Milliyg'oya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash omilari. Reja: Milliy g’oya


Jamiyat taraqqiyotining g’oya, mafkuralar bilan o’zaro bog’liqligi



Yüklə 32,28 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü32,28 Kb.
#154414
1   2   3
Milliyg\'oya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash omilari.

Jamiyat taraqqiyotining g’oya, mafkuralar bilan o’zaro bog’liqligi.

Har qanday mamlakatda jamiyat taraqqiyoti ko’p jihatdan jamiyatdagi muayyan fikrlar, g’oyalar, va mafkuralarning o’zaro bog’liqligi tamoyiliga asoslanadi. Jamiyat taraqqiyotini muhim omili hisoblanuvchi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohasidagi o’zaro uyg’unlikni ta’minlashning ob’ektiv zarurligi Yurtboshimizning ko’pgina asarlarida chuqur tahlil qilingan. Masalan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi haqida to’xtalib shunday dedi: «Moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o’zaro bog’lanib, bir-birini to’ldiradi. Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o’z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog’liq asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi”


Ana shu falsafiy – siyosiy tahlildan kelib chiqqan holda bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlanib borishi masalasi davlatimiz siyosatining markaziga qo’yib kelinayotganligi bejiz emas. Jamiyatimizning ma’naviyat sohasida amalda oshirilayotgan islohotlarning samarasi ilg’or fikrlar, g’oyalar, mafkuralarning o’zaro bog’liqlik darajasi bilan o’lchanadi. Jamiyat taraqqiyotida kishilarning tevarak olam sirlarini o’rganishi, tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etishi, tabiiy bilimlari va dunyoqarashlari juda muhim ahamiyatga ega. Dunyoning tuzilishini tushuntirgan va unda qanday yashash lozimligini ko’rsatgan ilmiy bilimlarning yuzaga kelishida insoniyatning eng ilg’or vakillari yaratgan dunyoviy g’oyalar o’zaro bog’liqlikda hamisha taraqqiyot uchun xizmat qilib kelgan. Jumladan, Demokritning atomlar to’g’risidagi farazlari, Kopernikning geliotsentrik nazariyasi, Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi yutuqlari, Beruniyning “g’arbiy yarimsharda quruqlik bor” degan fikrlari, Ulug’bekning koinot sirlarini o’rganish sohasidagi yutuqlari, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi kabi ilmiy g’oyalar insoniyat taraqqiyotiga juda kuchli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Inson tafakkuriga tayangan fan taraqqiyoti olam kabi uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda tasdiqlanmagan, eskirgan fikrlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi. Millatlar tashkil topgan davrlardan boshlab, milliy g’oya va mafkuralar eng dolzarb, siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy masala hisoblanib, jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, ommani ma’naviy-ruhiy jihatdan tarbiyalashga katta ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Inson kamolotini fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, jamiyat tarixini ham g’oya va mafkuralarsiz tushuntirib bo’lmaydi. Fikr, ziddiyatli fikrlar dastlab individ ongida paydo bo’ladi. Inson kamolga yetishi bilan uning fikrlari ham, ular o’rtasidagi kurashlar ham kuchayib boradi. Ular qanchalik haqiqatni ko’p ifoda etsa, shunchalik ko’pchilikning mulkiga aylanadi. Chinakam g’oya maqomiga erishadi. Тabiiyki, bu tez kechmaydi. Хuddi shuningdek, 12 g’oya va mafkura, ayniqsa, milliy g’oya birdaniga qisqa muddatda paydo bo’ladigan hodisa emas. Aslida go’yo birdaniga paydo bo’lganday tuyulgan g’oya zamirida ham ongning, kishilar fikriy, g’oyaviy izlanishlarining ko’p asrlik taraqqiyoti yotadi. Shu jihatdan qaralganda milliy g’oya uzoq jarayonlarning hosilasi bo’lib, o’zida individlar majmuasidan iborat bo’lgan xalqning tarixi, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari, ma’naviyatini mujassam etadi. Ilk asoslari ayrim shaxslar tafakkurida paydo bo’ladigan milliy g’oya va mafkura har bir fuqaro ongi va shuuriga chuqur ta’sir qilib uning oila, mahalla, jamiyat, davlat, xalq oldidagi burch va mas’uliyati qay darajada ado etilayotganini nazorat qilib turadi. Bu jarayon jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Milliy g’oya – millat tafakkurining ko’p asrlik mahsuli va davr taqozosi bilan takomillashib boruvchi uzluksiz hodisadir. Falsafada “fikrlayapman, demak yashayapman” degan hikmat bor. Milliy g’oya – inson va jamiyat hayotiga ma’nomazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui, xalq hayotining fikriy ifodasidir. Lekin har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g’oya bo’la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr o’ziga xos bir qarashdir. Ammo, yuqorida aytganimizdek, u o’sib, ijtimoiy fikrga aylanishi mumkin. Boshqacha aytganda, fikrsiz g’oya yo’q. Ijtimoiy fikr esa – voqelikka nisbatan o’zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G’oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug’ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. Milliy mafkura – mohiyatan milliy g’oyaga yetish yo’lidir. Nima qilinsa, shu g’oyaga intilish tezlashadi, osonlashadi, maqsad amalga oshadi, qanday ish tutilsa, mazkur g’oyaga zid harakatlarning yo’li to’siladi – milliy mafkura aynan shu savollarga javob beradi va o’ziga xos vazifalarga ega. Ilmiy tilda talqin etadigan bo’lsak, milliy mafkura – taktika bo’lib, tarixan diniy, axloqiy, huquqiy, siyosiy, estetik, falsafiy shakllarda namoyon bo’ladi. Milliy mafkura – xalqning o’zgalarga tobe bo’lmay erkin va ozod yashashi, o’zini o’zi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, eng ilg’or fikrlari majmuidir. Prezidentimiz “Тafakkur” jurnali bosh muharriri bilan bo’lgan suhbatda mafkuraga, xususan, milliy mafkuraga bo’lgan munosabatini konsepsiya sifatida shunday ifodalaydi: “Odamlarning, ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.1 Darhaqiqat, mafkura o’tmish, bugungi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos tafakkur ko’prigi va millatni birlashtiruvchi bayroqdir. O’zbekistonda bir yuz o’ttizdan oshiq millat, elat va etnik guruhlar bir mamlakat hududida yashar ekan, ularning bir maqsadni ko’zlashi, o’zaro uyg’unlikka ega bo’lishi, milliy birlikni vujudga keltirish uchun, albatta, o’ziga xos bir milliy mafkurasi bo’lishi hayotiy zaruriyatdir. Shuning uchun ham, mafkura bugungi kunimizda ko’p millatli xalqimizni bir davlat miqyosida, bir yurt xalqini bir hududda birlashtiruvchi asosiy kuch sifatida ham maydonga kelishi mustaqil taraqqiyot talabi hisoblanadi.




  1. Yüklə 32,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə