Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə19/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
жахон тарихи

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


Ashshur shahrining yuzaga kelishi. Qadimgi Ossuriya podsholigi.
Nineviyaning yuksalishi.
Podsho Sargon II ning islohotlari. Ossuriya-Urartu urishi.
Podsho Tiglatpalasar I ning tashqi siyosati.

QADIMGI KICHIK OSIYO




Qadimgi Xett davlati


Reja:
1.Qadimgi Kichik Osiyoda Xett davlati asoslarining paydo bo‘lishi. 2.Yangi Xett podsholigi.
3.Xett madaniyati.
Qadimgi Kichik Osiyoda Xett davlati asoslarining paydo bo‘lishi. Mil. avv. III ming yillikda Kichik Osiyoga shimoldan hind-yevropa tilida so‘zlashuvchi (B.Grozniyning fikricha yevropoid) xett qabilalari kirib keladi. Taniqli olim S.U.Bauerning ta’kidlashicha, taxminan mil. avv. 2300- yillarda ular Galis daryosigacha bo‘lgan yerlarni egallaydilar. Aynan ular temirdan birinchilardan (mil. avv.II ming yillik) bo‘lib foydalanishni yaxshi bilganlar. Bu davrda sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilyatsiya qiladilar.
Xammurapi Mesopotamiyani egallab, uni kuch bilan birlashtirayotgan bir paytda Kichik Osiyodagi hind yevropaliklar qishloqlari mahalliy harbiy boshliqlar boshqaruvidagi uncha katta bo‘lmagan podsholikka birlashadilar. Ularni kim bo‘lganini aytish qiyin. Shu boisdan bu jarayonni to‘liq tasvirlashni iloji yo‘q. Faqatgina misrliklar bu podsholik haqida eshitgani va ularning aholisini yagona xalq deb hisoblashganini bilish mumkin. Misrliklar ularni xett so‘zi bilan atashgan, hamda mazkur xalqning yashash makoni bilan birga - Hatti, ya’ni xettlar deb nomlashgan.
Xettlar yozuvni yaqin hududda yashagan Ashshur savdogarlaridan o‘rganganlar. Mil. avv.1790- yilga kelib xettlar markaziy shahri Kussarda o‘z yozuvini yaratganlar. Shu tariqa xettlar tarixga kiradilar.
Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Purusxanda, Kussar va Xattusa kabi shaharlarni o‘z ichiga olgan shahar-davlatlar paydo bo‘la boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi mil. avv. XVIII asrning
birinchi yarmida yuz beradi. Kussar hokimi Pitxana Nesa shahrini zabt etishi bilan ilk bor xettlarni siyosiy maydonga olib chiqadi. Kussar va Nesa aholisining huquqlari tenglashtiriladi. Keyinchalik Pitxananing o‘g‘li Anitta (mil. avv. 1790- 1750-yy) Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko‘ligacha bo‘lgan hududlarni bosib oladi. Anitta dastlab otasining davrida rasman kuzatuv minorasining boshlig‘i sifatida xizmat qilgan. Bu ish undan kichik podsholik chegaralarini qo‘riqlaydigan barcha qo‘riqchilarning hisobotini eshitishni talab qilar edi, xolos. Otasining vafotidan so‘ng o‘zini shunchaki “Kussar shahzodasi” deb atagan.
Ammo, kelib chiqishi Kussarlik Pitxana va Anitta podsholigi davrida mamlakat Xett deb atalganligi munozarali hisoblanadi. Anitta mahalliy Xatti davlati bilan urush olib borib, ularning podshosi Piyustini jangda engib, Ullamma va Xarkiunu shaharlarini zabt etishga muvaffaq bo‘ladi. So‘ngra Salpuva (Qora dengiz qirg‘oqlariga yaqin shahar-davlat) ga yurish qilib, podshosi Xutssiyani asir olgach, u yerdan Siusumma ilohining haykalini Nesaga qaytarib olib keladi. Kussar shahrining ahamiyati Nesa bilan birga oshib boradi. Anitta uzoq vaqt Xattusa shahar-davlati bilan qonli urush olib borib, hatto uni vayron ham qilgan edi. Ko‘p o‘tmay xettlar Salativaru shahrini ham egallaydilar, Purusxanda podshosi o‘zini Anittaning vassali deb tan olib, unga temirdan yasalgan taxtini (temir hali qimmatbaho hisoblangan) yuborishga majbur bo‘ladi. Podsho Anitta o‘z davri uchun zamonaviy armiya (1400 kishilik doimiy qo‘shin) tuzib, unda 40 ta jang aravalari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Biroq, xett hukmdori Anittaga otasidan Nesa shahri bilan birgalikdagi ikkita shahardan iborat juda kichik podsholik meros qolgan edi.
O‘z vaqtida Dajla va Frot yerlarida kurashgan zamondoshi Xamuppurapi kabi Anitta yangi xalqqa asos soldi. U “Men quyosh chiqadigan barcha yerlarni bosib oldim”, deb ,ta’kidlaydi va o‘zini “knyaz” emas, balki “buyuk podsho” deb atay boshlaydi. Anitta o‘z davlatida to‘liq qirq yildan ko‘proq hukmronlik qildi.
Xattusa qayta tiklangunga qadar Anitta tomonidan asos solingan podsholik yana ikki avlod tomonidan Kussar shahri markaz sifatida saqlandi. Xattusa
yaqinida yettita kichik daryo bo‘lib, uning bo‘yidagi yerlar hosildor edi va u yerda qoya bo‘lib, oson himoyalanadigan saroy qurish mumkin bo‘lgan.
Podsho Anita vafotidan keyin, mil. avv. XVII asr oxirida boshqa Xett sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoslarini birlashtiruvchi siyosatni saroy a’yonlaridan chiqqan Papaxdilmaning o‘g‘li podsho Labarna (yoki Tabarna mil. avv. 1680-1650-yy) nihoyasiga yetkazdi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Xupisna, Tuvanuva, Nenassa, Landa, Sallara, Purusxanda va Lusna shahar- davlatlarini egallab, joylarga o‘z o‘g‘illarini hokim etib tayinlaydi. Bu vaqtda Xett davlati o‘z chegaralarini “dengizdan-dengizgacha” kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta’sirlangan va tan bergan keyingi vorislari (masalan Xattusili va Telepinus va boshqalar) Labarna va uning rafiqasi Tavanna nomlarini o‘zlariga unvon sifatida qabul qildilar. Xett davlati davriga oid arxiv hujjatlari mil. avv.1650- yildan boshlab mamlakat tarixini yorita boshlagan. Keyinchalik qadimgi Xett podsholigi hukmdorlaridan biri Telepinus yozdirib qoldirgan ma’lumotlar o‘z aniqligi bilan ajralib turadi.
Yangi hukmdor poytaxtni Kussardan Xattusaga ko‘chirganidan so‘ng, u “Xattusalik sifatida” Xattusili I nomini oldi. Labarna Kichik Osiyodan O‘rtayer dengizi shimoliy-sharqiy sohillaridagi g‘arbiy somiy podsholigiga harbiy yurishlar boshlaydi va bir nechta kichik shaharlarni egallaydi. Anitta xett xalqiga asos solgan bo‘lsa, Xattusili I bir necha xalqlarni birlashtirgan imperiyani barpo qildi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə