Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


III o‘tish davrida Misr va So‘nggi podsholik



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/53
tarix01.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
жахон тарихи

III o‘tish davrida Misr va So‘nggi podsholik. Mil. avv.VII asrning o‘rtalarida Sais nomarxlari (Quyi Misr)hukmdorlari Misrni birlashtirishga kirishdilar. Sais shahri Nil deltasning yirik nomlaridan biri edi. Dastlab, PsammetixI(misrcha Psamtik)efioplar sulolasiga qarshi kurashda ossuriyaliklardan foydalanadi. Hatto, Ossuriya podshosi Asarxaddonga ham xizmat qilganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Sais nomligidataxminan 665 -yildan boshlab PsammetixI hokimlik qiladi. PsammetixI (mil. avv. 655-610-yy) asli liviyalik zodagonlardan edi. U dastlab efioplarga qarshi Ossuriyaning yordamiga tayanadi. Chunki, yangi podsho Ossuriya podshosi Ashshurbanipalning tarafdorlaridan biri edi.Aynan u Misr tarixida 26-sulolaga asos soladi va mamlakatni qaramlikdan olib chiqadi. Mil. avv. 653-yilga kelib, Lidiya podshosining yordamida Misr suverenitetini qayta tiklaydi va Sais shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradi.
Sais sulolasining yorqin vakili fir’avn Nexo II(misrcha Nexao) skiflar hujumidan xavfsirab, parchalanib borayotgan Ossuriyani qutqarib qolishga intildi. Ossur podshosi Ashshur-ubalit II bilan Karxemish shahri yonida birlashishga kelishib oladi. Quddus (Ierusalim)shahridan Yahudiy podshosi Iosiya unga qarshi chiqadi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab halok bo‘ladi. Fir’avn yaxudiylar dushmanlari hisoblangan ossurlarga yordamga ketayotgan edi. Nexo II g‘alaba nashidasini surishga ham vaqti yo‘qligini yaxshi tushungan. Misr-ossur qo‘shini Xarran qal’asini qamal qiladi. So‘ngra u erdagi Bobil garnizonini qilichdan o‘tkazadilar. Bu orada Nexo II sobiq isyonchi Quddus shahrini qayta egallaydi hamda podsho Iosiyaning o‘g‘li Ioaxazni Misrga asirlikka olib ketadi.
Misrliklar Yangi Bobil podsholigi bilan raqobatlashib Falastin va Suriyani Misr ta’siriga olishga harakat qiladi. Mil. avv. 605 yilda Bobil podshosi Navoxudonosor II Misrdan Suriya va Falastinni tortib oladi. Endi Yahudiya yangi bosqichilarga qaram bo‘lib qoldi. O‘z navbatida Misr Yahudiyani Bobilga qarshi kurashda qo‘llab turdi. Aslida Misr, kuchayib borayotgan Bobilga nisbatan Yahudiyadan qalqon hudud (bufer zona) sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi. Keyingi fir’avn Apriy Sidon shahri(Finikiya)flotini jangda engadi. Misr yahudiylarni Bobilga gij-gijlash maqsadida (mil. avv. 586 -yilda) Quddus tomon o‘z qo‘shinini
yuboradi. Ammo Bobil tomonidan qattiy choralar ko‘rilgach, o‘z askarlarini qaytarib chaqirib oladi. Misr kuchayib ketgan Bobilga qarshi chiqa olmaydi.
Ushbu sulola davrida Misr,o‘z qudratini nisbatan oxirgi marta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Ichki urushlar va ossurlarning talochiligidan charchagan Misr o‘z sarhadlarini qo‘shni davlatlardan himoya qilish uchun kerak bo‘lgan katta qo‘shinni doimiy ta’minlay olmaydigan davlatga aylandi. Shuning uchun misrliklar yunonlardan askarlar yollay boshladilar. PsammetixI davridayoq yunonlar Misrga(asosan Nil deltasiga) kirib kela boshlagan edi. Hatto mashhur tarixchi Gerodot yunon savdogarlari, yollanma askarlarining Misrga kirib borganligi to‘g‘risida fikr bildirgan. Nil deltasida yunonlarning Navkratis savdo koloniyalari tuzilib, tez sur’atlarda o‘sib borgan.Natijada Yunon madaniyati ta’siri kuchayadi.
Sais sulolasi fir’avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzodalar, Misr kohinlari va yunon savdogarlari bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yadilar. Ular Misrning nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, mustaqillikka ega bo‘lishni da’vo qilib kelayotgan ko‘p hokimlarga qarshi kurash olib bordilar.
Fir’avnlar Uaxibrava Yaxmos II ( yunoncha Amasis)lar asosan Misrning ichki iqtisodiy qudratini oshirishga intildilar. Misrliklar yunonlarga madaniyatning ayrim sohalarida taqlid qilganligi tarixdan ma’lum. O‘z navbatida Misr aholisi o‘rtasida norozilik kuchayib bordi.
Fir’avn Yaxmos II yunonlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, ulardan ko‘mak ola boshladi. Bu ma’lumot Bobil mixxat yozuvlarining birida o‘z aksi topgan. Ammo bu davr Misr davlati erkinligining oxiri edi. Bu vaqtda yangi tashkil topgan Eron saltanati chegaralari Misrga qadar yetib kelgan edi. Fir’avn Amazis podsholigi yillarida (mil. avv. 570-526-yy) Misrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat og‘ir holatda edi. Axmoniylar shohi Kambiz II mil. avv. 525- yilda Misrga bostirib keladi va Pelusiya yonidagi jangda Misr qo‘shinini (asosan yunon yollanma askarlari)mag‘lubiyatga uchratadi. So‘ngra misrliklar Memfis shahri tomon chekinadilar va tez orada qamalda qolib, engiladilar. Fir’avn Psammetix III hokimiyatdan chetlatilib, Kambiz II Misr fir’avni sifatida taxtga
keladi.Gerodotning ta’kidlashicha, fors elchisini o‘ldirilishi evaziga fir’avnni o‘g‘li va 2000 ga yaqin misrlik yosh zodagonlar qatl etiladi. Kambiz II 27- sulolaga asos soladi.Shu tariqa, Misr, Axmoniylarning satrapliklaridan biriga aylanadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə