sishi darajasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Tadbirkorlik muhiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng muhim omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ichki bozorda raqobatning jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab hususiyatlarining murakkablashuvi va ichki taklifning miqdor va sifat bo‘yicha talabga mosligi.
Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari bo‘yicha orqada qolish O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak asosiy rolni o‘ynashi mumkin.
Resurslar va daromadlarga bo‘lgan mulkchilikning nodavlat huquqlari institutini rivojlantirish uchun davlat har xil ma’muriy, byurokratik. to‘siqlarga barham berish ishlarini3 kuchaytirish lozim, bu mayda va o‘rta biznesni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik renta hajmini qisqartirish, tadbirkor insonlar muammolari va qiyinchiliklariga katta e’tibor qaratish, zarur moliyaviy va axborot muhitini yaratishni anglatadi. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlardagi kabi respublikamizda ham hukumat tomonidan o‘rnatiladigan firmalarning bozorga kirib borishiga ruxsat berish va unda chiqish qoidalari ichki raqobat uchun asosiy institusional to‘siq hisoblanadi. Hukumatning me’yordan ortiq va qimmat turuvchi qoidalari ham korrupsiyaga ko‘maklashadi va resurslarni taqsimlash sohasida noqulay oqibatlarga olib keladi, chunki ular xodimlar va firmani norasmiy bozor sohasiga o‘tishga yoki mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladi. Uning o‘rniga bozorlarda raqobatni rivojlantirish zarur, bu uning barcha ishtirokchilari uchun imkoniyatlar tengligiga erishishga ko‘maklashadi.

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə