“Charxpalak” texnologiyasi



Yüklə 15,14 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü15,14 Kb.
#116938
Charxpalak-texnologiyasi


Charxpalak” texnologiyasi


Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talaba(yoki o`quvchi)larni o`tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to`g`ri javob berishga va o`z-o`zini baholashga o`rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o`qituvchi tomonidan barcha talaba(yoki o`quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: talaba(yoki o`quvchi) larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o`z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko`p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o`rgatish.
Texnologiyaning qo`llanilishi: texnologiya o`quv mashg`ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o`quv predmetining biron bir bo`limi tugallanganda, o`tilgan mavzularni talab(yoki o`quvchi) lar tomonidan o`zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish uchun mo`ljallangan.Ushbu texnologiyani mashg`ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg`ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam(yoki flomaster) lar.
Izoh: reja bo`yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo`ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o`tkazish mo`ljallangan bo`lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:

  • talaba(yoki o`quvchi) larni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;

  • talaba (yoki o`quvchi) mashg`ulotni o`tkazishga qo`yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;

  • tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish;

  • guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;

  • har bir guruh a’zosi o`zi ishlagan tarqatma materialining o`ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o`zining biron-bir belgisini chizib qo`yadi;

  • vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga “charxpalak aylanmasi” yo`nalishida almashtiriladi;

  • yangi guruh a’zolari tomonidan o`rganilgan va o`zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo`nalish bo`yicha guruhlararo almashtiriladi(ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);

  • materiallarni oxirgi almashishdan so`ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o`zlari ilk bor to`ldirilgan materiallarni (guruh raqami va o`zlari qo`ygan belgilari asosida)tanlab oladilar;

  • har bir guruh a’zosining o`zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;

  • o`qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o`qiydi va jamoa bilan birgalikda to`g`ri javoblarni belgilaydi;

  • har bir talaba(yoki o`quvchi) to`g`ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to`playdilar va o`z-o`zini baholaydilar.


Yüklə 15,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə