Purple & white business profile presentation



Yüklə 28,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü28,32 Kb.
#182429
1   2
Purple & white business profile presentation 20231128 190217 0000

ABDURAHMON
AKBAR 
Abdurahmon Akbar . 1962-yilda Yangiyo’l
tumani Niyozbosh qishlog’ida tavallud
topgan. U 1987-yilda hozirgi Mirzo Ulug’be
nomidagi O’zbekiston Milliy universitetinin
jurnalistika fakultetini bitirgan. A.Akbar
«Kichkintoy va paxtaoy», «Ehtiyotkor
toshbaqa», «Uyquchining tushlari» kabi
o’ndan ortiq she’riy kitoblar muallifi.
Shoir «Qo’rqqanga qo’sha ko’rinar» nomli
she’rida bolakaylarni mard, botir va ziyrak
bo’lishga da’vat etadi:
Kech kirib, ko’kda hali 
Oy kezmagan pallada, 
Norni kuchuk quvlabdi 
Sukut to’la dalada.


Adabiyotshunos Rahmatilla Barakaevning Abdurahmon
Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq. Muallif
«Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish»
nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida
e’tibor qaratadi: « Abdurahmon Akbarning mumtoz
adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi «Shoir
dadam haqida she’riy hikoyalar» turkumini she’riy shaklga
sig’magan fikrlar tizimi deyish to’g’riroq bo’lar edi.
Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga
fikrlovchi, o’ychan bola timsolini olib kirdi. 


Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi,
ya’ni kattalar mutlaqo nazarga ilmaydigan, e’tibor
bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko’ringan narsalar bola
nazarida o’zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji
Zeboxon birinchi marta qo’shaloq giloslarni ko’rib, ularning
o’rtoq bo’lib olishganidan («O’rtoqlar») quvonadi. Yoki
Sevinchoy issiq choydan ko’tarilayotgan bug’ni ko’rib «choyim
uchib ketayapti» deb («Sevinchoy haqida she’r») hayratlanadi.
Yulduzoy esa o’ziga yoqqan fasl haqida samimiyat bilan
«Yozda yoz fasli, kuzda bo’lsa kuz» («Eng to’g’ri javob») deb
ko’nglidagini aytadi.


Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she’r va
tarjimalarda bolalar dunyosiga chuqurroq kirib
boriladi, ularda fikr aniq va lo’nda ifodalanadi.
Asarlar tilining sodda va ravonligi, tasvir
vositalarining puxtaligi, jahon bolalar
she’riyatining eng yaxshi an’ana va usullarini,
shakllarini o’zida omuxta qilganligi bilan nafaqat
yosh kitobxonlar, shu bilan birga katta yoshdagi
adabiyot, she’riyat muxlislari e’tiborini ham torta
oladi. Yoshlarning barkamollikda, bugunning va
kelajakning egasi ekanini his etib ulg’ayishlariga
ko’mak beradi.


THANK YOU

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə