Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə16/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
жахон тарихи

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Qadimgi Bobil podsholigi davri necha asr davom etgan?

  2. Qaysi Bobil podshosi jangida xettlar bilan to‘qnashgan?

  3. Xamurappi islohotlarining mohiyati nimada?

  4. Kassitlar haqida nimalarni bilasiz?

Qadimgi Ossuriya


Reja

  1. Qadimgi Ossuriya davlatini vujudga kelishi

  2. O‘rta Ossuriya podsholiklarining ichki va tashqi siyosati. 3.Yangi Ossuriya podsholigining yuksalishi.

Qadimgi Ossuriya davlatini vujudga kelishi. Qadimgi Ossuriya davlatchiligi mil. avv. II ming yillikda Mesopotamiyaning shimoli ya’ni yuqori Dajla qirg‘oqlarida Ashshur shahar-davlati negizida paydo bo‘ladi. Dastlab shahar- davlat “alum Ashshur” ya’ni Ashshur jamoasi (yoki Ashshur xalqi) sifatida tilga olinadi. Ossuriyada ziroatchilik va savdo-sotiq yetakchi o‘rin egallagan. Bu yerga qadimda Arabiston yarim orolidan somiy xalqlari ko‘chib kelganlar va mahalliy etnoslar bilan aralashib ketadilar. Ossuriyaliklar Akkad tilining shimoliy lahjasida so‘zlashganligi manbalarda keltiriladi. Ossuriya orqali savdogarlar Kavkazortidan Dajla daryosi bo‘ylab Janubiy Mesopotamiya va Elamga, so‘ngra O‘rtayer dengizi qirg‘oqlariga chiqqanlar.
Qadimgi Ossuriya jamiyatida evolyutsion ravishda mulkiy tabaqalanish jarayoni quldorlikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Podsho va ibodatxona yerlarida jamoachilar va qullar mehnat qilishgan. Ossuriyada yerning asosiy qismini jamoa yer egaligi tashkil qilgan.
Boshqaruvda hokimiyatning yuqori organi yirik quldorlardan tuzilgan oqsoqollar kengashi bo‘lgan. Kengash a’zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli shaxs “limmu” tayinlangan, aynan u shahar xazinasini nazorat qilgan. Yangi yil hisobi uning ismi bilan yuritilgan. Ashshur shahar-davlatida ma’muriy ishlar va sud bilan oqsoqollar kengashi shug‘ullangan. Mansabdor amaldor “ukulluma” aynan ular tomonidan tayinlangan. Ashshurda yana en (“Ishshiakkum”) lavozimi ham bor edi. Uning asosiy vazifasi diniy marosimlarni o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Davlat xavf ostida qolganda (harbiy bosqin paytida) u harbiy qo‘mondon vazifasini ham bajargan.
Mil. avv. XIX asr oxirlarida Terka shahri hokimi Belkabi Mesopotamiyaning shimolida muhim savdo markazlaridan biri bo‘lgan Mari shahar-davlatiga egalik qilishga urinib ko‘radi. Ammo mag‘lubiyatga uchrab, o‘z yerlariga qaytadi, aksincha Mari podshosi Yaggid-Lim keyinchalik Terka shahrini egallaydi. Belkabini o‘g‘li Shamshi-Adad dastlab Ekallatum shahriga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Bu yerda u 3 yilga yaqin hukmronlik qiladi. Mil. avv. 1807- yil u Ashshur shahri hokimi Erishum II ni taxtdan qulatadi. O‘zini esa
Ashshur podshosi deb e’lon qiladi. Ko‘p o‘tmay Nineviya ham zabt etiladi va Shamshi-Adad I davlati tarkibiga kiritiladi. Qadimgi bitiklarida unga Ossuriya ustidan hukmronlikni Enlil xudosi taqdim etganligi alohida ta’kidlanadi.
Shamshi-Adad I ko‘p o‘tmay Mari yerlariga ham yurish uyushtiradi va shaharni egallaydi. Mari podshosi Yaxdun-Limni o‘g‘li Zimrilim Yamxad davlatiga qochishga muvaffaq bo‘ladi. Mari shahrini bo‘ysundirib, u erga kichik o‘g‘li Yasma-Adadni hokim qilib qo‘yadi. Karxemish shahri bilan o‘zaro ittifoq tuzadi. Buning natijasida Shamshi-Adad I, Yamxad podshosi Sumu-epux bilan doimiy urush holatiga tushib qoladi. SHunday bo‘lsa-da Shamshi-Adad I, Yamxad davlatini O‘rtayer dengiziga chiqish yo‘lidan ma’lum bir vaqt mahrum qilishga muvaffaq bo‘ladi.
So‘ngra xurritlardan bo‘lgan turrukku (Zagros tog‘lari aholisi) larga qarshi yurishlar uyushtiradi. Unga qadar shahzoda Ishme-Dagan turrukkular bilan uzoq urush olib borgan edi. Shamshi-Adad I turrukkular sardorlari Bin-Adad, Vilanum, Liday va Zaziylarni mag‘lub qilsada, lekin turrukkularni butunlay enga olmadi.
Shamshi-Adad I Ashshur shahrini o‘zining Yuqori Mesopotamiyadagi davlat markaziga aylantiradi va ikki daryo oralig‘ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi. Shamshi-Adad I ko‘proq katta farzandi Ishme-Daganni taxt vorisi sifatida tarbiyalab boradi. Podsho harbiy yurishlar davomida aksariyat Suriya shaharlarini zabt etishga erishadi. Shundan so‘ng Ashshur g‘arb savdosida vositachilikni o‘z qo‘liga oladi. Davlat boshqaruvida podshoning mavqei kuchayadi. Shamshi-Adad I davlat boshqaruvini bevosita o‘z qo‘liga olib, mutloq hukmdor sifatida davlat boshlig‘i, oliy harbiy boshliq va sudya vazifalarini qo‘l ostida birlashtirgan edi. Biroq, boshqaruvni takomillashtirishga zaruriyat tug‘iladi. Mamlakat hududi, aholisi tumanlarga bo‘linib, ularni boshqarish uchun podsho hokimlari yuboriladi. Shamshi-Adad mil.av 1774- yilda vafot etishi bilan 6 yildan so‘ng, Mari shahri shahzodasi Zimri-Lim qaynotasi Yamxad podshosidan ko‘mak olib, Yasma- Adaddan taxtini qaytarib oladi. Ashshur podshosi Ishme-Dagan ukasiga yordam ko‘rsatmaydi. Mil. avv. 1757 -yilda kuchsizlanib qolgan Ossuriya podsholigi
Ishme-Dagan davrida Bobilning qudratiga bas kela olmadi. Ashshur Xammurappi tomonidan zabt etildi.
Mil. avv. 1740- yillar atrofida ko‘chmanchi kassit qabilalarining Mesopotamiyaga hujumi davrida Shamshi-Adad I ning avlodlari hokimiyatni yana o‘z qo‘llariga oladilar. Ammo tez orada taxminan mil av. 1700- yillarda hokimiyatni Adasilar sulolasi egallaydi. So‘ngra Ossuriya, Bobilga keyin Mitanniga qaram davlatga aylanib qoladi.
Mil. avv. XVI asrda Bobilda amoriylar sulolasi quladi va bu hududda kassitlar hukmronligi boshlandi. Mil. avv. 1500 -yillar atrofida Mitanni davlati Shimoliy Suriya viloyatlarini bosib oldi va o‘z qudratining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Zaiflashib qolgan Ossuriya, Mitannining hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Ossuriya qudratli Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplomatik aloqalar o‘rnatadi. Ammo mil. avv. XIV asr o‘rtalarida Mitanni podshosi Shaushtatar Ashshurni bosib olib, uni Mitanniga qaram qiladi. Mitanni Ashshurni g‘arbga chiqadigan savdo yo‘lidan butunlay mahrum qiladi. Ashshur podsholari Puzur-Ashshur III (mil. avv. 1521-1497- yy), Ellil-natsir I (mil. avv. 1497-1484- yy ) lar davrida Ashshur shahri Mitanni qo‘shinlari tomonidan talon-taroj qilinadi. Natijada Bobil bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga majbur bo‘ladi. Shunday bo‘lsada podsho Eriba-Adad I (mil. avv. 1392-1366 -yy) Mitanni davlatining vassallaridan biri bo‘lgan. Hatto Mitanni hukmdori Shuttarna II ga amakisiga karshi kurashda yordam bergan. Mitanniga qaramlik davrida Ashshur hukmdorlari “ishshiyakum” unvonida qolaverganlar. Keyinchalik Ossuriya o‘z mustaqilligini tiklash uchun Bobil podsholigi bilan yaqinlashib, Mitanniga qarshi urush olib bordi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə