Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə20/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
жахон тарихи

Xattusa darvozalari


Xattusili I Xett podsholigining eng ko‘zga ko‘ringan hukmdorlaridan biri bo‘lgan. U hukmdorligining birinchi yilidayoq Sanvittaga yurish uyushtiradi. Xettlar bu shahar atrofini talaydilar, ammo shaharga zarar yetkazmaydi. Hududda o‘zining garnizon qo‘shinlarini qoldirib, Xattusili Salpa (bu Kichik Osiyoning markaziy qismida joylashgan Salpa emas, balki , shimoliy Suriya yo‘lidagi boshqa Salpa) shahriga qarab harakatlanadi, shaharni egallab uni to‘liq vayron qiladi. Xudolarning haykallari va qimmatbaho buyumlar ko‘rinishidagi qo‘lga kiritilgan o‘ljalar Arinnu shahridagi quyosh xudosi Vurunsem, momaqaldiroq xudosi Taru ibodatxonasiga sovg‘a sifatida beriladi.
Keyingi yili Xattusili I shimoliy Suriyaga bostirib kiradi. O‘zining annallariga ko‘ra Xattusili I Alalax (xet. Alalxa) shahrini egallaydi va uni vayron qiladi. Lekin arxeologik qazishmalar Xattusili davrida vayron qilinganini tasdiqlamaydi. Ehtimol, bu yurish talonchilik va o‘ljalar qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilgan va Xattusili o‘zining oldiga shaharni vayron qilish vazifasini qo‘ymagan. So‘ngra Karxemishdan shimolroqda Frot daryosining o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan, yaxshi himoyalangan Urshu (xettcha Varsuva) shahrini qamal qiladi. Xettlar Urshuni egallay olmaydilar, ular yaqin atrofdagi hududlarni vayron qilish bilan cheklangan. Ko‘p o‘tmay xettlar Igakalish (xettcha Ikakali), Tasxiniya shaharlarini egallaydilar, shuningdek, Urshu, Luxutsanti shahrini ham bo‘ysundirganlar. Shimoliy Suriya mil. avv.XVII asr oxirida Kichik Osiyo shaharlariga qaraganda boyroq edi va bu yerda Xattusili I ko‘plab boylik hamda boshqa hunarmandchilik buyumlarini qo‘lga kiritib, o‘zi tomonidan qurilayotgan ibodatxona va saroylarni ular bilan bezatadi.
Xattusili I o‘z hukmronligining 3- yilida Kichik Osiyoning g‘arbida joylashgan Arsava mamlakatiga hujum uyushtiradi. Lekin xettlarning qo‘shinlari Arsavada urush olib borayotgan bir paytda Xanigalbatdan (Mitanni) xettlar davlatiga yurish qilinadi. Natijada ko‘p joylar xettlar ta’siridan chiqib ketadilar. Xattusili I annallari faqatgina Xattusa shahri unga sodiq qolganini ko‘rsatadi. Qadimgi xett manbalaridan birida xurritlarni Ilansur mamlakatiga (Xalpa yo‘nalishida Frotdan g‘arbda joylashgan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun chaqirilgani yoziladi. Jumladan, ushbu manbada “Qachonki biz (ya’ni, xettlar) Ilansurni bosib olmoqchi bo‘lganimizda ilansur hukmdori xurri qo‘shinlari shohlari
- Uvanti, Urutitti, Arka va Uvagatsandan yordam so‘rab murojaat qildi va sovg‘a sifatida ularga oltin bo‘laklari jo‘natdi”, degan jumlalar keltirilgan. Xurritlar esa o‘sha paytdagi poytaxt Kussar va boshqa yirik xett shaharlariga hujum qiladi. Balki, bu hujumlar siyosiy va ma’muriy markazni Kussardan Xattusaga ko‘chirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgandir.
Xattusili I xurritlarning bosqinini bartaraf qiladi va ularning hujumi davrida qo‘zg‘olon ko‘targan qaram hududlarni bostirishga kirishadi. Podsholigining 4 - yilidayoq ixtiyoriy ravishda dushmanga darvozalarini ochib bergan Nenassa shahrini bo‘ysundirishga erishadi. Shundan so‘ng xettlar Ulma shahar-davlati tomon harakatlana boshlaydilar, janglarda qo‘zg‘olonchilarni yengib, mamlakatni talon-taroj qilib, shaharni vayron qiladilar. Xattusili I Ulma yo‘lidan qaytayotib Salaxsuvu shahrini yoqib yuboradi va uning aholisini qulga aylantiradi.
Hukmronligining 5-yilida Xattusili 6 oylik qamaldan so‘ng Sanaxvitta shahrini vayron qiladi. Keyin xettlar Appay va Ummay shaharlarini bosib oladilar, ayniqsa,Ummay to‘liq vayronaga giriftor bo‘ladi. So‘ngra xettlarga qarshi ittifoqni boshqargan Parmann shahri podshosiga yurish qiladi, lekin qo‘zg‘olonchilar jangsiz taslim bo‘lib, Xattusili I ga shahar darvozalarini ochib beradilar. So‘ngra Xattusili I Alaxxa shahrini egallab, Xattusaga qaytadi.
Xattusili o‘z mamlakatining sharqiy va janubiy-sharqiy hududlaridagi qo‘zg‘olonlarni bostirib, shimoliy Suriyadagi shahar davlatlarga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlaydi. Bu yerda mahalliy gegemoniyani o‘rnatgan Yamxad (poytaxti Xalap yoki Xalpa) shohligi bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi. Xattusili I hukmronligining 6 - yilida Zarunti (xettcha Saruna) shahrini bosib oladi va uni vayron qiladi. Shundan so‘ng xett jangchilari yirik shahar Xashshuga (xettcha Xassuva) yurish boshlaydilar. Xashshuga yordam berish uchun Xalpa podshosi Yarimlim III ikki lashkarboshisi: Zugrashi (xettcha Sukrasi) — «Ukush» otryadi boshlig‘i va Zaludi (xettcha Saluti) — «Manda qo‘shinlari» boshlig‘i bilan shoshiladi. Adalur tog‘larida (Karxemishdan shimolda) Yarimlim tor-mor qilinadi va chamasi u yerda halok bo‘ladi. Bu haqda Alalax arxivida, Xalap «Ukush» otryadi yo‘lboshchisi Zugrashi xabar beradi. Xett qo‘shinlari raqibni izma-iz ta’qib qiladi, bir necha kundan so‘ng Purun daryosidan o‘tishadi so‘ngra ularni o‘z hududida yengadilar. Xashshu shahri vayron qilinadi va o‘t qo‘yiladi. Xattusili I bo‘lsa, shaxsan o‘zi bu shahar hukmdori o‘g‘lini boshini tanasidan judo qiladi. Shundan so‘ng xettlar Sippasna shahrini egallaydilar va Xaxxa shahriga (xettcha Xaxxum, zamonaviy Samsat yaqinida) yaqinlashadilar, bu shaharga hujum jarayonida uchta jangda g‘alaba qozonib, uni egallaydilar. Xattusili I o‘zining annallarida Xaxxaga, hattoki akkadlik Sargon ham o‘t qo‘ya olmaganini xabar beradi. Shu bilan birga, Xattusili I Xaxxani yoqibgina qolmay, Xaxxa va Xashshu shohlarini o‘zining aravalariga ho‘kiz sifatida qo‘shib,tahqirlaydi.
Xattusili I annallari faqat hukmronligining dastlabki yillari, aniqrog‘i, uning hukmronligining 10 yilini tasvirlaydi, unga ko‘ra, xettlar shu yillar ichida Yamxadga sezilarli zarbalar bergan. Yamxadga qarshi yirik harbiy ekspeditsiyalar
keyingi yillarda Xalapning shimoliy ittifoqchilari — Karxemish, Zaruar, Xurpana, Ashtatalar tor-mor etilganda ham bo‘lgan. Yamxadga qarshi kurash juda beshafqat ko‘rinish olgan. Aftidan o‘zining harbiy yurishlaridan birida Xattusili I og‘ir yaralanadi, uning vorisi Mursili I o‘zinining yozuvlarida “Xalapdan otasining qoni uchun o‘ch olganini” ta’kidlaydi. Oxir oqibat aftidan Xalap bilan tinchlik sulhini tuzadi.
Xattusili I davlati qabilalar konfederatsiyasi shaklida edi. Davlat tashqi jihatdan kuchli ko‘rinsada, ma’muriy boshqaruv tizimi kuchsiz bo‘lgan. U hattoki eng muhim davlat amaldorlari va lashkarboshilarga ham har doim tayana olmasdi. Fitna va suiqasdlar Xattusili I oilasini doimo larzaga solgan. Dastlab fitnani uning o‘g‘li Purusxanta shahrining hukmdori Kitsuvas uyushtiradi. Fitna fosh qilinadi va fitnachilar qo‘lga olinadi. Keyin “knyazlar qullari” bosh ko‘tarib, “knyazlar xonadoni” vakillarini qira boshlaydilar. Qo‘zg‘olonni bostirish jarayonida podshoning o‘g‘illaridan ba’zilari halok bo‘ladilar. Xattusili I ning oilasidagi vaziyat, ayniqsa, podsho keksayib, kasal bo‘lganida murakkablashadi. Dastlab, Xattusili I ning o‘g‘illaridan birini taxtga chiqarishni xohlagan Sinaxuva va Ubariya shaharlari aholisi bosh ko‘taradilar. Keyin fitnani Xattusili I ning o‘g‘li Tappasand shahri (Kichik Osiyo janubidagi shahar, Liviyada) hukmdori Xutssiy boshlaydi. Podsho uni mansabidan chetlatadi. Keyin Xattusili I ning qizi va Xattusaning aslzodalari podshoga qarshi poytaxtda qo‘zg‘olon boshlaydi va mamlakatda fuqarolik urushi kelib chiqadi. Xattusili I urushda g‘olib bo‘ladi va qizini Kussarga jo‘natadi, lekin u yerda ham fitna boshlanadi. Uni qo‘lga oladilar va barcha malikalik huquqlaridan mahrum qiladilar. Xattusili I fitnalarga chek qo‘yish uchun singlisining o‘g‘li yosh Laparnasni taxt vorisi etib belgilaydi. Lekin, u ham podshoni o‘ldirish maqsadida fitna tashkil qiladi. Xattusili I fitnachilarni qo‘lga oladi. Laparnasni barcha huquqlardan mahrum qiladi. Taxt vorisi va kasal Xattusili I ning hamroxi etib podshoni balog‘atga yetmagan nevarasi Mursili belgilanadi. Panku (xalq yig‘ini), qo‘shinlar va yuqori mansabdagi amaldorlar mamlakatning eski poytaxti Kussarda unga sodiqlik haqida qasamyod qiladilar. Bu Xattusili I ning o‘g‘illarini g‘azablantiradi va ular Mursilini o‘ldirib taxtga
Laparnas III ni olib chiqmoqchi bo‘ladilar. Ular Mursili balog‘atga yetganida va keksa Xattusili I kasalligiga qaramasdan hali uzoq yashashi mumkinligi oydinlashganida bosh ko‘taradilar. Biroq, Xattusili I va Mursili I fitnachilarni tor- mor qiladilar. Laparnas III Xattusili I ning o‘g‘li Salp shahrini (Qora dengiz qirg‘og‘i) boshqargan hokim Xappi huzuriga qochadi. Xattusili I ning sabr-toqati tugab, fitnachilarni qarindoshlik rishtalariga qaramasdan qatl ettirishga kirishadi. Xattusili I Laparnas III ni topshirishni talab qiladi, biroq Xappis otasiga rad javobini beradi. Mursili Salpga yurish boshlaydi. Xaraxs yaqinidagi jangda Xappis va Laparnas armiyasi tor-mor qilinadi. Qo‘zg‘olonchilarning qoldiqlari Salpga berkinadilar, lekin ularning baxtiga Mursili Salpga yurish qilmay, janubga qo‘shin tortadi. Faqatgina uch yildan so‘ng Xattusili I va Mursili qo‘shin bilan yana Salpda paydo bo‘ladi. Uzoq qamaldan keyin shahar egallanadi.
Erishgan ko‘plab muvaffaqiyatlarga qaramasdan Xattusili I Xattusada emas, Kussarda vafot etadi. “Vasiyatnoma” nomli Xett hujjatida uning o‘limidan oldin nevarasi Mursili I ga murojaatlari qayd qilingan.
So‘ngra taxtga Mursili I (taxminan mil. avv.1620—1594-yy) o‘tirgan. Unga yoshligida Xett knyazi Pimpira ustozlik qiladi. U o‘z shogirdini shunchaki hukmdor emas, balki adolatli va shafqatli podsho bo‘lishini xohlagan. Shu jihatdan xett yilnomalarida uning “Kim och bo‘lsa non ber, kim yalang‘och bo‘lsa kiyim; kim sovuqdan qiynalayotgan bo‘lsa iliqlik” degan so‘zlari bejiz keltirilmagan.
Mursili I eng janubiy hududlar bo‘lgan Kitsuvadnani (zamonaviy Tarsusa, Mersina va Adana) egallaydi, buni arxeologik topilmalar ham tasdiqlaydi. Tars (zamonaviy Tarsus) shahri vayron qilinadi. Shuningdek, u tomonidan Xarruma va Xassuva shaharlari bosib olinadi.
Shu tariqa qator Kichik Osiyo hududlarini egallab, Mursili I Xattusili I davrida bergan sodiqlik qasamini buzgan Xalapga qarshi yurish boshlaydi. Xalap Mursili I tomonidan egallanadi va u bu podsholikni butunlay tugatadi (biroq, u keyinroq qayta tiklanadi). Keyin Alalax shahrini ham vayron qiladilar (arxeologik qazishmalar buni tasdiqlaydi). Muvaffaqiyatli yurishlarni davom ettirib, Mursili I
shimoliy Mesopotamiyada Frotning chap qirg‘og‘ida yashaydigan xurritlar ustidan g‘alaba qozonadi va Bobilni egallash maqsadida o‘ziga ittifoqchilar yig‘adi.
Xammurapi sulolasining so‘nggi shohlari davrida jiddiy kuchsizlangan Bobil xett bosqiniga qarshilik qila olmaydi. Mursili I taxminan 1595 -yilda shaharni egallaydi va shoh Samsuditanni taxtdan qulatadi. Xammurapining avlodlaridan bo‘lgan hukmdor qarshilik ko‘rsatolmaydi. Mursili I ning shaxsiy qaydlariga ko‘ra, u shaharni talon-taroj qiladi, odamlarini asir olib, podshosini zanjirband qiladi. Xammurapining so‘nggi avlodini yakuniy taqdiri ma’lum emas.
Mursili I Bobilni o‘z imperiyasiga qo‘shib olish niyatida bo‘lmagan. U bobosi kabi dunyodagi eng qudratli bosqinchi ekanligini isbotlashga harakat qilgan, xolos. Sababi, Bobil uzoqda joylashgan bo‘lib, Xattusadan uni samarali boshqarish ancha mushkul edi. Buning o‘rniga Mursili I shaharni vayrona holatida qoldirdi va poytaxtga g‘alaba bilan qaytadi. U yetarli darajada uzoqlashganidan so‘ng tevarak-atrofdagi kassit sardorlari xarobalarni egallab oladilar. Shu tariqa amoriylarning Bobildagi hukmronligi nihoyasiga etadi.
Mursili I Xattusaga o‘zi bilan asirlar va boylik bilan kirib keldi. Lekin poytaxtda unga qarshi fitna tayyorlanayotgan edi.
Fitnani ishonchli kishilardan biri bo‘lgan qaynisi, soqiy Xantili uyushtirgan bo‘lib chiqadi. Mursili I yo‘qligida Xantili podsho nomidan boshqarishga o‘rganib qolgan edi; u to‘satdan o‘zining hukmdorligini cheklanib qolishiga toqat qila olmas edi. Mursili I Bobildan qaytganidan so‘ng tez orada Xantili saroy amaldori bilan birga podshoni o‘ldirib, taxtni egallab oladi. “Ular iblisiy qilmishni sodir etdi.”, deyiladi xettlar yilnomasida.
Podsho Xantili I (mil. avv.1594-1560-yy) shimoliy Suriyada xettlar hukmronligini mustahkamlashga harakat qiladi va u yerga muvaffaqiyatli yurish uyushtiradi. Ashtat, Xurpan va Karxemish podsholiklarini bo‘ysundiriladi. Xantili I ning Tegaram (Toxma daryosi havzasidagi zamonaviy Gyuryun) shahriga yurishi xurrit qabilalarining Kichik Osiyoga yangi bosqiniga sabab bo‘ladi. Yaxshi saqlanmagan matnlarda bu haqda to‘xtalib o‘tilgan.
Xantili I davrida Kichik Osiyoning shimolida yashovchi kask qabilalari harakatga keladi va Xett podsholigiga hujum boshlaydilar. Ular aynan shu davrda xettlarni Qora dengizdan butunlay uzib qo‘yadilar va avvalgi qadimgi Xett podsholari davridagi “dengizdan- dengizgacha” hukmronligi haqidagi fikrlar endi yangi xett matnlarida takrorlanmaydi. Xantili I darhol Xett shaharlarini, shu jumladan, Xattusani mudofaa devorlari bilan mustahkamlashga majbur bo‘ladi.
Xantili I vafot etgach, ichki kurashlar natijasida taxtga Telepin keladi. Telepin yoki Telepinu- Xett podsholigini taxminan mil. avv. 1525-1500-yillarda boshqargan. U malika – tavanna huquqiga ega bo‘lgan Xutsi I ning singlisi Istapariyaning eri bo‘lgan.
Fitnalar tufayli xotini Istapariya, keyinchalik o‘g‘li Ammuna halok bo‘lganligi uchun, Telepin “podsho hokimiyati vorisligi haqida” yangi qonun chiqaradi. Bu qonunga ko‘ra endilikda faqat podshoning o‘g‘illari yoshiga qarab taxtga chiqish huquqiga ega edi. Agar bunday bo‘lmasa, qizining eri taxtga chiqishi mumkin bo‘lib qoldi. Qolgan barcha hukmdor qarindoshlari taxtga da’vogarlik qilishi mumkin emas, deb belgilandi. Xalq yig‘ini (panku) esa bu qonunga rioya qilinishini kuzatib borishi shart edi.
Podsho hokimiyatini kuchli mustahkamlagan bu vorislik tartibi, keyingi Xett podsholigi mavjud bo‘lgunga qadar amal qildi. Telepin panku (xalq yig‘ini) hokimiyatini cheklab, unga faqatgina podsho bilan sulola a’zolaridan biri o‘rtasida bahs kelib chiqqanda kelishtirish va sud qilish uchun kengash (tuliya) chaqirish huquqini beradi. Panku qolgan davlat ishlariga aralashishi mumkin emas edi.
Telepin Labarna I dan boshlab, Xett podsholigi uyida bo‘lgan barcha voqealarni qisqacha tavsifini qoldirgan. Taxminan Telepin davriga kelib xett qonunlarining dastlabki varianti tuzilganini aytish mumkin.
Telepin Kitssuvadna hukmdori Ishputaxshu bilan do‘stona shartnoma imzolab, Kitssuvadnani Xett podsholigidan mustaqilligini tan oladi. Shunga qaramay shimoliy Suriyaga boradigan yo‘lni o‘z qo‘lida tutib turishga harakat qildi. Xashshu va Lavatsantiyaga yurishlar uyushtiradi. Manda, Sala, Tamalkiya, Xatra, Salpa shaharlari imtiyozlarini bekor qiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə