Mirzo Ulug’bek nomidagi


O‘zbekistonda arxiv ishining tashkil qilinishi



Yüklə 28,76 Kb.
səhifə3/6
tarix26.05.2023
ölçüsü28,76 Kb.
#112940
1   2   3   4   5   6
Arxiv ishi

2.O‘zbekistonda arxiv ishining tashkil qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati istiqlolga erishgan dastlabki kunlarda nafaqat mamlakat balki O‘rta Osiyo mintaqasi tarixini hamda o‘tmishini o‘zida aks ettirgan nodir hujjatlar saqlanadigan arxiv muassasalariga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1- sentyabrdan O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb qayta nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysinadi. 1992-yil 6-iyulda MDH davlatlari boshliqlari kelishuviga asosan, arxiv fondlarining yaxlitligi va bo‘linmasligi hisobga olinib, davlatlar arxivlarida saqlanuvchi fondlar har bir respublika ixtiyorida qoldirildi.
Arxiv jamg‘armasining bo‘linmaslik tamoyili arxiv hujjat- larining ilmiy tashkil etish tamoyili bo‘lib, u arxiv jamg‘armasining yaxlitligini va uning bir arxivda saqlanishini talab etadi. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimidagi tub o‘zgarishlar, xo‘jalik yuritishning yangi uslubi va ko‘rinishlari hamda shakllarining paydo bo‘lishi respublika arxivchilari oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Davlat va nodavlat arxiv fondlarining tashkil topishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjat mulkdorlariga maxsus guvohnomalar berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatish turlari kengaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylantirildi.
O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib buyicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildi.Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil qilindi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va tumanlarda arxiv ishining umumiy ahvolni yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Mustaqillik sharoitida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga mo‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash, ularning davlat hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish.
1996-yilda «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat
Isakova M. O‘zbekistonda arxiv ishining shakllanishi va rivojlanishi.
arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini orttirishga qaratilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra «O‘zbosharxiv» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy organlarning boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv bo‘yicha «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bo‘ldi. Ilgari arxiv bo‘limi mudirlari hokimlar tomonidan tayinlanardi va ozod qilinardi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv sohasida va arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida A.Burton quyidagilarni keltirib o‘tgan.

Yüklə 28,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə