Mirzo Ulug’bek nomidagi


O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning tasnifi



Yüklə 28,76 Kb.
səhifə4/6
tarix26.05.2023
ölçüsü28,76 Kb.
#112940
1   2   3   4   5   6
Arxiv ishi

3. O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning tasnifi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng arxiv sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib kelindi. O‘zbekiston Respublikasida arxiv sohasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish, arxiv hujjatlarni saqlash, elektronlashtirish, olib borayotgan xalqaro hamkorlik, bu borada grant mablag‘larini jalb qilish, arxivchi xodimlarni xorijga malakasini oshirish, davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va texnik modernizatsiyalash bo‘yicha qator qonun hamda qonun osti huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Respublikamizda arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlariga qonun, qaror, nizom, yo‘riqnoma, qoida, buyruqlarni kiritishimiz mumkin.
Sohaga oid qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (N768-1-sonli) qabul qilindi. Bu qonun asosida arxiv tizimi borasida bir qator samarali ishlar olib borildi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30- aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonuniga 83 asosan ushbu qonun o‘z kuchini yo‘qotdi hamda bu sohada yangi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yil 15-iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (N 252-sonli) ni qabul qilindi. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 6 bob, 36 moddadan iborat. Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 16- iyundagi 119-soni orqali matbuotda e’lon qilindi. Sohaga oid qarorlar. O‘zbekistonda arxiv ishini takomillashtirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida 769-1-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-yanvardagi № 191-sonli “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi № 49- sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi №131-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriyhujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999 yil 30 oktyabrdagi 482- son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda № 1685-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boqaruvining 2007- yil 14- aprel № 11/3- son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” (2007 yil 12 iyundan kuchga kirgan) gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda № 1703- son bilan ro‘yxatga oligan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyul № 18-sonli buyrug‘iga asosan “Axborot 84 resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori;

Yüklə 28,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə