Purple & white business profile presentation



Yüklə 28,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü28,32 Kb.
#182429
  1   2
Purple & white business profile presentation 20231128 190217 0000



Namangan davlat universiteti
maktabgacha, boshlang'ich ta'lim
va jismoniy madaniyat fakulteti
boshlang'ich ta'lim yo'nalishi BTS-
DU-21 guruh talabasi
Rozzoqberdiyeva Layloning
tayyorlagan taqdimoti


HAMZA IMOMBERDIYEV VA
ABDURAHMON AKBARNING
HAYOTI VA IJODI


REJA:
1.Hamza Imonberdiyevning
hayoti va ijodiy faoliyati.
2. Hamza Imonberdiyev
asarlarining mavzu doirasi. 
4 Abdurahmon Akbar ijodidagi
rang-baranglik. 
5.Abdurahmon Akbarning
qofiyali nasr (saj') shaklidagi,
turkumidagi she'rlarining o‘ziga
xosligi. 


Hamza Imonberdiyev 1954- yilda Qozog’iston
Respublikasi Chimkent viloyatining Suzoq
qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topdi.
Hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat
pedagogika universitetining filologiya
fakultetida Abusaid Ko’chimov, Abdug’affor
Hotamov kabi yozuvchilar, Shuhrat Jabborov,
Hamid Habibullayev kabi taniqli jurnalistlar
bilan birin-ketin o’qidi. Talabalik yillarida
yuqoridagi ijodkor do’stlari bilan O’tkir Rashid
rahbarlik qilgan fakultetning «Chashma»
to’garagida, universitetning «Ma’rifat yo’lida»
gazetasida she’riy mashqlarini tobladi.


Universitetni imtiyozli diplom bilan
tamomlagan bo’lajak bolalar shoiri
H.Imonberdiyev o’z mehnat faoliyatini «Tong
yulduzi» gazetasida boshladi. Umrining
so’nggi o’n yilini esa «Cho’lpon» nashriyotida,
kichkintoylar uchun katta adabiyot chop
etadigan maskanda muharrirlik bilan
o’tkazdi.
Talabalik yillaridayoq ijodda kitobxon ko’ziga
tashlanib qolgan bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev
«Quvnoqlar quvonchi», «Shokoladxo’rlar», «Kulgi
shaharchasi», «G’aroyib pufak», «Oydagi tomosha»,
«Qutichada mitticha», «Lofchilar — aldoqchilar»,
«G’aroyib Kent hangomalari», «Bir kunlik mo’’jiza» kabi
kitoblar muallifi sifatida bolalar dilidan mustahkam
joy oldi.


Bolalar adabiyotida o’y o’ylash,
xayol surish, xayoliy orzular bilan
yashash ijobiy natija berishi
to’g’risida ko’p gapiriladi. Bunga
misol qilib G’afur G’ulom, Quddus
Muhammadiy, Po’lat Mo’min,
Miraziz A’zam asarlaridan ko’plab
misollar keltirishimiz mumkin.
Bolalardagi bunday shirin
tuyg’ularni Hamza Imonberdiyev
ham to’g’ri payqay olgan.
«Lofchilar — aldoqchilar» asarida u
kichkintoylardagi mana shunday
orzu-havasni o’ziga xos usul bilan
ochib berishga erishgan.


Ali xayolan qushcha shaklini
yaratdi. Uni tomosha qilishga
Valini chaqirdi. Vali ko’rsaki,
qushcha yo’q. Lekin Alining bo’sh
kelmasligi kitobxonda yaxshi
taassurot qoldiradi.
Hamza Imonberdiyev o’zi
bilimdon, o’ta madaniyatli, to’g’ri
so’z, halol, pok, ozod va obod
O’zbekistonimizni juda qattiq
suyadigan ajoyib inson
bo’lganligi uchun ijodining
mundarijasi ham shunday.
Adolat masalasida u ko’p jon
kuydirar va bu haqda ko’plab
asarlar yaratgan edi.
Hadislarda to’g’riso’z, halol, pok bo’ling,
deyiladi. Kimki bunga qattiq amal
qiladigan bo’lsa, el-yurt o’rtasida xijolat
bo’lmaydi, obro’-e’tibori oshadi. «Adolat
kaliti» ertagida Hamza Imonberdiyev
xuddi shu haqda gap yuritadi. Asar
boshlanishidayoq yosh kitobxonlarni
o’ziga tortadi:
Hayron quyosh, loldir oy,
Necha kun-u necha oy
Ikki elat urushar,
Bir-birlarin qirishar.
O’rtaga kimki tushsa,
Biz haqmiz, deb turishar.


Hamma gap, hamma balo ana shu «biz
haqmiz»da. Buning asl boisi, sababini hech
kim tushunmasligida. Qonli urush davom
etaveradi. Bundan podshoh ham hayron:
Podshohning boshi qotgan, 
Halovatin yo’qotgan. 
Ojizligin his etib. 
Og’ir xayolga botgan.
Chorasiz qolgan podshoh bu ishni — qonli
urushni to’xtatish chora-tadbirini qidiradi.
Bu jumboqni yechadigan, urushga chek
qo’yadigan adolatli, xalq manfaatini o’z
manfaatidan yuqori qo’yadigan bir Odilbek
otli qozini toptiradi.
Hamza Imonberdiyevning o’nlab
qo’shiqlari, ko’plab doston-ertaklari bolalar
tilida kuylanmoqda, o’qilmoqda.



Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə