Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix16.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#110687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Investitsiyalarning 2018 – 2019 yillar yanvar –mart oraliqdagi ummumiy 
xajmga nisbatan foiz xisobida.
8

1.3 1- jadval 
Jadvalda ko’rinadiki 2018 yil turar joy qurilish 33.6%qaytaishlash sanoatiga 
26.5%,elektr gaz bilan ta’minlash 3.4 %chakan savdoga 5.6% qishloq xo’jaligi 
11.3,tashish va saqlash5.3% tog’ kon sanoati 5.3% qurilish 1.7% texnik faoliyat 
0.3%,xizmatlar ko’rsatish 0.2%, sog’liqni saqlash 1.5% boshqa faoliyat turlari 5.3% 
8
Manba : O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi 


22 
-ni tashkil qilgan bo’sa 2019 – yilga kelib bu ko’rsatkich turar joy qurlishiga 13.4% 
qayta ishlash sanoatiga 36.6% elektr gaz bilan ta’minlash 3.3 %chakana 
savdoga2.9% qishloq xo’jaligi 15.5%,tashish va saqlash 4.9% tog’ kon sanoati 0.3% 
qurilish 1.6% texnik faoliyat 0.4%,xizmatlar ko’rsatish 0.5%, sog’liqni saqlash 4.2% 
boshqa faoliyat turlari 16.4% tashkil qilib kelmoqda. 
Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga 
qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa 
qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan 
O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy 
Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohasida 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon, 
qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik 
sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi. Shunga 
qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo 
mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga 
nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa 
mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi. 
2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiyiqtisodiy 
islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va 
o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. 
Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari 
va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-
yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi. 
Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz 
investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va 


23 
samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim 
vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar 
natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga 
oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni 
o’zlashtirish biznes-reja va texnikiqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu 
bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli 
loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar 
berildi. Keng imkoniyatlari bo’lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy 
investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta 
loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11, 
Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy 
viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va 
Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya 
ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi. 
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli 
huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda 
mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari 
orasida yetakchi hisoblanadi 


24 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə