Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə12/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
жахон тарихи

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


Shumer shahar davlatlarining vujudga kelishi. 3–Ur sulolasining yuksalishi.
Umma va Lagash munosabatlari. Uttuxengal islohotlari.
Sargon va Akkad davlati. Naram-Suenning tashqi siyosati.
I Kish sulolasi davrida Mesopotamiya. Rimush davrida Shumer-Akkad davlati. Shulgi qonunlari.
Guteylar davrida Lagash.

Bobil podsholigi


Reja:
1.Amoriy qabilalarining Mesopotamiyagi kirib kelishi 2.Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi 3.Yangi Bobil podsholigi
4.Mesopotamiya madaniyati
Amoriy qabilalarining Mesopotamiyaga kirib kelishi. Mil. avv. II ming yillik boshlarida Mesopotamiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz, amoriy qabilalarini shimoldan jadal kirib kelishi uchun sharoit yaratadi. Mil. avv.XVIII asrlar boshida Mesopotamiyani Larsa, Bobil, Eshnunna, Ashshur, Mari, Issin shahar-davlatlari o‘zaro bo‘lib olgan edilar. Ularning aksariyatida amoriy qabilalaridan chiqqan podsholar hukmronlik qilar edi. Mil. avv.1895-yilda amoriylarning yaxrurum qabilasi sardori Sumuabum (mil. avv.1895-1881-yy) Bobil taxtini qo‘lga kiritadi va I-Bobil sulolasiga asos soladi. Uning davrida Bobil mudofaa devorlari bilan o‘rab olinadi. Shahar aholisi ehtiyoji uchun kanallar qaziladi. Kish shahri bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatiladi. Sumuabumdan keyin uning jiyani Sumulael (mil. avv.1881-1845- yy) Bobil taxtiga chiqadi. Bobil o‘sha zamonda hali uncha yirik shahar davlat bo‘lmaganligi manbalarda keltiriladi. U janubiy Mesopotamiyadagi Marada va Kazallu shahri hokimi Alumbiumu bilan urushlar olib boradi. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragach, himoyalanish uchun u ham Bobilni mudofaa devorlari bilan o‘rashga majbur bo‘ladi. Mil. avv.1869-
yilda Bobil podsholigi Kish shahrini bosib oladi. So‘ngra Sippar va Uruk shahar- davlatlari bilan ittifoq tuziladi. Hukmronligining so‘ngida Sumulael, Larsaliklardan mag‘lub bo‘ladi. Bobil davlati Mesopotamiyada gegemon bo‘lishga intilishni vaqtincha qo‘ldan chiqaradi.
Podsho Sumulaelning o‘g‘li Sabium (mil. avv.1845-1831-yy) davrida Bobil, Yuqori Mesopotamiyani eng kuchli shahar-davlatlari Issin va Larsadan qolishmaydigan harbiy kuchga ega bo‘ladi. Shu bilan birga Bobilda, Marduk ilohi uchun Esagilu (“Baland uy”) ibodatxonasini qurdiradi. Keyinchalik Bobil podsholari Apil-Sin (mil. avv.1831-1813-yy) va Sinmuballit (mil. avv.1813-1792- y y)lar Bobil hududlarini kengaytiradilar. Mesopotamiyada gegemonlik uchun kurashda ular yirik nomzodlardan biriga aylanadi. Sinmuballit Bobil podsholaridan birinchi bo‘lib janubga yurish uyushtiradi. Bobilliklar Uruk, Isin, Rapikum shaharlari va sutiy qabilalari bilan ittifoqda Larsa podshosi Rimsinga (mil. avv.1822-1763-yy) qarshi chiqadilar. Ammo mil. avv.1810-yilda Rimsin ushbu koalitsiyani tor-mor keltiradi. Bobil podsholigi Rimsinga bo‘ysunishga majbur bo‘ladi. Natijada Larsaning siyosiy mavqeyi oshib ketadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə