Milliyg'oya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash omilari. Reja: Milliy g’oya



Yüklə 32,28 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü32,28 Kb.
#154414
  1   2   3
Milliyg\'oya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash omilari.


Milliyg'oya tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash omilari.
REJA:



  1. Milliy g’oya.




  1. Jamiyat taraqqiyotining g’oya, mafkuralar bilan o’zaro bog’liqligi.




  1. Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi.



  1. Milliy g’oya.

Milliy g’oya – millatning o’tmishi, bugungi va istiqbolni o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli.


Milliy istiqlol g’oyasi - O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol g’oyasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad – mudaolarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va kelajagini bir–biri bilan bog’laydigan, asriy orzu- istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan ma’naviy omillardir.
“Milliy istiqlol g’oyasi” – mustaqillik yillarida davr talabi va jamiyatimiz ehtiyoji tufayli shakllangan zamonaviy zaruriy fandir. Uning predmetini O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yillarida to’plagan tajriba, o’ziga xos taraqqiyot yo’li, kelajakda buyuk davlatni barpo etish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, milliy g’oya va milliy mafkuraning jamiyat rivojlanishiga ta’siri tashkil etadi. O’zbekistonda milliy istiqlol g’oyasi shakllanishining nazariy asosini yurtboshimiz Islom Karimov asarlari asosida tayyorlangan “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” risolasi va boshqa qator kitoblar tashkil etgan. Milliy istiqlol g’oyasi jamiyatimiz taraqqiyoti va kelajagining mafkuraviy, ma’rifiy, ma’naviy tamoyillarini ifoda etuvchi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to’g’risidagi yaxlit tizimli, izchil ta’limotdir. Bu ta’limot o’z tushuncha va tamoyillari, tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va 5 diniy, milliy hamda umumbashariy ildizlariga ega muayyan tarixiy zaruriyat mujassam bo’lgan fanning asosini tashkil etadi.
Shunisi xarakterliki, milliy g’oyaning har bir tushunchasi keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda nashr etilgan metodik qo’llanmalarda milliy g’oyaga ta’luqli 50 ga yaqin tushunchalar berilgan. “Milliy g’oya”, “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Milliy rivojlanish g’oyasi”, “Milliy istiqlol mafkurasi”, “Vatan ravnaqi”, “Yurt tinchligi”, “Хalq farovonligi”, “Diniy bag’ri kenglik”, “Ijtimoiy hamkorlik” va boshqa ko’plab tushunchalar ham Islom Karimov asarlarida o’z ifodasini topgan.1 Aniq maqsad va vazifalarga yo’naltirilgan milliy istiqlol g’oyasi xalqimiz va millatimizga taraqqiyot tamoyillarini ko’rsatib boruvchi umummilliy dastur bo’lib, unda jamiyatimizning rivojlanishi qonuniyatlari o’ziga xos tarzda aks etadi.
Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini o’rgatish va o’rganishda o’qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: - ma’naviy, mafkuraviy ishlarni olib borishda fuqarolarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini xisobga olish;
- targ’ibot, mashg’ulotlar jarayonida tazyiq o’tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, baxs- munozara yuritish ko’nikmalarini oshirishlarini rag’batlantirish;
- targ’ibotchi va tinglovchilar o’rtasida o’zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharxlashda hayotiy misollardan samarali foydalanish;
- yoshlarda g’oyalar o’z ma’no – mohiyatiga ko’ra asosan bunyodkor yoki vayronkor bo’lishi haqidagi hayotiy va xaqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;
- milliy istiqlol g’oyasining umuminsoniy mohiyatini yoritish asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab – avaylab, boyitib kelgusi avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini xalq, talabalarning ongiga singdirish.
Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi va vazifalari. Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o’z maanfatlarini, maqsad - mudaolari, orzu – intilishlarini ko’zlab, bosh maqsadni aniqlab, harakat qiladi. Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qilishdir. Demak, bu fanning maqsadi: milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini yosh avlod qalbiga singdirishdan iborat. Bu fanning vazifasi zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiyliy fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur» 1 . Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi va vazifalari yurtboshimizning qator asarlarida ilmiy – nazariy jihatdan asoslab berilgan. Biz yuqorida sanab o’tgan manbalar ichida “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – terovard maqsadimiz”, “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonch”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kabi asarlarda milliy g’oya va milliy mafkurani ishlab chiqish, ularni aholi orasida targ’ib etish, yoshlar ongiga singdirish, qolaversa jamiyat, yurt Vatan taraqqiyotining muhim omili sifatida o’rganish zarurligi atroflicha asoslab berilgan. Masalan, «Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli risolasida: “Milliy g’oya, milliy mafkurasini ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg’or vakillari, kerak bo’lsa, mutafakkirlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini bag’ishlaydigan fidoiy ziyolilari mehnat qilishlari lozim” deb ta’kidlangan


  1. Yüklə 32,28 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə