Mingtepa qadimgi Farg’ona poytaxti


Ginshi termini bilan o’z davlatlari poytaxtlarinigina tushinadilar. Boshqa davlatlar poytaxtlarini du



Yüklə 21,61 Kb.
səhifə3/3
tarix05.02.2022
ölçüsü21,61 Kb.
#83486
1   2   3
Mingtepa

Ginshi termini bilan o’z davlatlari poytaxtlarinigina tushinadilar. Boshqa davlatlar poytaxtlarini du ya’ni rezidentsiya deydilar. Agar yuqoridagilarni hisobga olsak Mingtepa ko’plab belgilariga ko’ra poytaxt maqomiga ega bo’lgan shaharlar tipiga kiradi. Qadimgi shahar miloddan oldingi IV-III asrlarda shakllangan, milodning V-VI asrlaridan keyin Mingtepada xayot to’xtagan.

Andijon viloyati, Marxamat shahri yaqinidagi Mingtepa yodgorligini Ershi shahri bo’lishi mumkinligi aksariyat farg’onashunoslar tomonidan tan olingan. Bunga bir necha sabablar bor:


  1. Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, ark, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt – miloddan avv. 136-115 yillarga to’g’ri keladi va ular salmog’i ham yetarlicha.

  2. Xitoy manbalari habar bergan Ershi «o’rta shahri» qoldiqlari faqat Mingtepada saqlangan (maydoni 40 gektardan ortiq). O’rta shahar ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o’ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan.

3.Ershi xitoyliklarni vodiyga kirib kelishdagi Yu (Yuchen)dan keyingi shahar edi. Manbalarni sinchiklab o’rganilsa, mavjud geografik holatga ko’ra, ular Sharqiy Fargonada joylashgan bo’lishlari kerak. Biz keltirib o’tgan da’lil-asoslarni Farg’ona vodiysida keyingi 70 yilda o’tkazilgan arxeologik qazuv ishlari ham tasdiqlaydi. Chunki aynan vodiy sharqiy tomonlari ilk dexqonchilik va dastlabki shaharlar paydo bo’lgan xudud hisoblanadi. Asosiy dexqonchilik bilan bog’liq yodgorliklar 60-70 foizi shu xududda ekanligi aniqlangan. Qolaversa, tanilgan farg’onashunos N.G. Gorbunova va boshqa olimlarning Davan davlatini Sharqiy Farg’onada joylashgan degan salohiyatli xulosalar ham bor. Xullas, Davan poytaxti Ershi o’rni hozirgi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra Mingtepada joylashgan bo’lishi kerak. Buni keyingi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Jumladan uzoq

vaqtlardan beri o’z maqolalarida Ershi – bu Axsikent deb hisoblovchi A.Anarboev ham “Vodiynoma” jurnalidagi (2016 yil 1 – son) makolasida Mingtepani – bu Ershi degan fikrni to’g’riligini tan oldi.

Mingtepa o’z mahobati va ulug’vorligi bilan boshqa yodgorliklardan ajralib turadi. Chet ellarda xususan Xitoyda Mingtepaga va undagi qazishmalarga qiziqish katta. XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari Mingtepadagi ilmiy qazishmalarda qatnashmoqdalar. 2016 yili qadimgi shaharni ko’rgani Xitoydan ikki gurux sayoxatchilar va arxeologlar kelib ketdilar. Chin mamlakatining SSTV telekompaniyasi o’n minutlik ko’rsatuv qilib ko’plab mamlakatlarga bir necha tilda tarqatdi. Bu 2016 yil sentyabr oyida VTV (Bejing Tv) kompaniyasi Andijon (Mingtepada), Samarkand, Buxoro, Xorazmda, Shahrisabzda suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu ham Mingtepaga e’tibor va uni Buyuk Ipak yo’lidagi roliga yuksak baho berilishi ramzidir. Ta’kid joizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS) mamlakatlari rahbarlari Toshkent sammiti paytida (23-24 iyun, 2016) XXR raisi Si TSzinpin Mingtepadagi arxeologlar bilan uchrashib suhbatlashdi va qazishma ishlarini davom ettirishni ta’kidlab ular ishlarida zafarlar tiladi.

Mingtepa transkontinental yo’llar tizimida Baqtriya, Ustrushona, Choch kabi xududlarini Xitoy bilan bog’lagan shahar edi. Yuz yillar davomida Ipak yo’li bo’yidagi xunarmandchilik, savdo markazi sifatida geosiyosiy rol o’ynagan. Buni Farg’ona vodiysidan topilgan ayrim Xitoy tanga pullari, ipak matolari va jez ko’zgulari dalolat beradi.


https://mingtepa.uz/mingtepa-qadimgi-fargona-poytaxti/ 2022-yil 15-yanvar 12:51
Yüklə 21,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə