Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Urartu madaniyati. “Xayk va Bel jangi” to‘g‘risida va “Qirolicha Shamiram haqida” afsonalar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə28/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
жахон тарихи

Urartu madaniyati. “Xayk va Bel jangi” to‘g‘risida va “Qirolicha Shamiram haqida” afsonalar


Urartu madaniyati to‘g‘risida kam ma’lumotlar saqlangan. Biroq endilikda ururtuliklar Old Osiyoning boshqa xalqlari madaniy ijodi bilan chambarchas bog‘liq holda yuqori madaniyat yaratganligi va jahon madaniyati xazinasiga o‘zining sezilarlili hissasini qo‘shganligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Urartu madaniyatining ko‘pgina xususiyatlari o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Urartlar o‘zlarining qadimiy ieroglif yozuviga ega bo‘lib, maxsus tasvirli belgilar ayrim buyumlar va sopol parchasida o‘z aksini topgan. Arxitektura va metallurgiya yuqori darajada taraqqiy etgan. Sargon saroyi devorlarida saqlanib qolgan Mutsatsir ibodatxonasi tasvirlari badiiy nuqtai nazardan alohida qiziqish uyg‘otadi. Bu ibodatxona mil. avv. IX—VIII asrlarda yuqori platformada qurilgan. O‘zining


ikki nishabli tomi, binoning old qismi va oltita ustunlari bilan fasad qismining bezatilishi qadimgi grek inshootlarini esga tushiradi. Ehtimol, ularning oldosiyo prototipi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Asosining saqlanganligi arxitekturada ustunlarning qo‘llanganligidan dalolat beradi. Ularning ayrimlari Gruziya Muzeyida saqlanmoqda. Metallurgiyaning yuqori darajada rivojlanganligi bronzadan yasalgan badiiy buyumlarda o‘z aksini topgan. Ularning orasida hashamatli taxtlarning inson qiyofasida qanotli ho‘kiz tasvirida aks etishi va haykaltaroshlik qismini alohida ko‘rsatish mumkin. Bu nafis ishlangan buyumlar mum modeli bo‘yicha bronzadan quyib tayyorlangan. Qo‘shimcha tarzda o‘yma naqsh yordamida haykal tarashlangan va yupqa oltin bilan qoplangan. Yuz qismi oq toshdan yasalgan. Ko‘zi va qoshi qadama naqshli, qizil pasta bilan bezatilgan qanotlarining chuqurlashuvi yorqin rang effektini bergan. Shunga o‘xshash ifodali Urartu metallurgik haykaltaroshlik materiallari asarlari, qadimgi sharq xalqlari san’atida muhim o‘rin egallaydi.
Mil. avv. VIII asrda qurilgan Arin-berd tepaligi qal’a xarobalaridan topilgan devoriy rasmlar Urartu rassomlik san’ati haqida ayrim tasavvurlarni beradi. Topilgan topilmalar bo‘yicha fikr yuritilsa, 1 mgacha balandlikdagi original ko‘p rang-barang bo‘yoqlardagi friz qadimgi zal devorlarini bezagan. Mazkur friz yugurayotgan echki, ibodatga kelgan kishilar yaqinida turgan muqaddas daraxt hayoti, ho‘kizlar, qanotli disklar va nihoyat, o‘simlik va geometrik ornamentlar tasviridan tashkil topgan. Bu badiiy syujetlar qadimgi sharq san’ati uchun o‘ziga xos bo‘lib, ammo o‘z vaqtida Urartu madaniyati uchun xos bo‘lgan ayrim o‘ziga xos xususiyati bilan farq qiladi.
Urartu aholisi ossur-bobil sivilizatsiyasining yutuqlaridan yaxshigina foydalanganlar. Ular ossurlardan mixxatni o‘zlashtirib olganlar. Ammo uni bir muncha soddalashtirib, takomillashtirganlar. Urartuda metallurgiya va tasviriy san’atning rivojlanishi, ossurlar va xettlar metall ishlab chiqarishi va badiiy ijod texnikasi bilan chambarchas bog‘liq. Qanotli ho‘kizlar badiiy obrazi Old Osiyoning qator xalqlari, ya’ni ossurlar, xettlar, mitannilar san’atida saqlangan.
Urartu dini qadimgi fetishizm va tabiat sig‘inishidan to xudolar topinishigacha, ya’ni podsho va davlat homiysi rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Urartlar daraxtlarni va ayniqsa tog‘larni ilohiylashtirganlar. “Xalda tog‘i” xudo Xaldining sifatlashlaridan biri bo‘lgan. Urartu xudolari ro‘yxatida (Mxer Kapusi) Xaldi darvozasi va Xaldi darvozasi xudosi tilga olinadi. Shubhasizki, bu erda qoyalarda kesib o‘tilgan o‘yiq joy nazarda tutilgan. Urartu diniy dunyoqarashi bo‘yicha tog‘da istiqomat qiluvchi iloh muqaddas qoyadan chiqib kelgan. Urartu mamlakatida ilohiy daraxtlarga topinish keng tarqalgan. Turli xil buyumlarda xususan, muhr izlarida, ilohiy daraxtga sig‘inish manzaralari saqlanib qolgan. Bu marosimni podshoning o‘zi ham amalga oshirgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, ilohiy daraxtlar tasviri oldida ilohiy tosh ustunlar, shuningdek, grifonlar tasviri saqlangan. Urartuda Xaldi tog‘i xudosi ilohi bilan bir qatorda hayvonlar va o‘simliklar homiysi hisoblangan tabiat va hosil xudosi ilohi ham mavjud bo‘lgan. Momaqaldiroq va bo‘ron xudosi Teyshub va quyosh xudosi Ard Urartu pantionida muhim o‘rin egallaydi. Urartu yozuvlarida asosan uchta asosiy xudo – Xaldi, Teyshub va Arda tez-tez tilga olinadi. Ammo bularning ichida Urartu aholisining oliy xudosi hisoblangan Xaldi xudosi birinchi o‘rinni egallaydi. Vaqt o‘tgan sayin Xaldi xudosi podsho hamda Urartu davlati homiysi va urush xudosiga aylangan. Nayza va qalqon jangovor xudo va uning yerdagi vakili ilohiy hukumatining ramzi hisoblangan. Ba’zan Urartu podsholari oliy kohin sifatida tasvirlangan.
Xayk va Bel jangi” to‘g‘risida va “Qirolicha SHamiram haqida” afsonalar. Xayk tarixi Mavses Xorenitsada va yana bir arman ilk o‘rta asr tarixchisining asarida saqlangan. Uning qisqacha bayoni quyidagicha: istibdod tuzumga qarshi chiqqan Bela o‘zining qarindosh urug‘lari bilan birga tog‘ mamlakati- shimolga ketib qoladi. Bela itoat qilmaydiganlarni jazolash uchun dushman qo‘shini ustiga yurish qiladi. Jangda Xayk kamonidan o‘q otib, Belani o‘ldiradi. Xaykning o‘g‘illari va nevaralari tog‘liklar bo‘ylab joylashib, arman xalqiga asos soladi.
Shu o‘rinda, Ara sohibjamol va Shamiram haqidagi afsona ham shu xildagi rivoyatlar sirasiga kiradi. Shamiram –bu armancha Semiramida ismining yunoncha
shakliga mos keladi. Ikkala ism ham mil. avv. VIII asrda Ossuriya malikasi Shammuramat ismidan kelib chiqqan. Shamiram-Semiramida haqidagi afsonalar qator sharq xalqlarida va qadimgi yunon adabiyotida yaxshi saqlangan. Malika timsoli unga Ossuriya-Bobil xudosi Ishtar timsoli bilan aralashgan. Xayk va Bela haqidagi afsonaning arman tarixchilari asarlarida saqlangan variantida, Shamiram Ara Sohibjamolni g‘oyibona sevib qoladi. Ammo, sevgisi rad etilganidan keyin, kuch orqali o‘zining hohishiga erishish uchun Armanistonga urush qiladi. Jangda Ara vafot etadi. Shamiram uni natijasiz tiriltirishga harakat qiladi. Qadimgi yunon faylasufi Platon Era Arman yoki Ara haqida hikoya qilganidek, Ara afsonasining qadimgi variantida Ara qayta tirilishi kerak bo‘lgan.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, Urartu qo‘shni xalqlarga jumladan, ossurlar madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Urartu madaniyati Ossuriya metallurgiyasi va Ossuriya san’atining rivojlanishiga shak- shubhasiz, ta’sir etgan. Ayniqsa, Urartu Kavkazorti qo‘shni xalqlari rivojlanishiga kuchli madaniy ta’sir ko‘rsatgan. Armaniston hududida Urartu arxitekturasi ta’siri ostida qurilgan qal’a xarobalari saqlanib qolgan. Urartu tili, dini va ossuriya- vavilon madaniyatining ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlarini saqlagan afsonasi qadimgi arman xalqi madaniyati rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, Urartu qadimgi sharq madaniyatining tarkibiy qismini bir muncha kechroq vujudga kelgan xalqlarga xususan, qadimgi arman va Kavkazortining boshqa xalqlariga topshirgan.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə