Mirzamatov Muxtorjon Mavzu: Epilepsiya



Yüklə 65,87 Kb.
səhifə1/23
tarix30.12.2023
ölçüsü65,87 Kb.
#166287
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Mirzamatov Muxtorjon

Mirzamatov Muxtorjon

Mavzu: Epilepsiya

Reja:

  • 1) ETIOLOGIYASI
  • 2) PATOGENEZI
  • 3) KLINIKASI
  • 4) DAVOLASH

ETIOLOGIYASI

  • Epilepsiya – polietiologik kasallik. Uning rivojlanishida bir qator salbiy omillar, ya’ni genetik, bosh miya jarohatlari, tug‘ma anomaliyalar, infeksiyalar, metabolik buzilishlar, intoksikat-siyalar, neyrodegeneratsiyalar va serebrovaskulyar kasalliklarning o‘rni katta.

Ushbu etiologik omillarning o‘rni turli yoshda turlichadir.

3 oylik davrgacha

  • Intrakranial gemorragiyalar
  • Bosh miya ishemiyasi, gipoksemiya.
  • Kranioserebral jarohatlar, tug‘ma anomaliyalar, arteriovenoz malformatsiyalar.
  • Virusli (qizilcha, qizamiq, gerpes, sitomegaliya, ECHO)
  • Bakterial (stafilokokk, listerioz, kolibasillyar, aerobakterial)

4 oylikdan 3 yoshgacha

  • Prenatal yoki perinatal patologiya
  • Postnatal kranioserebral jarohatlar
  • Metabolik buzilishlar
  • MNS infeksiyalari
  • Tug‘ma malformatsiyala

3–20 yoshlar

  • Nasliy moyillik
  • MNS infeksiyalari
  • MNS jarohatlari
  • Tug‘ma malformatsiyalar
  • Metabolik buzilishlar

20–60 yoshlar

  • Intrakranial o‘smalar
  • Bosh miya jarohatlari
  • Serebrovaskulyar kasalliklar
  • MNS infeksiyalari
  • Ichkilikbozlik va giyohvandlik (kokain, amfetamin)
  • Toksik intoksikatsiyalar (izoniazid, lidokain, penitsillin)

60 yoshdan so‘ng

  • Serebrovaskulyar kasalliklar
  • Bosh miya o‘smalari (shu jumladan, metastatik o‘smalar)
  • Bosh miya jarohatlari
  • Metabolik ensefalopatiyalar
  • Avval o‘tkazilgan boshqa serebral kasalliklar

Patogenezi

  • Kasallik etiologiyasidan ma’lumki, bosh miya katta yarim sharlarining bioelektrik faolligini keskin o‘zgartiruvchi har qanday omillar epileptik xurujlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday omillar ta’siri ostida po‘stloqda epileptogen o‘choq shakllanadi.
  • Epileptogen o‘choq – bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida joylashgan yuqori darajada qo‘zg‘aluvchan neyronlar guruhi.

Yüklə 65,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə